Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
Darslikdagi barcha qalin yozilgan atamalar, rasm ostidagi izohlar va rasmiy lug‘at.
Yerga, dalaga oid; qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullaniladigan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi ustun bo‘lgan hudud va aholiga nisbatan qo‘llaniladi
Buxoro amirligining oliy hukmdori; uning hokimiyati avloddan avlodga meros tarzida o‘tgan
Eng yuqori harbiy lavozim; harbiy vazir hisoblangan
Ta’lim tizimining boshlang‘ich bosqichi; asosan arab tili va alifbosida savod chiqarish, islom asoslarini egallash, axloqiy tarbiyaga urg‘u berilgan. Buxoroda 350 ga yaqin bo‘lgan
Tabiblar, jarrohlar, rishtachilar, siniqchilar, doyalar, zulukchilar kabi vakillar orqali aholiga ko‘rsatilgan tibbiy yordam
Birinchi jahon urushida Rossiya, Angliya va Fransiya tuzgan harbiy ittifoq
Ikkinchi jahon urushi yillarida Germaniya va uning ittifoqchilariga qarshi tuzilgan ittifoq; uni tuzishda G‘arb davlatlari Sovet hukumati oldiga demokratik talablar, jumladan dinga qarshi siyosatni o‘zgartirish talabini qo‘ydi
Gitler Germaniyasiga qarshi kurashgan davlatlar ittifoqi; tub burilishdan keyin mustahkamlanib, Buyuk Britaniya va AQSh ikkinchi frontni ochishga qaror qildi
Islom dini mintaqaga kirib kelgach, asrlar davomida yurtimizda yaratilgan asarlar yozilgan eski o‘zbek yozuvi asosi; 1921-yilgacha qo‘llangan
Buxoro amirining qarorgohi
Yoshlarni dinga qarshi ruhda tarbiyalash; islom dinini «buzg‘unchi g‘oyalardan iborat», deya isbotlashga harakat qilindi, oliy o‘quv yurtlarida ateistik to‘garak va klublar tuzildi
(yunoncha – qonun) biror-bir hududning qonun bilan chegaralangan davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirish huquqi
Majburiy mehnatga jalb qilish; Yosh xivaliklar manifestida uni butunlay yo‘q qilish talab qilingan
Amir (xon) tomonidan tayinlanib, viloyat va tumanlarni, bekliklarni boshqargan amaldor
Xiva xonligida XIX asrning ikkinchi yarmida qoraqalpoq urug‘larini boshqarish, soliqlarni undirish, harbiy xizmatni o‘tash majburiyatlariga doir ishlarni tartibga solish maqsadida joriy etilgan lavozim
Xonlikning ma’muriy-hududiy bo‘linmasi; Xiva xonligi 18 ta beklik va 2 ta noiblikka, Qo‘qon xonligi 15 ta beklikka bo‘lingan
1928-yil kuzidan joriy bo‘lgan xalq xo‘jaligi rejasi; birinchi besh yillik 1928-yil oktyabrdan 1932-yil dekabrgacha davom etgan
Qoraqalpoq urug‘ini oqsoqollari bilan birga boshqargan shaxs; urug‘ biylarini Xiva xonlari tayinlagan
Qabila urf-odatlariga tayanib ish ko‘radigan sud
(ruscha bolshoy, bolshe – katta; ko‘p) Rossiya sotsial- demokratik ishchi partiyasining 1903-yil II syezdida partiya a’zolarining ko‘pchiligi asosida tashkil topgan guruhi bolsheviklar, kamchiligi esa mensheviklarga ajraldi
40–50 desyatina va undan ortiq sug‘oriladigan yeri bor xo‘jalik; yer-suv islohotida tugatilgan
Harbiy qism: O‘zbekistonda 9 ta alohida o‘qchilar brigadasi tuzilib, Moskva mudofaasi va Stalingrad janglarida qatnashdi
Bolsheviklar armiyasi 1920-yil 2-sentyabrda Buxoroga kirgach, 6-oktyabrda tuzilganligi e’lon qilingan respublika
(fr. devonxona, idora) ba’zi muassasa, tashkilotda rahbarlik ishini olib borish maqsadida saylanadigan yoki ta’sis etiladigan kollegial organ
Mustamlakachilarning asosiy qoidasi; unga asoslanib Rossiya imperiyasi xonliklarning birlashishiga yo‘l qo‘ymadi
Shahar bo‘linmasi; Toshkent to‘rtta – Beshyog‘och, Ko‘kcha, Sebzor va Shayxontohur dahalariga bo‘lingan
1941-yil 30-iyunda tuzilgan, mamlakatdagi butun hokimiyat qo‘liga o‘tgan organ; uning qarorlari urush davri qonunlari kuchiga ega edi
1989-yil 21-oktyabrda «O‘zbekiston SSR davlat tili haqida»gi Qonun bilan o‘zbek tiliga berilgan maqom
1991-yil 19-avgustda Moskvadagi imperiyaparast kuchlarning SSSRni saqlab qolish uchun uyushtirgan urinishi; uch kundan oshmay muvaffaqiyatsizlikka uchradi
Hukumatning, biror tashkilotning muhim bir hujjatni, qonunni, voqeani ko‘pchilik e’tiboriga yetkazuvchi bayonoti
(lotincha – yuborgan) biror tashkilot, jamoa tomonidan vakolatli qilib saylab yoki tayinlab yuborilgan vakil
(ruscha desyat – o‘n) metrik sistema qabul etilgunga qadar Rossiyada qo‘llangan, 1,09 gektarga teng yer maydoni o‘lchovi
Buxoro amirligida moliya va xazina ishlari, soliqlar to‘planishi va tashqi aloqalarni idora qilgan amaldor; Xiva xonligida oliy amaldor
Har qanday yangilik va islohotlarning dushmani bo‘lgan toifa vakillari; Yosh buxoroliklarga qarama-qarshi kuch
Sovet hukumatining din va diniy tashkilotlarga nisbatan siyosati; urush yillarida G‘arb davlatlari talabi va aholini urushga safarbar qilish zarurati tufayli vaqtincha o‘zgartirildi: dindorlarni ta’qib qilish va dinga qarshi targ‘ibot to‘xtatildi
Harbiy qism: urush yillarida O‘zbekistonda motorlashtirilgan, o‘qchi va 5 ta kavaleriya diviziyasi tuzilib, mahalliy millat vakillari bilan to‘ldirildi
Xalqning shikoyatlari bilan shug‘ullangan lavozim egasi
Qahramonlik haqidagi she’riy asar; unda xalq baxt- saodati va farovonligi yo‘lida mard botirlarning buyuk jasoratlari madh etiladi
Duk (forscha – yig) – charxning yigirilayotgan ip o‘ralib boradigan qismi; duk yasovchi hunarmand dukchi deyilgan
S (es) – sotsial, R (er) – revolyutsion, ya’ni sotsial revolyutsionerlar nomidan olingan bo‘lib, ular sovetlar ichida dehqonlar manfaatini himoya qiluvchi guruh bo‘lgan
(lotincha – bo‘shatmoq, xoli qilmoq) odamlar, tashkilot, korxonalarni, badiiy va boshqa qadriyatlarni urush, tabiiy ofat kabilar xavfidan saqlash maqsadida bir joydan boshqa joyga ko‘chirish
Dindorlar orasida obro‘ qozongan diniy rahnamo unvoni
Urush yillarida hunar maktablari bilan birga yoshlardan ishchilar tayyorlagan ta’lim
1943-yil 4-noyabrda tashkil etilgan O‘zbekiston SSRning yirik ilmiy markazi; ilk prezidenti Toshmuhammad Qori- Niyoziy, 1945-yilda tarkibida 20 ta ilmiy tadqiqot instituti bor edi
1919-yil 12-oktyabrda Ergashtom ovulidagi anjumanda Madaminbek boshchiligida tuzilgan hukumat; tarkibiga 16 nafar mahalliy aholi vakili kirgan
(lotincha – ittifoq bo‘lib mustahkamlash) davlatlarning o‘z siyosiy mustaqilligini muayyan doirada cheklash yo‘li bilan yagona ittifoqqa birlashuvi
Urushdan keyingi qatag‘onda ilm-fan, adabiyot va san’at vakillariga qo‘yilgan ayb; shu ayb bilan Oybek, Maqsud Shayxzoda, Shukrullo va boshqalar qatag‘on qilindi
1917-yil fevral oyida Rossiya imperiyasi markazida yuz bergan davlat to‘ntarishi; natijada Nikolay II taxtdan voz kechdi, hokimiyatga Muvaqqat hukumat keldi va imperiya hukmronligiga chek qo‘yildi
(arab. – guruh, to‘da; partiya) maqsadi, g‘oyasi, dunyoqarashining mushtarakligi jihatidan birlashgan kishilar guruhi
Urush boshlanishi bilan qurolli kuchlar barpo etiladigan operativ-strategik birlashma, shuningdek, harbiy harakatlar maydonida qo‘shinlar old bo‘linmalarining yoyilishi va dushman bilan to‘qnashuv chizig‘i
Frontdan tashqaridagi, mudofaa manfaatlariga bo‘ysundirilgan hududlar (masalan, O‘zbekiston); urushda bu yerdagi barcha ishlar harbiy izga solindi
1917-yil 10-avgustda Toshkentda tashkil topgan, to‘rt qozi va ular yonidagi muhrdor, a’lam va muftiylardan iborat jamiyat; fuqarolar hayotidagi masalalarni shar’iy yo‘l bilan hal qilishni maqsad qilgan
General-gubernatorlik boshlig‘i; Rossiya imperatori farmoni bilan tayinlangan, bir paytning o‘zida Turkiston harbiy okrugining qo‘mondoni ham bo‘lgan
1886-yilgi «Nizom» bilan joriy etilgan, general-gubernatorlik ma’muriy boshqaruvini to‘ldirgan yangi idora
Bosib olingan hududlarni o‘z ichiga olgan ma’muriy-hududiy birlik; 1867-yilda markazi Toshkent bo‘lgan Turkiston general-gubernatorligi tashkil qilinib, dastlab Sirdaryo va Yettisuv viloyatlariga bo‘lingan
Katta vakolatlarga ega bo‘lgan asosiy ijrochi organ
Ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan va ular bo‘yicha chuqur ta’lim beradigan o‘quv muassasasi
Bosib olingan hududlarda tuzilgan viloyat boshlig‘i; 1865-yilda tuzilgan Turkiston viloyatiga M. Chernyayev gubernator qilib tayinlangan
1892-yildan mustamlakachilar ma’murlarga qarshilik ko‘rsatgan oddiy fuqarolarni bevosita beradigan sud; «gunohkorlar» ochiqchasiga qatl etilgan
Viloyatni boshqargan, o‘z qo‘lida fuqarolik va harbiy hokimiyatni birlashtirgan amaldor
1918–1920-yillardagi siyosat; mohiyati butun sanoat ishlab chiqarishini davlat qo‘lida jamlab, qattiq markazlashtirish asosida boshqarishdan iborat bo‘lgan
1867-yilda Turkiston general- gubernatorligi bilan birga tuzilgan harbiy tuzilma; uning qo‘mondoni general-gubernator bo‘lgan
Gubernator qo‘lida harbiy va fuqarolik ishlarini mujassamlashtirgan boshqaruv tizimi; hududlarni boshqarish harbiy zobitlar qo‘liga o‘tgan
Sovet hokimiyatining Sharq ayollarini «ozodlik»ka chiqarish, eski turmush tarziga hujum qilish, ayollarga chachvon va paranjini tashlatish harakati; 1927-yil 8-martdan boshlangan
O‘lkada bir vaqtda ikki hokimiyat — milliy davlat mustaqilligini tiklashga intilgan Turkiston Muxtoriyati hukumati va Rossiya hukmronligini saqlab qolishga intilgan bolsheviklar hokimiyati — mavjud bo‘lgan holat
Buyuk Britaniya va AQShning o‘z qo‘shinlarini Fransiyaga kiritish orqali Yevropada ochgan fronti; 1944-yil 6- iyunda ochildi
1928-yildan amalga oshirilgan sanoat qurilishini keng sur’atda jadallashtirish siyosati; qishloq hisobidan amalga oshirilgan
1921–1929-yillarda qo‘llangan o‘zbek yozuvi
Uyezd politsiyasi boshlig‘i
Bosib olingan qal’alarni birlashtirish natijasida vujudga kelgan harbiy chiziq: Raim qal’asidan Perovskiy fortigacha Sirdaryo, Semipalatinskdan Verniygacha Sibir istehkom chizig‘i
Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi 1918–1935-yillarda davom etgan qurolli milliy-ozodlik harakati; bosh g‘oyasi Turkiston mustaqilligi edi
1911–1913-yillarda Turkiston shaharlarida tashkil etilgan teatrlar; spektakllar asosan ochiq sahnalarda qo‘yilib, jadidlar pyesalari tomoshabinlar uchun axloqiy tarbiya maktabiga aylangan (Behbudiy: «Teatr – bu ibratxonadir»)
XIX asr oxirlarida yuzaga kelgan harakat; yangi usul maktablarini tashkil qilib, ta’limni rivojlantirish orqali mustaqillikka erishish mumkin degan g‘oyalarni ilgari surgan. Asoschisi – Ismoil G‘aspirali
Muvaqqat hukumat tugatgan eski ma’muriyat idoralari o‘rniga Turkistonning shahar, uyezd, volost va qishloqlarida tuzilgan jamoat tashkilotlari ijroiya qo‘mitalari
Dinga qarshi faol targ‘ibot yuritgan tashkilot; urush yillarida tugatildi
Urushda qatag‘on qilinganlarning farzandlari va qamoqda bo‘lganlar arizalariga ko‘ra yuborilgan harbiy qism
Qo‘zg‘olonchilarni batamom yo‘q qilishga qaratilgan ekspeditsiya; 1898-yilgi Andijon qo‘zg‘olonidan so‘ng unga general-gubernator N. Korolkov shaxsan rahbarlik qilgan
(jeva, jiba – qurol-aslaha) qurol-aslaha (jiba – himoya aslahalari) yasovchi hunarmand yoki qurolxona boshlig‘i
«Konstitutsion demokratlar» birikmasining bosh harflaridan olingan; Rossiyada 1905-yilda tashkil topgan, konstitutsion-demokratik partiya deb ataluvchi partiyaning a’zolari
So‘zsiz taslim bo‘lish: 1945-yil 8-mayda fashistlar Germaniyasining kapitulyatsiyasi haqida Akt imzolandi
Mehnatkashlarning eng ommaviy tashkiloti; O‘zbekistonda 1925-yil 21-martda asos solingan, partiya komitetlariga to‘la qaram bo‘lgan
Uyda yollanib ishlanadigan hunarmandchilik
1940-yil 8-maydagi qarorga ko‘ra o‘zbek yozuvi lotin yozuvidan kirill (rus grafikasi) asosidagi yozuvga o‘tkazilgan
Kollektivlashtirish davrida dehqon xo‘jaliklari birlashtirilgan jamoa xo‘jaligi
1950-yilda boshlangan siyosat: mayda kolxozlar o‘rniga yirikroq kolxozlar tuzilib, partiya idoralari orqali ularning faoliyati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatildi
(lotincha – biror narsaning to‘planishi) bir joyga to‘plash, yig‘ish. Konsentratsion lager bu siyosiy mahbuslar qamaladigan maxsus lager
Urush yillarida O‘zbekiston san’at ustalaridan tuzilib, frontdagi jangchilarga, gospitallar va harbiy qismlarga konsertlar bergan guruhlar; 30 dan ortiq brigada frontda 35 mingdan ortiq konsert berdi
(lotincha) eski tuzum tarafdorlari, islohotlar va o‘zgarishlarga qarshi turuvchilar
Xon hokimiyati saqlangan, ammo Majlis (deputatlar palatasi) va Nozirlar kengashi bilan cheklangan boshqaruv; 1917- yil 5-apreldagi manifestga muvofiq Xorazm konstitutsiyaviy monarxiya etib belgilangan
Tovon; Kaufman Xiva xon xazinasini kontributsiya evaziga musodara qildi, Gandimiyon shartnomasiga ko‘ra Xiva xonligi 2 million 200 ming rubl tovonni 20 yil davomida to‘lashi belgilandi
Sovet Ittifoqining kommunistik partiyasi; O‘zbekiston Kompartiyasi aslida uning O‘zbekiston SSRdagi filiali hisoblangan
Shunday deb e’lon qilingan joylarda general-gubernator majlis-yig‘inlarni tarqatish, savdo-sanoat korxonalarini yopish, istalgan odamni surgun qilish, jarima solish huquqlarini olgan
Mamlakat xavfsizligi, amirning yaqinlari, do‘stlari va dushmanlari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash bilan shug‘ullangan amaldor
Imperiyaning markaziy hududlaridan O‘rta Osiyo yerlariga aholini ko‘chirib keltirish; mustamlakachilik siyosatiga tayanch kuch yaratish va mahalliy aholini ruslashtirishga qaratilgan
Harbiy bo‘linmalarga qo‘mondonlik qilgan harbiy boshliq
Urush yillarida u orqali mudofaa mahsulotlari olingan; front ortidagi tadbirlar va harbiy o‘quv mashg‘ulotlari bilan birga sharoitni o‘nglashga imkon bergan
1929-yil 1-dekabrda o‘zbek yozuvi arab alifbosidan lotin yozuviga o‘tkazilgan; 1929–1940-yillarda qo‘llangan
Respublika hududini viloyat, okrug, tumanlarga bo‘lish; O‘zbekiston SSRda ilk bor 1925-yil 29-yanvarda o‘tkazilib, 7 viloyat va Konimex tumani tashkil etilgan
XIX asrning ikkinchi yarmidan Turkistonda vujudga kelgan, ziyolilarning o‘z xalqlarini ma’rifatli qilish va taraqqiyot darajasini ko‘tarishga qaratilgan harakati; taraqqiyparvarlik harakatining birinchi bosqichi
Xalqning bilim va ongini oshirish
Tub xalqlardan mahalliy kadrlar tayyorlash va ularni yuqori lavozimlarga ko‘tarish siyosati; 1925-yilda «Davlat apparatini mahalliylashtirish Markaziy komissiyasi» tuzilgan
8 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan hamma bolalarni yetti yillik ta’limga tortish
Yosh xivaliklar islohotiga ko‘ra xon hokimiyatini cheklovchi organ; 1917-yil 26-aprelda birinchi sessiyasi bo‘lib, Vazirlar kengashini saylagan
An’anaviy ta’lim tizimidagi boshlang‘ich o‘quv maskani; masjid, madrasa huzurida yoki xususiy hovlilarda tashkil etilgan
(lotincha) hukumatning muhim voqea munosabati bilan xalqqa qilgan yozma murojaati, qonun kuchiga teng hujjat
(arabcha) insonlarning bilimi va tafakkurini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya
Butun Sharqda keng tarqalgan mumtoz musiqa; yirik turkumli og‘zaki-cholg‘uli (yakkaxon va cholg‘uli) asarlar
Front ortida ishlash uchun mardikorlikka olingan mahalliy aholi vakili; masalan, Farg‘ona viloyatida har beshta xonadondan bir kishi mardikorlikka olingan
Turkiston, Sibir va Kavkazdagi tub aholi erkaklarini front orqasidagi ishlarga safarbar qilish
(arabcha – bosma asarlar, nashrlar) gazeta, jurnal va kitoblar majmuyi
SSSR Bosh prokurori huzurida alohida muhim ishlar bo‘yicha tuzilib, O‘zbekistonga yuborilgan guruhlar (asosiylaridan biri T. Gdlyan va N. Ivanov rahbarligida); ular «paxta ishi» bo‘yicha qatag‘onni amalga oshirdi
Yarador bo‘lib harbiy safga qaytolmaganlar kurashni davom ettirgan front ortidagi mehnat
Mehnatga yaroqli barcha aholining majburiy mehnatga jalb qilinishi
Xiva xonligida devonbegi ixtiyoridagi kengash a’zosi; Qo‘qon xonligida xazina ishlari va xarajatlarini nazorat qilgan amaldor
Sovet Ittifoqi rahbariyati va maxsus xizmatlarning Farg‘ona, Qo‘qon, Quvasoy, Guliston, Parkent, Bo‘kada chiqargan to‘qnashuvlari; ular orqali odamlar diqqatini chalg‘itib, milliy-ozodlik harakatini so‘ndirishga urinildi
O‘rta Osiyoni hududiy chegaralab bo‘lish; 1924-yil sentyabr–oktyabrda o‘tkazilib, Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari o‘rnida oltita milliy davlat birlashmasi tashkil etilgan
Turor Risqulov boshchiligidagi guruh; turkiy xalqlar yagona, yagona Turkistonni alohida qismlarga ajratib bo‘lmaydi, degan g‘oyani ilgari surgan
Turkiston o‘lka musulmonlari soveti; Butunturkiston musulmonlari I qurultoyining musulmonlar Markaziy Sho‘rosini ta’sis etish haqidagi qarori asosida tuzilgan
O‘rta Osiyodagi jadidlar harakati; hududiy xususiyatlariga ko‘ra Turkiston, Buxoro va Xiva jadidlariga bo‘linadi. Turkistonda ikki bosqichda rivojlangan: avval ma’rifatparvarlik, 1917-yilga kelib siyosiy harakat
Alohida harbiy bo‘linmalarga rahbarlik qilgan, bosh vazir vazifasini ham bajargan amaldor
Sug‘orish ishlari bilan shug‘ullangan mas’ul shaxs
Sug‘orish inshootlari, suv ta’minoti va taqsimotiga mas’ul amaldor
Amirlik hujjatlarini yuritishga mas’ul, devonbegiga bo‘ysungan amaldor
Xonlikdagi ichki tartib-intizom ishlari bilan shug‘ullangan amaldor
Amir soqchilari boshlig‘i; shaharlarda tinchlik va tartibni saqlashga mas’ul bo‘lgan (Xiva xonligida aholining tinchligi va osoyishtaligi bilan shug‘ullangan)
Toshkentdagi qo‘zg‘olondan («Vabo isyoni»dan) so‘ng o‘lkada joriy etilgan holat
Almashlab ekishga amal qilmagan holda dalada faqat bir xil ekinni muttasil yetishtirish
Frontga umumxalq yordami uchun aholi topshirgan pul, obligatsiyalar, qimmatbaho buyum va metallar jamg‘armasi; mablag‘larning bir qismiga zirhli poyezdlar, samolyotlar, tanklar qurilib, frontga yuborildi
Musulmonlar diniy boshqarmasining rahbari: 1943-yilda Eshon Boboxon O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining muftiysi etib saylandi
Xorijiy davlatlarga ketishga majbur bo‘lgan kishi; istiqlolchilik harakati mag‘lubiyatidan keyin tirik qolgan kurashchilarning aksariyati muhojir bo‘lib ketgan
Diniy ishlar, shariat qoidalariga rioya qilinishi, savdo-sotiqning to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilgan amaldor
Mol-mulkni davlat hisobiga olib qo‘yish: qosimovchilikda ayblanganlarning butun mol-mulki davlat hisobiga musodara qilindi
1991-yil 31-avgustda o‘zbek xalqining bir asrdan ortiq qaramlik davridan so‘ng o‘z milliy davlatchiligini tiklashi; xalqimizning XX asrda erishgan eng yuksak yutug‘i
1990-yil 20-iyunda qabul qilingan tarixiy hujjat; davlat mustaqilligini tiklash sari qo‘yilgan zalvorli qadam bo‘ldi
(arabcha – o‘ta fidoyi) dinga qattiq berilgan, uning aqidalariga ko‘r-ko‘rona amal qiluvchi
Vaqtincha, muayyan muddatga tuzilgan hukumat
Nikolay II taxtdan voz kechgach hokimiyat boshqaruviga kelgan hukumat; Turkistonda eski ma’muriyat idoralarini tugatgan
Yosh buxoroliklar va bolsheviklarning qo‘zg‘oloni boshlangach, 1920-yil avgustda Chorjo‘yda tuzilgan qo‘mita
Ta’sis majlisi chaqirilgunga qadar Turkiston Muxtoriyati hokimiyati jamlangan organlar
(arabcha – teskari, qarama-qarshi) qarama-qarshi fikrda bo‘lgan, qarshi chiquvchi, qarshi
Biron-bir hududning davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirish huquqi
Soliqlarni o‘z vaqtida yig‘ishga javobgar kishi
(inglizcha – millat, xalq) ayrim shaxs yoki birlashmalarning xususiy mulki bo‘lgan yer, ishlab chiqarish korxonalari, transport va boshqalarni davlat ixtiyoriga olish
Mahsulotlar; «harbiy kommunizm» davrida bozor yo‘qotilib, pul muomalasi natura bilan almashtirilgan
1921-yildan joriy etilgan siyosat; asosi xalq xo‘jaligiga rahbarlik qilishning harbiy- kommunistik usullaridan voz kechish, ishlab chiqaruvchiga, avvalo dehqonlarga bir qadar erkinlik berishdan iborat edi
Islohotga ko‘ra Majlis bilan birga xon hokimiyatini cheklovchi hukumat organi; Majlis tomonidan saylangan
Bolsheviklarning 1917-yil 25-oktyabrda zo‘ravonlik yo‘li bilan to‘ntarish yasab, imperiya markazida hokimiyatni egallab olishi; 1-noyabrda Toshkentda ham sovet hokimiyati o‘rnatildi
Mustaqillikdan keyin qatag‘on qilinganlarning ko‘pchiligi huquqiy jihatdan oqlanib, ularning pok nomlari tiklandi
Dahani boshqargan shaxs; har bir daha o‘z oqsoqoli tomonidan boshqarilgan
O‘troq aholi birlashtirilgan bir bosqichli boshqaruv birligi; har bir oqsoqollik 100–200 xonadondan iborat bo‘lgan
Sug‘oriladigan ekin maydonlari kengayishi natijasida Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryodan quyiladigan suv kamayib, dengizning qurib borishi; bu Markaziy Osiyo va qo‘shni davlatlar ekologiyasiga misli ko‘rilmagan salbiy ta’sir ko‘rsatdi
Arkda valiahd tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lgan amaldor; Xiva xonligida devonbegi ixtiyoridagi kengash a’zosi
Qizlar maktabidagi domla; qizlar bir xonada uning qo‘lida o‘qigan, o‘quvchi muvaffaqiyati uchun ota-onasi unga non, don (g‘alla) yoki pul bergan
Chorvador aholi birlashtirilgan quyi birlik; 100–200 o‘tovdan iborat bo‘lgan
O‘qimishli, ilmli kishi; xalq dostonlarining mahoratli kuychisi
Dehqonlarning o‘zi yetishtirgan mahsulotning ortiqchasini davlatga topshirishi
Ko‘pchilik musulmon ayollar begona erkaklarga ochiq ko‘rinmaslik uchun boshga yopinib yuradigan, bichimi keng va uzun to‘n shaklidagi, soxta yengli yoping‘ich (yuz chachvon bilan berkitiladi)
Sovet hokimiyati davridagi partiya organlari bilan kelishib tayinlanadigan lavozimlar tartibi; unga ko‘ra mas’ul lavozimlarga faqat partiya a’zolari, ya’ni kommunistlar tayinlangan
Kommunistik partiya saflarini «tozalash» kampaniyasi; uning natijasida O‘zbekiston kompartiyasi a’zolarining 25,6 foizi firqadan chiqarildi
Dushman egallagan hududlarda tashkil etiladigan qurolli guruhlar
Oliy hukmdor farmonlarini e’lon qilgan amaldor
Urushdan keyin Moskva O‘zbekiston oldiga paxtachilik bo‘yicha qo‘ygan juda baland rejalarni bajarish uchun kurash; paxta maydonlari kolxozchilarning shaxsiy yerlari hisobidan kengaytirilib, respublikaning tabiiy va insoniy imkonlari shafqatsiz ishlatildi
(nemischa – ma’muriyat) jamoat xavfsizligini saqlovchi tashkilot
Viloyat boshqaruvi tarkibidagi, harbiy gubernatorga bo‘ysungan lavozim
Respublika rahbari lavozimi: 1990-yil 24-martda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Islom Karimovni O‘zbekiston SSRning prezidenti etib sayladi
(lotincha – homiy) mustamlaka mamlakat qaramligining bir shakli. Bunday mamlakat ichki siyosatida birmuncha mustaqil bo‘lsa-da, tashqi siyosati mustamlakachi davlat qo‘liga o‘tadi. Ikkinchi tomondan, ko‘plab mustamlakachi davlatlar iqtisodiy nochor davlatlarga «homiylik» ko‘rinishida egalik qilgan
16,38 kg ga teng og‘irlik o‘lchov birligi
Yevropadagi (Italiya, Fransiya va b.) fashistlarga qarshi harakat; asirlikdan qochgan o‘zbekistonliklar ham unda faol ishtirok etdi
Sovet rejimining o‘ylab topilgan siyosiy ishlar va soxta ayblar bilan rahbar xodimlar, ziyolilar, ulamolar va harbiylarni qamoqqa olish, surgun qilish va otib tashlash siyosati; natijada o‘zbek xalqining ko‘plab yetuk farzandlari qatag‘on qilindi
1985-yil KPSS MK Aprel plenumi e’lon qilgan, sovet jamiyati hayotining barcha sohalarini chuqur isloh qilish yo‘li; asosiy tarkibiy qismlari ijtimoiy hayotni demokratlashtirish va tub iqtisodiy islohot edi
Sovet hokimiyatining qo‘shini; istiqlolchilar unga qarshi kurash olib borgan
Turkiston bolsheviklarining qurolli kuchlari; Turkiston Muxtoriyatini tugatishda ulardan va yollangan qurolli guruhlardan foydalanilgan
1937–1938-yillarda to‘qib chiqarilgan soxta ayblar bo‘yicha keng miqyosda va shafqatsiz amalga oshirilgan qatag‘on: O‘zbekistonda 41 000 nafardan ortiq kishi hibsga olinib, 6 920 nafari otishga hukm qilindi
1936-yil 5-dekabrda O‘zbekiston SSR tarkibiga kiritilgan avtonom respublika; bungacha 1925– 1932-yillarda Qozog‘iston, 1932–1936-yillarda RSFSR tarkibida bo‘lgan
Islom dini qoidalari asosida sud ishlarini olib borgan shaxs
Shariat qoidalari asosida ish ko‘radigan sud
Sud boshlig‘i; qozikalon va qozilar islom dini qoidalari asosida sud ishlarini olib borgan
Badavlat va o‘ziga to‘q dehqon xo‘jaliklarini «quloq» qilib tugatish siyosati; quloqlikka tortilganlar surgun qilinib, erkin fuqarolik maqomidan mahrum etilgan
Xalq vakillarining yig‘ini; 1920-yil 27–30-aprelda Xivada bo‘lib o‘tib, xonlik tugatilganligi va XXSR tuzilganligini e’lon qilgan
O‘rta asrlarda O‘rta Osiyo xonliklari qurol-yarog‘ ombori (qo‘r) mutasaddisi hamda qurol-aslaha, turli yarog‘lar va to‘p yasash korxonalari (qo‘rxona) boshlig‘i bo‘lib, Turkiston o‘lkasida oktyabr to‘ntarishigacha bo‘lgan davrda mahalliy politsiya boshlig‘i hamda keyinchalik Turkistonda sovet rejimiga qarshi istiqlolchilik harakati rahbarlarining unvoniga aylangan
Buxoro amirligida ijro hokimiyati qo‘lida bo‘lgan bosh vazir; Xiva xonligida devonbegi ixtiyoridagi kengash a’zosi
(lotincha – tubdan) keskin va qat’iy choralar tarafdori
Dushman kuchlarining joylashuvi haqida muhim ma’lumotlarni aniqlab keltirish; razvedka ma’lumotlari hal qiluvchi jangovar operatsiyalar boshlanishiga xizmat qilgan
(lotincha – xabar berilishi zarur bo‘lgan narsa) davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan va ba’zan qonunlar qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan umumxalq so‘rovi, ovoz berish yo‘li bilan xalq fikrini aniqlash
1970-yillarda SSSRda qurilgani e’lon qilingan jamiyat; amalda xalqlarning turmush darajasi dunyoning ilg‘or mamlakatlarinikidan ancha orqada qoldi
Yaralarni tuzatuvchi; an’anaviy tibbiyot vakili
Bolsheviklar partiyasi; uning MK O‘rta Osiyo byurosi milliy chegaralanish masalalari bo‘yicha ish olib borgan
Sovet Rossiyasi; 1918-yil 30-aprelda uning Turkiston Sovet Respublikasi haqidagi Nizomi qabul qilinib, Turkiston ASSR uning tarkibida tuzilgan
Amir qo‘shini askari; 1917-yil 8-aprelda Arkgacha yetib kelgan namoyishchilarni amir sarbozlari to‘xtatgan
Xotin-qizlar o‘rtasida savodsizlikni tugatish uchun ochilgan maxsus maktablar
Pravoslav cherkovining boshqaruv organi
1885-yildan Buxoroda faoliyat ko‘rsatgan Rossiya imperatorining idorasi; uning ruxsatisiz Buxoro amiri tashqi va ichki siyosatda mustaqil ish olib bora olmagan
Xiva xonligidagi asosiy soliq
Sovet hokimiyatining Rossiyaga tegishli chekka o‘lkalarda, jumladan Turkistonda o‘rnatgan boshqaruvi; buning uchun Moskvadan ko‘plab partiya va sovet xodimlari yuborilgan
SSSR Oliy Soveti Prezidiumining farmoni bilan jasorat uchun beriladigan unvon; o‘zbeklardan birinchi bo‘lib 1942-yilda Qo‘chqor Turdiyevga berildi
Kollektivlashtirish davrida tashkil qilingan davlat xo‘jaligi
Xiva jadidchiligining qozikalon Bobooxun Salimov rahbarligidagi oqimi; sarmoyadorlar, hunarmandlar va boshqa tabaqa vakillarini birlashtirib, yangi usul maktablari orqali xalq ommasining siyosiy faolligiga erishmoqchi bo‘lgan
An’anaviy tibbiyot vakili; o‘simlik va minerallardan tayyorlangan dorilarni bemorlarga bergan, damlamalar, kukunlar, hapdori, malham dori (maz) va plastirlar tayyorlagan
1908-yilda Buxoroda tuzilgan jamiyat; 1911-yilda 15 nafar, 1912-yilda 30 nafar talabani Turkiyaga o‘qishga yuborgan
«Harbiy kommunizm» davrida xususiy mulk egalariga berilgan nom; ular fuqarolik huquqlaridan mahrum etilgan
1926-yilda O‘zbekiston SSR tarkibida tuzilgan avtonom respublika; 1929-yilda uning o‘rniga Tojikiston SSR tashkil topib, O‘zbekiston SSR tarkibidan chiqqan
Ikkinchi jahon urushidagi hal qiluvchi o‘zgarish; uni Stalingrad jangi yasadi, tub burilish antigitler koalitsiyasini mustahkamladi
1917-yil iyulda «Sho‘royi islomiya»dan ajralib chiqqan partiya
1918-yil 30-aprel Nizomiga ko‘ra RSFSR tarkibida tuzilgan avtonom respublika; unga Buxoro amirligi va Xiva xonligidan tashqari Turkiston o‘lkasining butun hududi kirgan
Moskva tuzgan idora; Turkiston ASSRdagi ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy va madaniy masalalar uning roziligi bilangina hal etilgan
1918-yildagi Nizomga ko‘ra Turkiston Xalq Komissarlari Soveti bilan birga tuzilgan oliy hokimiyat idorasi
1917-yil 27-noyabrda Qo‘qonda Butunturkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyida tashkil topgan hukumat; o‘lkadagi ilk demokratik va xalqchil hukumat
Turkiston mintaqasi xalqlari qadimdan o‘zlarining yagona Vatani deb bilgan tuproq
Yerli xalq, mahalliy aholining mustamlakachilar tomonidan atalishi
Amir qo‘shinlarining bosh qo‘mondoni
Yuqori tabaqaga mansub kishi. Xiva xonligida xon qarindoshlari va yaqinlariga beriladigan unvon
Har bir dehqon xo‘jaligi yordamchi daromad manbayi sifatida shug‘ullangan hunarmandchilik; unda ip yigirilgan, to‘quvchilik qilingan, oyoq kiyimlar, gilamlar, kigizlar tayyorlangan
1917-yilda Turkistonda paydo bo‘lgan holat: Muvaqqat hukumatning vaqtli Turkiston komiteti; ishchi va askar deputatlarining Sovetlari; «Sho‘royi islomiya» va Milliy markaz
Taxt vorisi
Ayrim shaxslardan tushgan xayri-ehsonlar bilan birga boshlang‘ich ta’lim muassasalarining moddiy asosini tashkil etgan mulklar
Masjid, madrasa va boshqa diniy muassasalarga tegishli yerlar; ulardan olingan daromad maktab, madrasa va masjidlarni ta’mirlash, xodimlarni ta’minlashga sarflangan
Bir davlatning boshqa bir davlatga bo‘ysunish tartibi
KPSS (Sovet Ittifoqi kommunistik partiyasi)ning 1925–1952-yillardagi nomi
Boshqaruv tizimining quyi bosqichidagi lavozim; unga mahalliy aholi vakillari tayinlangan
Turkiston Respublikasining sovet hukumati; 1918-yil 30-yanvarda Turkiston Muxtoriyatiga qarshi harbiy harakatlarni boshlagan
Quyi boshqaruvdagi sudya: o‘troq aholida qozilar, ko‘chmanchi aholida biylar
Urushdan keyin O‘zbekistonda neft, ko‘mir, elektr energiyasi, mineral o‘g‘itlar, po‘lat kabi xomashyo yetishtirish sohalarining jadal rivojlantirilishi natijasida mustahkamlangan iqtisodiyot yo‘nalishi
Xonlikning oliy hukmdori; Xiva xonining qarorgohi Xiva shahrida joylashgan
1920-yil aprelda Xiva xonligi tugatilib, Butunxorazm qurultoyida tuzilganligi e’lon qilingan respublika
Kolxozlardan tashqarida qolgan dehqon xo‘jaligi; ularga soliq va majburiy topshiriq orqali tazyiq kuchaytirilib, 1939-yilga kelib butkul barham berilgan
Yosh buxoroliklar amirlikdagi yakka hokimlikni yevropacha konstitutsion monarxiyaga almashtirishni ko‘zlagan
Jadidchilik harakati natijasida tashkil qilingan, o‘quvchilarga yangi usulda ta’lim bergan maktab. Buxoro amirligida birinchisi 1893-yilda ochilgan; 1909-yildan ochish uchun maxsus ruxsatnoma talab qilingan
Xon qo‘shinlarining bosh qo‘mondoni; xonlikdagi tartib-intizom ishlariga mas’ul bo‘lgan
Ittifoqqa bo‘ysunuvchi, mahalliy hokimiyatga bo‘ysunmagan, maxfiy korxonalari faqat Markazga hisob beradigan shaharlar (Navoiy, Zarafshon, Uchquduq)
Xiva xonlari tayinlagan urug‘ biyini tasdiqlab beriladigan hujjat
Buxoroning siyosiy hayotini demokratik asosda qayta qurish, iqtisodini rivojlantirish, ilg‘or mamlakatlar qatoriga ko‘tarilishi uchun kurashgan jadidlar; faoliyatini 1910-yildan boshlagan
1917-yil fevral voqealaridan keyin Asfandiyorxondan islohotlar o‘tkazish to‘g‘risidagi manifestni imzolashni talab qilgan guruh
Amirlikda undirilgan soliqlardan biri; 1917-yilgi amir farmonida xiroj, zakot va boshqa soliqlarni undirishning barqaror asoslarini yaratish haqida so‘z borgan
Urush yillarida jamoalarda rivojlangan harakat: ishchilar kuniga uch va undan ortiq norma bajarib, kunlik rejalarni 350–470 foizgacha yetkazdi
Xiva jadidchiligining Bosh vazir Islomxo‘ja boshchiligidagi oqimi; savdo-sanoat korxonalari egalari va yirik boylarni birlashtirib, xon hokimiyatini saqlab qolgan holda islohotlar o‘tkazishni maqsad qilgan
1943-yil 20-oktyabrda Toshkentdagi musulmon vakillari qurultoyi qarori bilan Eshon Boboxon boshchiligida tashkil etilgan diniy boshqarma
1925-yil fevralda I ta’sis syezdida rasmiylashtirilgan partiya; respublika siyosiy hayotida asosiy rol o‘ynagan va Moskvada ishlab chiqilgan qarorlarni bajargan
1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining navbatdan tashqari 6-sessiyasida qabul qilingan qonun
1925-yil 13–17-fevralda Buxoroda Butuno‘zbek Sovetlarining I ta’sis qurultoyida Deklaratsiya qabul qilinib tashkil etilgan respublika; tarkibiga yetti viloyat va Tojikiston ASSR kirgan
Davlat apparati va ish yuritishni o‘zbeklashtirish; o‘zbek aholisi ko‘p tumanlardagi muassasalarda ish yuritish o‘zbek tilida olib borilishi shart edi
Talafotlar o‘rnini to‘ldirish va harbiy xarajatlarni qoplash maqsadida Turkistonda paxtaga joriy etilgan narx; u paxtakorlarning xarajatlarini qoplay olmas edi
10–40 desyatinagacha yeri bor xo‘jalik; ularning «ortiqcha» yerlari tortib olingan, keyinchalik «quloqlar» deb nomlangan
O‘zbekiston leninchi kommunistik yoshlar ittifoqi; 1925-yilda tashkil etilgan
O‘zbekiston SSRning oliy organlaridan biri; birinchi raisi Yo‘ldosh Oxunboboyev
O‘zbekiston SSRning oliy organi — hukumati; birinchi raisi Fayzulla Xo‘jayev
Shariat qoidalari va qonunlar ijrosi, sud ishlarini nazorat qilgan amaldor; Xiva xonligida diniy ishlar va shariat qoidalariga rioya etilishiga mas’ul bo‘lgan
1917-yil martda tashkil topgan jadidlar tashkiloti (jamiyati); rahbari Munavvarqori Abdurashidxonov. Turkistondagi uch hokimiyatdan biri
Otning dumi qilidan to‘qilgan, paranji ostidan yuzga tutiladigan to‘r parda
Suv chiqishi qiyin bo‘lgan joylarga suv chiqaradigan maxsus qurilma
Mirzacho‘l, Surxon-Sherobod va Qarshi cho‘llarini o‘zlashtirib, ekin maydonlarini kengaytirish