Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
Darslikdagi barcha qalin yozilgan atamalar, rasm ostidagi izohlar va rasmiy lug‘at.
Fotografiya san’atining rivojlanishiga javob tarzida paydo bo‘lgan san’at yo‘nalishi; uning vakillari tasvirda harakat va hissiyotni ifodalashga intildi
1920-yili tashkil topgan Afrikadagi birinchi siyosiy partiya
Asosiy boyligini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tashkil qiladigan, sanoati qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va tabiiy boyliklarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan mamlakat
Angliya tarixida Eduard VII hukmronligi davrining nomi
Ingliz diplomatiyasida hukmronlik qilgan siyosat; uni Eduard VII tugatib, Fransiya va Rossiya bilan yaqinlashdi
Katta mablag‘larni bir joyga to‘plash uchun tashkil qilingan kompaniya; yirik banklar va sanoatchilarga o‘z mablag‘larini jamlash imkonini berdi
Qishloq xo‘jaligida kapitalizm rivojlanishining erkin fermerlikka asoslangan yo‘li
Boshqa bir davlat hududini butunlay yoki qisman egallab olish yoki o‘z davlatiga qo‘shib olish siyosati
1904–1907-yillari Germaniya blokiga qarshi Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya o‘rtasida shakllangan harbiy-siyosiy blok
Ikkinchi jahon urushida gitlerchilarga qarshi birlashgan davlatlar ittifoqi; asosiy masalalar SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya liderlarining uchrashuvlarida hal qilindi
1936-yili Yaponiya va Germaniya imzolagan hujjat; 1937-yili unga Italiya qo‘shildi
Sovet hokimiyati, sovet turmush tarziga yoki Sovet Ittifoqiga qarshi qaratilgan qarashlar tizimi
Qo‘shib olish. Avstriya anshlyus qilingandan so‘ng Germaniya Chexoslovakiyani bosib olishga tayyorlana boshladi
Muayyan sharoitda biron-bir g‘oya yoki tamoyilga qat’iy ishonib, uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni sharoit, vaziyatni hisobga olmagan holda ko‘r-ko‘rona qo‘llash yoki shunga urinish
Shimoliy Afrikadagi arab mamlakatlarida aholi asosan islom diniga e’tiqod qilgani sababli mintaqa arab-islom sivilizatsiyasi mamlakatlari hisoblanadi
1949-yili Parlament kengashi tasdiqlagan GFR qonuni; u GFRni demokratik, federativ davlat deb e’lon qildi, fuqarolarning asosiy huquq va siyosiy erkinliklarini belgilab berdi
1941-yil avgustda AQSH va Buyuk Britaniya imzolagan urush payti va undan keyingi hamkorlik tamoyillari to‘g‘risidagi deklaratsiya
1957-yili YKPB a’zolari tomonidan tuzish to‘g‘risida shartnoma imzolangan hamjamiyat
Mamlakatning o‘z-o‘zini ta’minlash qoidasiga asoslangan, boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalardan uzilib qolgan biqiq xo‘jalik yuritish siyosati
Bitta shaxs (yoki guruh) hokimiyatining almashmasligiga asoslangan nodemokratik siyosiy rejim; unda fuqarolarning ma’lum iqtisodiy, siyosiy va boshqa huquqlari saqlanib qoladi
Germaniya, Italiya va Yaponiyaning tajovuzkor davlatlar ittifoqi; Ikkinchi jahon urushining boshlanishida asosiy rol o‘ynadi
1958-yil sentyabrda referendumda ma’qullangan yangi konstitutsiya bilan boshlangan davr; unga muvofiq Fransiya prezidentlik respublikasiga aylandi
Sovuq urush tugab, SSSR tarqalgach AQSH dunyoning yagona va umumiy tan olingan yetakchisiga aylanishi bilan paydo bo‘lgan, o‘ta jozibador, ammo ziddiyatli fikr
Polshada ishchilar tuzgan mustaqil ommaviy kasaba uyushmasi; 1989-yili «Birdamlik» harakati vakillari hokimiyatga keldi
1914–1918-yillardagi urush; asosan Uchlar ittifoqi va Antanta o‘rtasida bo‘lib, Yevropa, Osiyo va Afrika davlatlarini qamrab oldi. Xarakteriga ko‘ra imperialistik, bosqinchilik urushi edi
Ikkinchi jahon urushi yillarida antigitler koalitsiyasi rahbarlari g‘oyasi asosida tuzilgan xalqaro tashkilot; Ustavi 1945-yili San Fransiskoda tasdiqlanib, 24-oktyabrda kuchga kirdi
Fashizmga qarama-qarshi turgan totalitar mafkura; uning asosida totalitar davlat vujudga keldi
AQSHda 1861–1865-yillardagi fuqarolar urushi mohiyatiga ko‘ra shunday inqilob edi: u ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot masalalarini, jumladan qulchilik taqdirini burjuacha ruhda hal qildi
O‘z oldiga qo‘ygan vazifalariga ko‘ra avvalo krepostnoylik qoldiqlarini yo‘q qilishga qaratilgan inqilob; 1905–1907-yillardagi Birinchi rus inqilobi shunday inqilob edi
Dastlab hukumat idoralarining rahbarlari va amaldorlari hokimiyatini, keyinchalik jamiyatning turli sohalarida paydo bo‘lgan yirik tashkilotlardagi xizmatchilar qatlamini ham ifodalagan
1905–1907-yillardagi inqilobdan so‘ng Davlat Kengashi bilan birga samoderjaviyeni cheklagan organ
1) daromadga nisbatan xarajatlarning oshib ketishi; tanqislik; 2) yetishmaslik, kamchillik, taqchillik; 3) yetarli miqdorda bo‘lmagan, kam uchraydigan; kamchil, taqchil, kamyob
Tanazzulga uchrash. Qul savdosi oqibatida quldorlar va qullarning degradatsiyasi yuz berdi
Oliy hokimiyat yoki boshqaruv organi chiqargan va qonun kuchiga ega bo‘lgan muhim qaror
AQSHdagi ikki yirik partiyadan biri; uning nomzodlari J. Kennedi (1960) va J. Karter (1976) prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi
Demokratik tamoyillarni siyosiy tizimga, madaniyatga, turmush tarziga va boshqalarga joriy etish
Markazlashgan tizimdan markazlashmagan tizimga o‘tish yoki o‘tkazish
Yuqori rahbar organlar tomonidan berilgan va bajarilishi majburiy sanalgan rasmiy yo‘l-yo‘riq, dastur, ko‘rsatma
Diniy muassasalar davlatdan, ta’lim jarayoni dindan ajratilgan holda shakllangan davlat
G‘arb sivilizatsiyasining yoyilishi: industrial davlatlar mustamlaka imperiyalarini yaratib, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasini ta’sir hududlariga bo‘lib olishga intildilar
Birinchi jahon urushidan keyingi davr: 1918-yildan boshlanib, hozirgi kungacha bo‘lgan davrni qamrab oladi; industrial sivilizatsiyadan postindustrial sivilizatsiyaga o‘tish davri sifatida qaraladi
Chet el kapitalini jalb qilish uchun tashkil etilgan hudud; Xitoy janubida 4 ta erkin iqtisodiy zona tashkil etildi
Hindular, qora tanlilar, yevropaliklar madaniyati va an’analarining o‘zaro ta’siri natijasida shakllangan xilma-xil va o‘ziga xos jamoalar
Inqilob tarafdorlari bo‘lgan radikal kuchlar siyosiy jarayonlardan chetlatilib, muammolar inqilobiy harakatdan emas, islohotlar orqali hal qilinadigan taraqqiyot yo‘li; uni Angliya tanladi
1991-yil 19-avgustga o‘tar kechasi konservativ kuchlar tuzgan komitet: favqulodda holat e’lon qildi, muxolifat faoliyatini to‘xtatdi, Moskvaga qo‘shin kiritdi; demokratik kuchlar uning harakatini g‘ayrikonstitutsion to‘ntarish deb e’lon qildi
Totalitar tipdagi siyosiy diktaturaga asoslangan hokimiyatning siyosiy konsepsiyasi
1949-yilgi konstitutsiyaga ko‘ra Hindiston avtonom huquqlarga ega bo‘lgan katta shtatlar va hududlar ittifoqi – federatsiyaga aylandi; har bir shtat o‘z qonun chiqaruvchi majlisi va hukumatiga ega bo‘ldi
1960-yillarda AQSHda avj olgan ommaviy norozilik harakati; uning asosiy sababi afroamerikaliklarning kamsitilishi edi. Eng mashhur rahbari — Martin Lyuter King
Gretsiyada 1946-yilgi parlament saylovlaridan keyin so‘llar bilan monarxistlar o‘rtasida boshlangan, butun mamlakat bo‘ylab olib borilgan qurolli kurash
Huquqiy davlat rivojlanishini ta’minlagan jamiyat: unda shaxsiy erkinliklar kengaydi, mahalliy boshqaruv organlari shakllandi, ittifoqlar va siyosiy partiyalar tuzildi, vijdon erkinligi e’lon qilindi
Germaniya dohiysi; 1934-yili prezident Gindenburg vafotidan so‘ng Gitler fyurer bo‘lib oldi
Xalqaro jinoyatlarning bir turi: irqi, millati, dini, etnik tarkibiga ko‘ra aholi guruhlarini yoppasiga yoki qisman jismonan qirib yuborishga qaratilgan harakat
Germaniyadagi siyosiy politsiya; Nyurnberg tribunali uni jinoyatchi tashkilot deb e’lon qildi
1918–1922-yillarda iqtisodni boshqarishning harbiy usuli; fuqarolar urushida g‘alaba qozonish uchun barcha resurslarni safarbar qilishning favqulodda tizimi
Davlatni boshqarish shakli bo‘lib, unda butun hokimiyat harbiylarga tegishli bo‘ladi; odatda harbiy rejimlar harbiy to‘ntarish orqali o‘rnatiladi
Harbiylarning hukumatni ag‘darib tashlashi; masalan, 1974-yili harbiylar Kipr orolida harbiy to‘ntarish qilib, orolning Gretsiyaga qo‘shilishiga qarshi hukumatni ag‘darishdi
Ikkinchi jahon urushi davrida Germaniya va uning ittifoqchilari hududida hamda ular bosib olgan hududlarda yashovchi yahudiylarning ta’qib va ommaviy qirg‘in qilinishi; 6 millionga yaqin odam o‘lim lagerlarida halok bo‘lgan
Qonunchilik, ijro va sud hokimiyatlari bir-biridan ajratilgan davlat; unda shaxs huquqi kafolatlanadi, fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi o‘rnatiladi
Stalin vafotidan (1953) keyingi N. Xrushchyov davri: yengil sanoatning ustuvorligi belgilandi, siyosiy islohotlar boshlandi, shaxsga sig‘inish qoralandi, boshqaruv desentralizatsiyalandi
XIX asrning oxirlarida boshlangan tarixiy davrning fandagi nomi; bu davrda mustamlakalar uchun kurash davom etdi, qurollanish poygasi avj oldi
1) imperator, podshoh, qirol boshqaradigan davlat; 2) bir qancha mustamlaka hududlariga ega bo‘lgan, totalitar tuzumga asoslangan davlat
Ijtimoiy hayot uchun muhim rol o‘ynaydigan jamiyat; bozor munosabatlari, siyosiy va ijtimoiy tenglik, huquqiy davlat, diniy bag‘rikenglik, inson huquqlari, umuminsoniy qadriyatlar uning asosiy belgilari hisoblanadi
1970-yillarning ikkinchi yarmida boshlangan ilmiy-texnik taraqqiyotning yangi to‘lqini; elektron hisoblash mashinalari, iqtisodiyotni axborotlashtirish va kompyuterlashtirish, ishlab chiqarishni robotlashtirish kabi yangi sohalarni yo‘lga qo‘ydi
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy va siyosiy integratsion jarayonlari: urushdan keyin iqtisodiyotning yuqori samaradorligini ta’minlash, ijtimoiy muammolarni hal etishning eng muhim omili sifatida rivojlantirildi; kapital, tovarlar, xizmat ko‘rsatish va ishchi kuchining erkin harakatlanishi mamlakatlar rivojlanishi va aholi yashash darajasining yaqinlashuviga olib keldi
Bir yoki bir necha davlatning boshqa bir davlat ichki ishlariga zo‘rlik bilan aralashuvi, uning hududiy yaxlitligi, siyosiy mustaqilligiga qarshi qaratilgan harakatlari
Intervensiya uyushtiruvchi yoki unda qatnashuvchi
1960-yili YIHT shu nom bilan qayta nomlandi va uning faoliyatiga Yaponiya ham qo‘shildi
1950-yillarda G‘arb davlatlaridagi iqtisodiy yuksalish tufayli Italiya, Germaniya Federativ Respublikasi, Shvetsiya kabi mamlakatlar namoyish qilgan iqtisodiy yutuq
Rabotda bo‘lgan Arab mamlakatlari rahbarlari kengashida Saudiya podshohi Feysalning taklifi bilan tuzilgan tashkilot
1950-yillar oxirida Italiyada boshlangan haqiqiy iqtisodiy inqilob; undan asosan sanoati rivojlangan shimoliy qism foyda ko‘rdi
1922-yilgi SSSRni ta’sis etgan shartnoma; 1991-yil 8- dekabrda Rossiya, Ukraina, Belarus rahbarlari uni bekor qildi
Boshqa davlatlar, millatlar, xalqlar, etnik guruhlarning ishlariga aralashmaslik g‘oyasiga asoslangan tashqi siyosat yo‘nalishini belgilash. Ikkinchi jahon urushi boshlanguncha AQSH hukumatining ustuvor siyosati bo‘ldi
1929-yil 24-oktyabrda Nyu York fond birjasida boshlangan inqiroz; AQSH ortidan butun kapitalistik dunyoni qamrab oldi
Tariflar va savdo bo‘yicha bosh kelishuv (TSBK) keyinchalik shu tashkilotga aylantirildi
Uzoq yillar jahon siyosatida yetakchi o‘rinni egallab kelgan, birinchi sanoat davlati bo‘lgan Angliya olgan nom
Banklarning o‘z kapitallarini butun dunyo bo‘ylab foydali sohalarga joylashtirishi; Angliya uchun foyda olishning muhim manbalaridan biriga aylandi
Ish vaqtini qisqartirish va o‘z faoliyatlarini legallashtirish uchun kurashgan ishchi tashkilotlari
Hind jamoasiga xos murakkab ijtimoiy tizim bo‘lib, tabaqalanishni ifodalaydi
1958-yili qabul qilingan, Xitoyda muddatidan oldin sotsializm qurishni, sanoat va qishloq xo‘jaligining jadal o‘sishini ko‘zda tutgan reja; muvaffaqiyatsiz yakunlandi
J. Keyns nazariyasining fandagi nomi
Bir necha partiya vakillaridan iborat hukumat: fashizm tor-mor qilingandan so‘ng Sharqiy Yevropa mamlakatlarida antifashist yo‘nalishdagi partiyalar (kommunistlar, sotsial-demokratlar, liberallar va boshqalar) vakillaridan iborat koalitsion hukumatlar hokimiyatga keldi
1) xalqaro munosabatlarning ayrim masalalarida birgalikda ish ko‘rish haqida o‘zaro ahdlashgan davlatlarning siyosiy yoki harbiy ittifoqi; 2) bir necha siyosiy partiyalarning shu partiyalar vakillaridan iborat hukumat tuzish to‘g‘risidagi kelishuvi
1928–1933-yillari amalga oshirilgan siyosat; natijada qishloqdagi o‘ziga to‘q dehqonlar, yer egalarining barchasi mulkidan mahrum qilindi
Kommunizm tamoyillarini qo‘llab-quvvatlaydigan yoki unga ishonadigan odam
Stalin rejimining ajralmas qismi bo‘lgan lagerlar; ulardagi millionlab kishilar mehnatidan urushdan keyingi tiklash jarayonida foydalanildi
(lotincha con – «birga» va centrum – «markaz») biror narsaning muayyan joyda to‘planishi
Buyuk Britaniyadagi siyosiy kuch; 1979- yilgi saylovlarda ishonchli g‘alaba qozonib, hukumatni M. Tetcher boshqardi
Forsni qaram qilish usullaridan biri – chet el kapitali evaziga olingan konsessiyalar; natijada Fors Yevropa davlatlarining xomashyo bazasiga aylanib bordi
Yuk tashish, mashinani butlab yig‘ish yoki ishlanayotgan narsalarni bir ish joyidan ikkinchisiga ketma-ket uzluksiz yetkazib berish uchun to‘xtovsiz yoki davriy aylanib ishlaydigan lentasimon maxsus transport qurilmasi
Rivojlangan yirik aksiyadorlar jamiyati, biron-bir faoliyat uchun uyushgan yuridik va jismoniy shaxslar majmui
Ishlab chiqarish hajmiga o‘rnatiladigan cheklov; YIHda ishlab chiqarishni cheklovchi kvotalar o‘rnatildi
Bir nechta partiya faoliyat yuritadigan tizim; Markaziy va Sharqiy Yevropaning bir qator davlatlarida mavjud bo‘lgan, Albaniya, Vengriya, Ruminiya va Yugoslaviyada esa bittadan partiya faoliyat yuritgan
Buyuk Britaniyadagi siyosiy kuch; urushdan keyin leyboristlar hukumati davlat sektorini ancha kengaytirdi, bu iqtisodiyot o‘sishiga ta’sir ko‘rsatdi
1) hur fikrli, erkin shaxs; murosasoz, kelishuvchi; 2) liberalizm tarafdori
G‘arb mamlakatlarida demokratiya deb tushunilgan tuzum; erkin va tez-tez o‘tkaziladigan saylovlar, qonun ustuvorligi, hokimiyatning bo‘linishi, shaxs huquq va erkinliklarining kafolatlanganligi uning xarakterli jihatlaridir
Forsda 1905–1911-yillardagi burjua-demokratik inqilob jarayonida tuzilgan parlament
Ingliz iqtisodchisi Jon Keyns yaratgan iqtisodiy nazariyadagi yangi yo‘nalish
Biror shaxsning vakolatini, muayyan narsaga huquqini tasdiqlovchi hujjat. Mag‘lub davlatlar mustamlakalarining bo‘lib olinishini qonuniylashtirish uchun Millatlar Ligasi Ustaviga kiritilgan
AQSHning urushdan keyingi yordam rejasi; GFR shu reja bo‘yicha Amerikaning katta moliyaviy yordamini oldi, bu xo‘jalikning jadal tiklanishini ta’minladi. Italiya ham «Marshall rejasi»ga qo‘shildi
Yirik hududlarga egalik qilayotgan, islom dunyosini deyarli to‘liq bo‘lib olgan davlatlar
Imperator Mutsuxito hukmronligining rasmiy nomi, «ma’rifatli boshqaruv» ma’nosini anglatadi; Meydzi davri 1868– 1912-yillarni o‘z ichiga oladi
Yaponiyada 1868–1869-yillarda syogunlikning ag‘darilib, tugatilishi bilan bog‘liq voqealarning nomi
1876-yil dekabrda qabul qilingan, Turkiyani konstitutsion monarxiya deb e’lon qilgan konstitutsiya; unda ikki palatali parlament ko‘zda tutilgan, barcha fuqarolar usmoniylar deb atalib, qonun oldida teng hisoblangan
1919-yili tashkil qilingan xalqaro tashkilot; asosiy vazifalari jahonda tinchlik uchun kurash, xalqlar o‘rtasida hamkorlik va xavfsizlik masalalari edi
Integratsiya jarayonida tuzilgan organlar (Yevropa Kengashi, Yevropa hamjamiyati komissiyasi, Maxsus sud); ularning qarorlari to‘g‘ridan to‘g‘ri kuchga kirar, milliy hukumatlar va parlamentlar tasdiqlashi shart emasdi
1924-yili Kavkazorti va O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan siyosat; natijada milliy sovet respublikalari tashkil qilindi
Tropik Afrikada mustamlaka rejimiga xizmat qilayotgan kichik amaldorlar, o‘qituvchilar, ruhoniylar, shifokorlar va yuristlardan iborat yangi, o‘qimishli ijtimoiy qatlam doirasida shakllangan guruh; milliy mafkuraning shakllanishida katta rol o‘ynadi
Xristian dinini tarqatish faoliyati; u orqali Afrikada xristian dini tarqaldi
Jamiyatni keskin sifat o‘zgarishi orqali qoloqlikdan olib chiqish yo‘li; Kubada F. Kastro hukumati shu yo‘l bilan keskin ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirdi
Meksikada qudratli davlat sektori asosiy rol o‘ynagan liberal-islohotchilik rivojlanish yo‘li
Chilida general A. Pinochet boshchiligidagi harbiy xunta tanlagan modernizatsiya yo‘li; konstitutsiya va demokratik erkinliklar bekor qilindi, ish haqi kamayib, ishsizlik keskin oshdi
Banklarning konsentratsiyalashuvi va ularning sanoat bilan qo‘shilib ketishi natijasida shakllangan kapital
Yirik banklar va sanoatchilar mablag‘larining jamlanishi natijasida paydo bo‘lgan jamiyatning tor elita qatlami; XX asr boshiga kelib ilg‘or mamlakatlarda iqtisodiy va siyosiy yetakchilikni qo‘lga oldi
Germaniyada tashkil qilingan yirik sanoat banklari va korporatsiyalarning ba’zilari aylangan birlashmalar
Afg‘onistonda Afg‘oniston Xalq demokratik partiyasi (AXDP)ga raqib bo‘lgan jangari kuchlar; ular mamlakatning katta qismini nazorat qilardi
1991-yil 8-dekabrda Minskda Rossiya, Ukraina, Belarus rahbarlari 1922-yilgi Ittifoq shartnomasini bekor qilib, tuzilganligini e’lon qilgan hamdo‘stlik
1906–1907-yillari tashkil qilingan hind musulmonlarining partiyasi
Adolf Gitler boshchiligidagi partiya; Germaniyaning Birinchi jahon urushidagi mag‘lubiyati uchun o‘ch olishni maqsad qilgan urush partiyasi edi, 1933-yil yanvarda hokimiyatga keldi
Ayrim shaxs yoki birlashmalarning xususiy mulki bo‘lgan yer, ishlab chiqarish korxonalari, transport, banklarni davlat yoki jamiyat mulkiga aylantirish, davlat ixtiyoriga olish
GFRda 1960–1970-yillardagi iqtisodning jadal sur’atlarda o‘sish davri
Ikkinchi jahon urushidan keyin keynschilik asosida yaratilgan, iqtisodni yangi davr talabiga moslashtirishga qaratilgan iqtisodiy nazariya
1970–1980-yillarda ko‘plab mamlakatlarda so‘l siyosiy partiyalar va harakatlar o‘z mavqeyini yo‘qotishi, o‘ng va konservativ kuchlar g‘alaba qozonishi bilan xarakterlangan jarayon
Davlat korxonalarini qisman xususiylashtirish, soliqlarni pasaytirishga asoslangan siyosat; Buyuk Britaniyada boshlanib, GFR, Fransiya va G‘arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlarida olib borildi
Urush olib borayotgan tomon qurolli kuchlarining boshqa davlat yerlarini bosib olib, vaqtincha egallab turishi
G‘olib davlatlar 1945-yili Germaniya hududini to‘rtta okkupatsiya zonasiga bo‘lib, mamlakatda hokimiyatni o‘z qo‘llariga oldilar; Berlin ham to‘rtta sektorga bo‘lindi
XX asrning yangi adabiy yo‘nalishi: keng ommaga mo‘ljallangan, aniq andazalar asosida yoziladigan adabiyot; ochiq tijoriy xarakteri, ko‘ngilochar funksiyasi va voqealar rivojining oldindan ma’lumligi bilan ajralib turadi
XX asrdan boshlab Amerika madaniyatida ustuvor bo‘lib qolgan, uning o‘ziga xos jihatiga aylangan madaniyat
1963–1979-yillarda shoh Muhammad Rizo Pahlaviy tomonidan Eronda amalga oshirilgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar majmui; madaniyat va agrar sektordagi o‘zgarishlar, aholining saylov huquqlarini kengaytirish va mamlakatni sanoatlashtirishni o‘z ichiga oladi
XIX asr oxiri – XX asr boshlari davri: unda Sharqning an’anaviy jamiyatlarida sanoatlashtirish kurtaklari ko‘rina boshladi
Qayta qurish yillari kirib kelgan siyosat; sovet jamiyatining poklanishi yo‘lida katta qadam bo‘lib, stalinizm va sovet totalitar tuzumining jinoyatlarini ochib tashladi
1945-yil oktyabrda Manchesterda bo‘lib o‘tgan V Panafrika kongressida antimustamlaka, antiimperialistik ruh ustuvor bo‘ldi; u butun qit’aga qaratilgan yangi inqilobiy talablarni ilgari surdi
Afrikada ozodlik harakati mafkurasining shakllanishi va faollashuvida katta rol o‘ynagan harakat; birinchi Panafrika konferensiyasi 1900-yili Londonda o‘tgan, harakat 1919-yili I Ta’sis kongressida rasmiylashtirildi
AQSHning G‘arbiy yarimshar mamlakatlari ustidan yagona hukmronligiga qaratilgan siyosati; 1889-yilgi I Panamerika konferensiyasidan so‘ng shakllandi
1871-yilning 18-martidan 28-mayigacha Fransiyani boshqargan muvaqqat hukumat
(lotincha «Britaniya dunyosi») Buyuk Britaniyaning 1815-yilgi Vaterloo jangidan boshlab Birinchi jahon urushiga qadar dengizdagi va xalqaro munosabatlardagi hukmronlik davri
Lotin Amerikasida ishlab chiqarishi asosan qullar mehnatiga asoslangan xo‘jalik
Abstraksionizmga qarama-qarshi ravishda paydo bo‘lgan yo‘nalish; uning tarafdorlari fikricha, har qanday buyum iste’molchilik ahamiyatini yo‘qotib, badiiy-estetik sifat kasb etishi mumkin
1962-yili amerikalik sotsiolog Daniel Bell muomalaga kiritgan atama; bu jamiyatda sanoat emas, axborot ishlab chiqarish ustuvor bo‘ladi
Rivojlangan mamlakatlarda XX asrning ikkinchi yarmidan ijtimoiy taraqqiyotda vujudga kela boshlagan yangi bosqich
XX asr o‘rtalari va oxirlarida rivojlangan, asosan falsafa, san’at, arxitektura va adabiy tanqidchilikda modernizm an’analaridan chekinishni ifodalovchi yo‘nalish; G‘arb va Sharq san’ati, o‘tmish va zamonaviy uslublar, folklor va ommaviy madaniyat elementlarini jamlagan uslub
Feodal yer mulklari tugatilgach joriy qilingan, to‘g‘ridan to‘g‘ri markaziy hukumatga bo‘ysunuvchi hudud
Buyuk Britaniyaning Misr ustidan o‘rnatgan hukmronligi; 1922-yil fevralda Buyuk Britaniya o‘z protektoratini bekor qilib, Misrning to‘liq mustaqilligini tan oldi
Sanoatda temir davri o‘rniga boshlangan davr: po‘lat eritishning yangi usullari tufayli 1870–1900-yillarda jahonda po‘lat ishlab chiqarish 56 barobar o‘sdi
1985-yili M. Gorbachyov Bosh kotib bo‘lgach boshlangan siyosat: mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish, ijtimoiy hayotni demokratizatsiyalash vazifasi qo‘yildi, oshkoralik kursi e’lon qilindi
Afrika qit’asi. 1884–1885-yillardagi Berlin konferensiyasida Yevropa davlatlari «Qora qit’a» taqdirini muhokama qildi
1926-yili Millatlar Ligasi qabul qilgan hujjat; unda qullik va qul savdosiga ta’rif berilib, ular qoralandi
Kollektivlashtirish davrida mulkidan mahrum qilinib, qamalgan, surgun yoki qatl etilgan o‘ziga to‘q dehqonlar, yer egalari
Qulchilikning eng g‘ayriinsoniy ko‘rinishi bo‘lgan mafkura; uning ta’sirida yevropaliklar tasavvurida qul deganda afrikalik, ya’ni qora tanli odam aks etadigan bo‘lib qoldi
Fuqarolarning davlat, viloyat yoki mahalliy ko‘lamda eng muhim masalalar bo‘yicha ovoz berish yo‘li orqali o‘z fikrlarini bevosita bildirishlari
Urushdan keyin Germaniya to‘lagan to‘lov; SSSR iqtisodiyotini tiklashda sezilarli rol o‘ynadi — bu pullar sanoatda o‘rnatilgan uskunalar xarajatining yarmini ta’minladi
AQSHdagi ikki yirik partiyadan biri; 1932-yildan beri muxolifatda bo‘lib, 1952-yilgi saylovlarda g‘alaba qozondi (D. Eyzenhauer), keyin R. Nikson, R. Reygan, J. Bush ham shu partiya vakillari edi
Mag‘lub Germaniyaning talanishi va uni tiz cho‘ktirish uchun qilingan harakatlarga qarshi reaksiya sifatida paydo bo‘lgan oqim; fashistlarning hokimiyatga kelishini osonlashtirdi
R. Reyganning ijtimoiy-iqtisodiy dasturi: iqtisodiy tushkunlikni yengish, ishsizlikni qisqartirish, daromad solig‘ini pasaytirish, iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishga qaratilgan
Germaniyada hukumat boshlig‘i lavozimi; 1933-yil 30- yanvarda unga Adolf Gitler tayinlandi
1977-yili qabul qilingan SSSR konstitutsiyasi; unda Kommunistik partiya «jamiyatning yo‘naltiruvchi va rahbar kuchi, siyosiy tuzumning yadrosi» deyilib, KPSSning yakkahukmronligi mustahkamlandi
Rossiyada podshoning cheklanmagan mustabid hokimiyati va shunday hokimiyat asosiga qurilgan davlat tuzumi
Xalqaro majburiyatlarga yoki xalqaro huquq me’yorlariga rioya qilmagan, ularni buzgan davlatlarga nisbatan bir mamlakat (yoki mamlakatlar guruhi) tomonidan qo‘llanadigan (iqtisodiy, moliyaviy yoki harbiy) jazo yoxud ta’sir chorasi
Sanoatning bitta yoki bir nechta sohasini nazorat qiluvchi shaxs
XVIII asrning oxirlarida boshlangan, sanoat va qishloq xo‘jaligining rivojini belgilab bergan jarayon; XIX asr davomida ko‘plab mamlakatlar taraqqiyotining asosiy mohiyatiga aylandi
1920-yillar oxiri – 1930-yillar boshidagi eng muhim tadbir; birinchi besh yillikda (1928–1932) sovet og‘ir sanoatining asoslari yaratildi
Xaritada SSSR bilan ittifoqdagi Sharqiy Yevropa davlatlari — Polsha, Sharqiy Germaniya, Chexoslovakiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya — satellit davlatlar deb belgilangan
Hukumat va boshqa huquq manbalari dinning har qanday turidan alohida bo‘lishi kerakligi haqidagi tushuncha
Sun Yatsen boshchiligidagi 1911–1912-yillardagi inqilob; xitoy taqvimi bo‘yicha «sinxay» yilida boshlangani uchun shunday nom olgan; manchjurlar sulolasi ag‘darilib, Xitoy respublika deb e’lon qilindi
Daniya, Norvegiya va Shvetsiyada amalga oshirilgan sotsializm shakli; ijtimoiy imtiyozlar orqali ijtimoiy tengsizlikni bartaraf qilish tamoyillarini aks ettirdi
Sotsialistik mamlakatlar ittifoqi; 40 yildan oshiq faoliyat yuritib, 1991-yili O‘zaro iqtisodiy yordam kengashi va Varshava shartnomasi tashkiloti tarqalib ketgach barham topdi
Xususiy mulkni ijtimoiy mulkka aylantirish orqali erkinlik va tenglik, baxt va farovonlikka erishish mumkin deb hisoblovchi ta’limot
1939-yil 23-avgustda Germaniya va SSSR o‘rtasida 10 yil muddatga imzolangan o‘zaro urushmaslik to‘g‘risidagi pakt
Yaponiyadagi harbiy-feodal hukumat (Tokugava syogunligi); 1868-yili ag‘darilib, 1869-yili butunlay tugatildi
1947-yili rivojlangan davlatlar o‘rtasida imzolangan kelishuv: ishtirokchilar import mahsulotlariga boj solig‘ini kamaytirish hisobiga tashqi savdoni rivojlantirish majburiyatini oldi. Keyinchalik Jahon savdo tashkilotiga aylantirildi
Neokonservatizmning britaniyacha varianti bo‘lgan M. Tetcherning ijtimoiy-iqtisodiy strategiyasi; asosiy maqsadi ishsizlikka emas, inflyatsiyaga qarshi kurash edi. 1990-yili tugadi
Zamonaviy infratuzilma, transport va informatsion tizimga ega bo‘lgan namunaviy shahar; 1980-yillardan Yaponiyada 26 ta texnopolis tashkil qilindi
XX asrda shakllangan yangi tipdagi siyosiy rejim; jamiyat hayotida davlatning roli juda yuqoriligi, yagona qadriyatlar tizimi, mafkura va siyosiy dasturlar mavjudligi bilan ajralib turadi
Fransiya tarixida 1946–1958-yillar davri: yangi konstitutsiyaga ko‘ra ikki palatali parlament umumiy ovoz berish yo‘li bilan 5 yilga, prezident esa parlament tomonidan 7 yilga saylanadigan bo‘ldi
Den Syaopin islohotlari konsepsiyasi: qishloq xo‘jaligi, sanoat, fan-texnika va harbiy sohani isloh qilish
Qat’iy talab qo‘yish: Avstriya-Vengriya Serbiyaga ultimatum e’lon qildi, Germaniya esa ultimatum e’lon qilib, Rossiyadan safarbarlikni to‘xtatishni talab qildi
YIHda yaratilgan barcha mahsulotlarning bozori; unda tovarlar, kapital, xizmat ko‘rsatish va ishchi kuchining erkin harakati tamoyili qo‘llandi
1960-yillarda G‘arb mamlakatlarida paydo bo‘lgan g‘oya; xalq farovonligini oshirishning davlat kafolatlari tizimi, kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam, ta’lim, sog‘liqni saqlash va pensiya ta’minotini qo‘llab-quvvatlash orqali ijtimoiy tengsizlikni bartaraf qilishga qaratildi
Fransiyada 1870-yil 4-sentyabrda e’lon qilingan va Ikkinchi jahon urushigacha mavjud bo‘lgan respublika tuzumi
Postindustrial iqtisodiy tizimda asosiy o‘rin egallagan sohalar – savdo, xizmat ko‘rsatish, moliya, ijtimoiy soha, fan, informatika, infratuzilmalar
1882-yili Germaniya, Avstriya- Vengriya va Italiya tashkil qilgan harbiy-siyosiy blok; Yevropaning qarama-qarshi lagerlarga bo‘linishini boshlab berdi
1940-yil sentyabrda Germaniya, Yaponiya va Italiya o‘rtasida imzolangan harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv
NATOga javob tariqasida 1955-yili tuzilgan SSSR va unga do‘st bo‘lgan Sharqiy Yevropa davlatlarining harbiy-siyosiy ittifoqi
1919-yil 28-iyunda Germaniya imzolagan shartnoma; unga ko‘ra Germaniya Birinchi jahon urushi boshlanishi uchun yagona javobgar davlat deb e’lon qilindi
1919–1923-yillari imzolangan shartnomalar va jahondagi kuchlarning yangi nisbati asosidagi xalqaro munosabatlar tizimi; bir guruh davlatlarning dunyoga hukmronligini aks ettirdi
1919-yil 31-iyulda Veymar shahrida Ta’sis majlisi konstitutsiyani qabul qilgach boshlangan Germaniya tarixidagi davr
Dunyo musulmonlarini birlashtirib turuvchi tizim; 1924- yili Turkiya Buyuk millat majlisi uni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi
Chilida prezidentlik saylovlaridan oldin tuzilgan blok; unga kommunistlar, sotsialistlar, radikallar va «Xalq faoliyati yagona harakati» kirdi, 1970-yili uning nomzodi S. Alyende prezident etib saylandi
1940-yillar oxirida Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida kommunistlar hokimiyatni egallagach o‘rnatilgan tuzum shunday, keyin esa «sotsialistik» deb ataldi
Qayta qurish yillarida paydo bo‘lgan ommaviy siyosiy tashkilotlar; dastlab Boltiqbo‘yi respublikalarida, keyin boshqa Ittifoq respublikalarida tuzildi
V. Lenin boshchiligidagi bolsheviklar hukumati; 1917-yil 7-noyabrdagi davlat to‘ntarishidan so‘ng tuzildi
Urush jinoyatchilari ustidan hukm chiqargan xalqaro sud; Nyurnbergda fashist rahbarlari, Tokioda yapon harbiy jinoyatchilari jazoga hukm qilindi
Kamyob mahsulotlarni yashirincha ishlab chiqarish va ularni «qora bozor»da sotish; SSSRda chayqovchilik bilan birga rivojlanib ketdi
T. O‘zol islohotlarida iqtisodda davlatning rolini pasaytirish uchun davlat sektorini keng xususiylashtirish boshlandi; bu davlat sektorining ustunligiga chek qo‘ydi
Rasman shunday atalgan A. Salazarning konservativ, avtoritar-fashistik belgilarga ega siyosiy rejimi
Prezident Vudro Vilson jamiyatga taklif qilgan islohotlar siyosiy dasturi
J. Kennedining islohotchilik dasturi: iqtisodni barqarorlashtirish va ijtimoiy yordam dasturini kengaytirish bo‘yicha ko‘plab tadbirlar
1950-yillar o‘rtalaridan Yaponiyada boshlangan davr: sanoat, asosan og‘ir sanoat va kimyo ishlab chiqarishi, mehnat unumdorligining jadal o‘sishi tufayli juda yuqori sur’atda o‘sdi
Indira Gandi amalga oshirgan yangi agrar siyosat; natijada 1970-yili g‘alla va sholi hosildorligi keskin o‘sdi
Atlantika okeanining ikki qirg‘og‘i – G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada shakllangan sivilizatsiya; liberal-demokratik qadriyatlar, jadal iqtisodiy rivojlanish va xalq farovonligini doimiy yuksaltirish unga xos
Shimoliy Yevropa mamlakatlari integratsiyaning muqobil modeli sifatida ta’sis etgan tashkilot; maqsadi faqat sanoat mahsulotlariga boj to‘lovlarini bosqichma-bosqich kamaytirish edi
1957-yili Rim shartnomasi bilan tuzilgan hamjamiyat; unda barcha mahsulotlarning umumiy bozori yaratildi. Keyinchalik Yevropa Ittifoqi sifatida qayta tashkil qilindi
1948-yili tuzilgan tashkilot; dastlab «Marshall rejasi» bo‘yicha AQSH Yevropa mamlakatlariga ko‘rsatgan yordamni taqsimlagan, keyin iqtisodiy maslahatlar forumiga aylangan
Yagona Yevropa aktiga binoan YIH asosida qayta tashkil qilingan ittifoq; u «ichki chegaralarsiz makon» bo‘lishi lozim edi
Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ilmiy, huquqiy va ma’muriy sohalarda G‘arbiy Yevropaning o‘zaro kelishilgan siyosat yuritishiga ko‘maklashuvchi dastlabki tashkilot; 1949-yili tuzilgan
1951-yili GFR, Fransiya, Italiya, Belgiya, Niderlandlar, Lyuksemburg tuzgan tashkilot: ko‘mir va metallurgiya sanoatining umumiy bozorini tashkil qilish, o‘zaro boj to‘lovlarini bekor qilish ko‘zda tutildi
Dastlab faqat YIH mamlakatlari parlamentlari a’zolarining munozara maydoni bo‘lgan organ; integratsiya siyosiy jabhaga tarqalgach obro‘yi ortdi
Ikki asr davomida G‘arb mamlakatlarining savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish urinishlarini rad etib kelgan Yaponiyaning holati
1865-yili Istanbulda tuzilgan maxfiy siyosiy tashkilot a’zolari; o‘zlarini «yangi usmoniylar» deb atashgan, Yevropada tashkilot «Yosh Turkiya», ishtirokchilari «yosh turklar» nomini olgan; ularning harakati tufayli Turkiyada islohotlar boshlandi
1908-yili «Yosh turklar» partiyasidan bo‘lgan zobitlar ko‘targan qo‘zg‘olon; u Turkiyada feodal-mustabid tuzumni ag‘darib tashladi va konstitutsiyani tikladi
Mahatma Gandi ishlab chiqqan kurash usuli; hindlarning zo‘ravonliklarsiz ommaviy chiqishlari qurolli to‘qnashuvlardan, millionlab kishilarni o‘limdan saqlab qoldi
Ikkinchi afyun urushidan keyin Xitoyni G‘arb davlatlarining daromad manbaiga aylanib qolish xavfidan xalos qilish uchun ishlab chiqilgan taraqqiyotning yangicha yo‘li
SSSR va Sharqiy Yevropaning ko‘pchilik davlatlari 1949-yil yanvarda tuzgan iqtisodiy ittifoq
Yevropa-amerikacha davlat boshqaruvi, qonunchilik, ta’lim tizimi, kiyinish va yurish-turish madaniyati modeliga taqlid qilish, ularni ko‘chirish
1977-yilgi harbiy to‘ntarishdan keyin Pokistonda tashkil qilingan sud; u qabul qilinayotgan qonunlarning Qur’on va shariatga mosligi ustidan nazorat o‘rnatdi
Stalin davrida shakllangan tartib; 1956-yil fevralda KPSS XX syezdida N. Xrushchyov uni qoraladi va bu sovet totalitar davlatining xarakterini anglash jarayonini boshlab berdi
G‘arb davlatlari 1949-yil aprelda tuzgan harbiy-siyosiy tashkilot
Fuqarolar urushi davrida Antanta davlatlarining Rossiyaga qarshi bosqinchilik harakatlari