JaydariMock nima?
JaydariMock — Milliy sertifikat, SAT, Multilevel (CEFR) va IELTS imtihonlariga tayyorgarlik uchun bepul onlayn platforma. Bu kurs sayti emas: bu yerda real imtihon va kitob savollari to'plangan, javoblar avtomatik tekshiriladi va batafsil tahlil beriladi.
JaydariMock bepulmi?
Ha. Platforma notijorat loyiha, testlar va savollar bepul.
Qaysi fan va imtihonlar bor?
Milliy sertifikat bo'yicha matematika, fizika, kimyo, biologiya va tarix; shuningdek SAT, Multilevel (CEFR) va IELTS Academic. Matematika bo'yicha o'qituvchilar attestatsiyasi testlari ham bor.
Savollar qayerdan olingan?
Savollar imtihonlarda tushgan variantlar va tayyorgarlik kitoblaridan to'plangan.
Platformada qancha savol bor?
2026-yil noyabr holatiga ko'ra 185 dan ortiq test varianti, 7 500 dan ortiq test savoli va 21 000 dan ortiq masala bor. Baza doimiy to'ldirib boriladi.
Milliy sertifikatga qanday tayyorlanish kerak?
Avval bitta to'liq variantni taymer bilan ishlab, hozirgi darajangizni aniqlang. Keyin xatolaringizni tahlil qiling va zaif mavzular bo'yicha masalalar ishlang. Haftasiga kamida bir marta to'liq variantni imtihon sharoitida ishlab, natijangizni solishtirib boring. Xatolar daftaridagi savollarni vaqti-vaqti bilan qayta ishlang.
Testlarni qanday ishlayman?
Bo'limlar va to'plamlar saytda ochiq. Testlarni ishlash va natijalarni saqlash Telegram bot (@JaydariMockBot) ichidagi ilova orqali bo'ladi, telefonda ham, kompyuterda ham ishlaydi.
Natija qanday hisoblanadi?
Test topshirilgach, javoblar avtomatik tekshiriladi va to'g'ri-noto'g'ri javoblar, ball hamda tahlil ko'rsatiladi. Daraja va ball taxminiy bo'lib, rasmiy imtihon natijasi o'rnini bosmaydi.
JaydariMock rasmiy tashkilotmi?
Yo'q. JaydariMock mustaqil ta'lim loyihasi, davlat tashkiloti emas va rasmiy sertifikat bermaydi. Rasmiy imtihonga ro'yxatdan o'tish uchun imtihon tashkilotchisiga murojaat qiling.
Do'st bilan bellashsa bo'ladimi?
Ha. Duel bo'limida do'stingiz bilan 5 yoki 10 savollik tezkor bellashuv o'tkazish mumkin, natijalar alohida reytingda ko'rsatiladi.
Boshqa savollaringiz bo'lsa, Telegram kanalimizga murojaat qilishingiz mumkin:
Telegram kanal (@jaydarimock)