Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
Darslikdagi barcha qalin yozilgan atamalar, rasm ostidagi izohlar va rasmiy lug‘at.
Florensiya respublikasida sinyoriya boshlig‘i; u qo‘shinning ham bosh qo‘mondoni bo‘lgan
Ilm-fan ravnaq topishi natijasida tashkil etilgan ilmiy maskan; Mirzo Ulug‘bek akademiyasi tarkibida rasadxona, madrasa va boy kutubxona bo‘lgan, Koreya qirollik akademiyasida yosh olimlar tahsil olgan va ilmiy izlanishlar olib borilgan
Yer o‘lchov birligi; 1 akr 40 sotixga teng; o‘rta asrlarda dastlab bir dehqonning bir ho‘kiz bilan bir kunda haydashi mumkin bo‘lgan va ekin ekilgan yer maydonini bildirgan
Murakkab mashqlarni bajaruvchi gimnastikachi yoki sirk artisti
Inklar dalalarni shiddatli tog‘ jilg‘alaridan keladigan suv bilan sug‘orish uchun qurgan ulkan inshoot
Oddiy metallarni oltin yoki kumushga aylantira oladigan va inson umrini cheksiz uzaytiradigan moddani izlash bilan shug‘ullangan soha; zamonaviy ilm-fanning, ayniqsa, kimyoning asosiga aylangan
Cherkovdan haydash va ibodat qilishni taqiqlash
Qadimgi ingliz tilidagi «England» so‘zidan olingan, «angllar yeri» ma’nosini bildiradi; angllar ilk o‘rta asrlarda Buyuk Britaniyada joylashgan german qabilalaridan biri edi
Qadimgi Yunoniston va Rimda adabiyot, san’at va me’morchilik gullab-yashnagan davr
(ital. banco) Sarrof peshtaxtasi, sarroflar almashish uchun tangalarni terib qo‘yadigan stol; Yevropadagi dastlabki zamonaviy bankka 1407-yil Italiyada asos solingan
Qal’a devoridan biroz bo‘rtib chiqqan dumaloq shakldagi minora; qal’ani qurshab olgan dushmanga qarata har tomonlama o‘q otishni ta’minlagan mudofaa inshooti
Ijro hokimiyati boshlig‘i; davlat ishlari bilan shug‘ullangan va Oltin O‘rda qo‘shinini boshqargan
Usmoniylarda qabila boshliqlari yig‘inida beriladigan unvon; bey birinchi navbatda harbiy boshliq bo‘lib, harbiy yurishlarni tashkil qilgan
Saljuqiylar davlati parchalangach, uning Anatoliyadagi mulklari bo‘linib ketgan mayda qismlar; ulardan biri Usmon beyligi bo‘lib, Usmonbey davrida mustaqil davlatga aylangan
Savdogarlar yig‘ini; Bryuggedagi Burselar oilasi gerbidagi uchta charm hamyonga ishora tarzida «burse», keyinchalik «birja» deb atalgan; birinchi birja 1406-yilda hozirgi Belgiya hududida tashkil etilgan
Davlat boshqaruv ishlariga rahbarlik qilgan; barcha davlat idoralari – devonlar unga bo‘ysungan, moliya va harbiy bo‘limlarga ham rahbarlik qilgan
Katolik cherkovida bir vaqtda uchta papa (Rim, Avinyon va Piza yig‘ini saylagan papa) hukmronlik qilgan davr; 1418-yilda uchala papa ham ag‘darilib, Martin V saylanishi bilan barham topgan
Erkinlikning buyuk xartiyasiga ko‘ra qirol uning roziligisiz mamlakatda soliq yig‘a olmas edi
Qirol tasarrufidagi bosh vazir va uning ikki o‘rinbosaridan iborat oliy hukumat organi; uning barcha qarorlarini qirol tasdiqlashi shart bo‘lgan
Yaponiya viloyatlaridagi eng yirik mulkdor; har bir viloyatni alohida daymyo boshqarib, qonunlar chiqargan va soliqlar yig‘gan
Fakultet o‘qituvchilari orasidan saylov tizimi asosida saylangan lavozim egasi
G‘ozonxon pul islohoti bilan zarb qildirilgan 12,9 grammli oltin tanga
G‘ozonxon pul islohoti bilan zarb qildirilgan 2,15 grammli kumush tanga
XIV asrdan boshlab qirolning avlodidan bo‘lgan taxt vorisi, rasman taxtga chiqish uchun toj kiyish marosimi o‘tkazilgunga qadar vaqtinchalik qirol
Lyudovik XI ritsarlar va yollanma askarlardan tuzgan qo‘shin; uning ta’minoti uchun aholidan yillik soliq yig‘ib olingan
(yunon tilida «rahbar, graf» ma’nosini bildiradi) VIII– XVIII asrlarda Venetsiya respublikasining saylangan rahbari; dojlar Venetsiyadagi eng boy va nufuzli oilalardan saylangan
Viloyat va shaharlarga yuborilgan hokim
(italyancha «ducato» – «gersog» ma’nosini bildiradi) Italiya davlatlarining pul birligi bo‘lgan oltin va kumush tangalar; birinchi marta 1284-yilda Venetsiya respublikasi tomonidan chiqarilgan
(ulus xoni) Ulug‘ xon Munke Hulokuga bergan unvon; Hulokuiylar davlatida hukmdorlar elxon deb nomlangan, shuning uchun bu davlat Elxoniylar davlati deb ham atalgan
Xo‘jayinlaridan o‘rmonlarga qochib, guruh-guruh bo‘lib zodagonlar, yepiskop va amaldorlarga hujum qilgan dehqonlarni xalq shunday atagan
Fransiyada paydo bo‘lgan satirik adabiy janr; oddiy odamlarning aql-zakovatini tarannum etib, zodagonlarning ochko‘zligi va ruhoniylarning takabburligini masxara qilgan
XVI asr boshlarida yirik boylar tashkil qila boshlagan, keng ko‘lamli ishlab chiqarishga asoslangan ishlab chiqarish joyi; hunarmandchilik gildiyalari u bilan raqobatlasha olmagan
Universitet o‘qituvchilari birlashgan bo‘linma; masalan, Sorbonna universitetida san’at, huquqshunoslik, tibbiyot va ilohiyot fakultetlari bo‘lgan
O‘rta asrlarning mustahkam mudofaa inshooti; baland va qalin devorlar bilan o‘ralgan, dastlab yog‘ochdan, rivojlangan o‘rta asrlarda toshdan qurilgan
Muayyan bir davlat yoki tashkilotning okean, dengiz, umuman, yirik suv maydonlarida harbiy, savdo va boshqa maqsadlarda harakatlar olib borish uchun mo‘ljallangan tuzilmasi
1471–1475-yillarda Fransiya qiroli Lyudovik XI va Burgundiya gersogi Karl Jasur o‘rtasidagi to‘qnashuvlar
O‘rta asrlar G‘arbiy Yevropa bazmlarining muhim taomi – qaynatilgan bug‘doydan tayyorlangan quyuq donli taom; dastlab dehqonlar taomi bo‘lgan
Pul birligi; qirol Ioann papa xazinasiga har yili ming funt sterling soliq to‘lash majburiyatini olgan
XIV asr o‘rtalarida Shimoliy Germaniyaning Lyubek, Gamburg, Bremen va boshqa shaharlari birlashgan savdo ittifoqi; XV asr boshlarida 160 ga yaqin shaharni birlashtirgan, iqtisodiy va siyosiy ittifoq bo‘lgan
Hunarmand yoki savdogarlar uyushmasi; XI asrdan tashkil topa boshlagan, mahsulot soni, sifati va sotish narxini belgilab bergan
XII asrda paydo bo‘lib, XIII asrda mukammallikka erishgan me’moriy uslub; bu uslubdagi cherkovlar arkali (ravoqsimon) gumbaz va baland uchli minoralar bilan bezatilgan, osmono‘par qilib qurilgan
Inklar imperiyasining viloyatlarini boshqargan, hukmdorning bevosita qarindoshlari bo‘lgan amaldor
Grammatika, nutq, she’riyat, tarix, filologiya (yunon va lotin tillari) kabi fanlar; XIV asr oxiridan ularga ko‘proq e’tibor berilgan
1419-yilda Pragada qo‘zg‘olon ko‘targan isyonchilar o‘zlarini Yan Gus sharafiga shunday atashgan; guschilar harakati Chexiyani Germaniya imperiyasiga qaramlikdan mustaqil davlatga aylantirdi
Amerika tub aholisining umumiy nomi; XV asr oxirida Xristofor Kolumb o‘zi kashf etgan yerlarni Hindiston deb hisoblab, mahalliy aholini hindular deb nomlashi tufayli kelib chiqqan
XIII–XV asrlarda Movarounnahrda yuz bergan yuksak madaniy taraqqiyot
XIII–XV asrlarda Yevropada yuz bergan yuksak madaniy taraqqiyot
O‘rta asrlarda eng muhim fan; madaniyatning qolgan sohalari ham ilohiyotga xizmat qilishga yo‘naltirilgan
Muqaddas kitob; o‘rta asrlarning ilmiy tafakkuri Injil va xristianlik dini nazariyotchilari qarashlariga asoslangan
Cherkov sudi; inglizlar Janna d’Arkni shu sudga topshirgan va u o‘limga hukm etilgan
Diniy mafkuradan farqli ravishda dunyoviy manfaatlar ustun bo‘lgan mafkura; gumanitar fanlarni o‘rganish natijasida yuzaga chiqqan yangicha fikrlash va o‘rganish uslubi
Irokezlarning qabila ittifoqlari birlashib tuzgan ittifoq
Kishilarning tashqi qiyofasi, gavdasi, nasli, kelib chiqishi kabi irsiy belgilar orqali farq qiluvchi guruhi; dunyo aholisi negroid, avstraloid, yevropeoid, mongoloid kabi to‘rtta yirik irqqa bo‘linadi
Vengriyada katta-katta hududlar va viloyatlarni idora qilgan mansabdor (franklardagi graf); bu mansab otadan bolaga meros o‘tgan
1358-yil Fransiyaning Bove viloyatida boshlangan dehqonlar qo‘zg‘oloni; zodagonlar oddiy dehqonni kamsitib «Jak» deb atagani uchun shu nom bilan tarixga kirgan
Qirol Lyudovik XI ga qarshi zodagonlar tuzgan ittifoq; uning rahbari Burgundiya gersogi Karl Jasur edi
Musulmon bo‘lmaganlardan olinadigan jon solig‘i
1377-yilda ingliz parlamenti birinchi marta joriy qilgan soliq; 14 yoshdan yuqori barcha erkak va ayollar mulkiy ahvolidan qat’i nazar to‘lagan
Fransiyada shaharlardagi yarmarkalar va qishloqlardagi mavsumiy bayramlarda ko‘ngilochar tomosha qo‘yishni kasb qilgan kishi
Yaponlar mo‘g‘ul flotini halokatga uchratgan kuchli tayfunni shunday ataganlar; ular tayfunni xudolar Yaponiyani qutqarish uchun yuborgan deb ishonganlar
(italyan tilida «qirq kun» ma’nosini bildiradi) Chegara hududlarida odamlar va tovarlarni 40 kun davomida ushlab turish; birinchi marta XIV asrda Italiyaning port shaharlarida joriy qilingan
(lotincha «asos, yurak» ma’nosini anglatadi) katolik cherkovining Rim papasidan keyingi eng oliy ruhoniysi
Harbiy qism joylashtiriladigan maxsus bino
Yuqori mansabdor shaxslar va viloyatlar hokimlaridan tarkib topgan maslahat organi; sulton unga tayanib hokimlar, harbiy boshliqlar va mansabdorlarni tayinlagan
Inklarda yozuv o‘rnida foydalanilgan tugunli xatlar; uni ayrim kishilargina tushungan
1445-yili Iogann Gutenberg ixtiro qilgan bosma mashina va harf quyish dastgohi yordamida kitob chop etish; har bir harf alohida bo‘lak bo‘lib, ramkaga terilgan va butun sahifa bir vaqtda chop etilgan
Rus yerlarini boshqargan hukmdor
Markaziy va Janubiy Amerikani zabt etishga kirishgan ispan va portugal bosqinchilari
XV asrda Koreya qirollik akademiyasida aholining savodxonligini oshirish uchun yaratilgan yigirma sakkiz harfdan iborat alifbo
(ispan tilida «o‘rin, joy» ma’nosini bildiradi) o‘rta asrlarda Ispaniyadagi vakillik yig‘inlari; birinchi kortes 1137- yilda Kastiliyada paydo bo‘lgan. XIX asrdan Ispaniya va Portugaliyada parlament kortes deb yuritila boshlagan
Germaniyada qirolni (imperatorni) saylash vakolatiga ega bo‘lgan 7 nafar imperiya knyazlari; to‘rt nafari dunyoviy knyazlar, uch nafari ruhoniy arxiyepiskoplar edi
«Yetti erkin san’at»ning ikkinchi bosqichi: arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa o‘qitilgan
1343-yilda ikki palataga bo‘lingan parlamentning yuqori palatasi; unda oliy toifali ruhoniylar (yepiskoplar, abbatlar) va qirol maxsus taklif etgan zodagonlar majlis o‘tkazgan
Islom dini va ilm markazi bo‘lgan o‘quv maskani; Tombuktu, Jenne, Gao madrasalarida diniy ta’lim bilan birga grammatika, matematika, geografiya, tarix, fizika, astronomiya, kimyo fanlari o‘rgatilgan
Universitetda dars jarayonida mavzuning qiyin joylarini tushuntirib, kerakli jumlalarni kitobdan ovoz chiqarib o‘qigan o‘qituvchi
Misrda asosan kavkazlik va turkiy xalqlar vakillaridan iborat o‘smir qullardan tashkil qilingan harbiylar qatlami
O‘rta asr Afrika puli
Zodagonlarning barcha mulklari va qasrlari jamlangan hudud; uning markazi qal’a yoki qasr bo‘lgan
Mali hukmdorlarining unvoni; hokimiyat boshqaruvining siyosiy va diniy jihatlarini birlashtirgan oliy maqom shunday nomlangan
Xubilay poytaxtda tuzgan uchta organ: ichki ishlar boshqarmasi, maxfiy davlat kengashi va davlat xizmatchilari ishini nazorat qilish bo‘limi; keyinchalik Min va Chin sulolalari boshqaruviga ham asos bo‘lgan
Tarqoq rus o‘lkalarining Moskva knyazligi boshchiligida yagona davlatga birlashishi; bu ularning mo‘g‘ullar zulmidan ozod bo‘lishini ta’minlar edi
Harbiy islohot natijasida tuzilgan bo‘lim; sultonlar viloyatlardagi barcha voqealar haqida ma’lumotga ega bo‘lish uchun hududlarga o‘z odamlarini yuborganlar
Qo‘zg‘olonchilar talabi: dehqonlar qaramligini bekor qilish, umumiy afv e’lon qilish, savdo-sotiqqa erkinlik berish, 1 akr yer uchun 4 pens ijara haqi belgilash
Qal’a devori va minoralarining yuqori qismida joylashgan, asosan vertikal o‘q otish uchun mo‘ljallangan ilmoqli bo‘shliqdan iborat mudofaa inshooti
Mamlakatning turli hududlarida (viloyat va tumanlar, shahar va shaharchalar) ishlab chiqarishning ma’lum sohasiga ixtisoslashuvi
Angliyada ko‘ngilochar tomosha qo‘yishni kasb qilgan kishi (Fransiyadagi jonglyor kabi)
Yaponiya imperatori; e’tiqodga ko‘ra quyosh xudosi Amaterasuning o‘g‘li bo‘lib, muqaddas sanalgan, ammo davlat ishlariga kamdan kam aralashgan
Inklarda fuqarolar soliq to‘lash o‘rniga hukumat topshirgan ishni bajarib, mehnat majburiyatini o‘tash tizimi
Gildiyalarning mahalliy hududda ishlab chiqarish va tijorat faoliyati ustidan erishgan hukmronligi; ular o‘z a’zolarini boshqa shahar hunarmandlaridan va o‘zaro raqobatdan himoya qilgan
Otton I asos solgan imperiya; xristian katolik cherkovi homiyligi ostida bo‘lganligi uchun unga ramziy ma’noda shu nom berilgan
O‘rxon davridagi harbiy islohot bilan tashkil etilgan doimiy qo‘shinning otliq qismi
Eduard I davridan doimiy chaqirilib turilgan, soliqlarni tasdiqlash, qonunlar chiqarish va Oliy sud huquqini qo‘lga kiritgan Angliya parlamenti keyinchalik shunday nom olgan
Ovchilik va termachilikdan dehqonchilik va chorvachilikka o‘tish; Afrikada u Yevropa va Osiyoga qaraganda ancha kech sodir bo‘lgan
Gabsburglar yerlarini kengaytirish yo‘li; ular Ispaniya toj-taxtini nikoh diplomatiyasi orqali qo‘lga kiritgan
Afrikada yog‘ochdan yasalib, turfa ranglarda bo‘yalgan, sirtlon, sher, maymun, ohu kabi hayvonlar qiyofasi tasvirlangan niqoblar; marosimlarda olov atrofida raqsga tushishda taqilgan
Inklar davlatining hukmdori; qo‘shinlarga qo‘mondonlik qilgan, sud va qonun chiqaruvchi hokimiyat uning qo‘lida bo‘lgan
Mayyalar davlatida hokimning eng yaqin yordamchisi va bosh maslahatchisi
Qirol Andrash II davrida qabul qilingan Vengriyaning muhim huquqiy hujjati; unda zodagonlar, ruhoniylar, harbiylar, shaharliklar va dehqonlarning huquq va burchlari belgilab berilgan
1455–1485-yillarda Lankasterlar va Yorklar sulolalari o‘rtasidagi sulolaviy kurash; Lankasterlar bayrog‘ida qizil, Yorklar bayrog‘ida oq atirgul tasviri bo‘lgani uchun shunday nomlangan
Xubilay Xitoy sulolasi an’analarini davom ettirib, o‘zini Osmon o‘g‘li deb e’lon qilgan
Dehli yaqinidagi hozirgi markaziy aeroport joylashgan joy
General shtatlar uch toifa vakillaridan iborat uch palataga bo‘lingan; har biri alohida majlis qurgan, qat’iy qaror qabul qilish uchungina birga yig‘ilgan
Chexiya va Polsha davlatlarida feodal, yer egasi, xo‘jayin, janob ma’nolarini bildiradi
Italiyaning markazi – Vatikan; savdo-sotiq ham, hunarmandchilik ham rivojlanmagan hudud bo‘lib, Rim papalari shu yerdan turib butun katolik cherkovi ustidan hukm o‘tkazgan
1309–1377-yillar; papalar Fransiya janubidagi Avinyon shahrida turib, Rimga qaytishi uchun qariyb 70 yil kerak bo‘lgan davr
Noiblar, chopar va elchilarga beriladigan yorliq
Angliyada pul birligi; asosan mayda tanga pullarga nisbatan ishlatilgan
Moskva knyazi Ivan IV 1547-yilda olgan unvon
Hikoyanavislar o‘z yurti, xalqini himoya qilgan jangchilarni – xalq qahramonlarini madh etgan o‘rta asr asarlari («Sid haqida qo‘shiq», «Nibelunglar qo‘shig‘i», «Robin Gud haqida ballada»)
Manorning markazi; dastlab yog‘ochdan, keyinchalik toshdan qurilgan, ko‘pincha ikki qavatli bo‘lgan; bu yerda qal’a xo‘jayini mehmonlarni qabul qilgan va sud o‘tkazgan
Badiiy adabiyotlarda hindularning shunday atalishi; ibora hindu jangchilarining badanlarini qizil tusli bo‘yoq bilan bo‘yash odatidan kelib chiqqan
Afrikaning Sahroyi Kabir janubidagi qismi; bu yerda asosan qora tanli xalqlar yashaganligi bois shunday nom olgan
Zodagonlar yig‘ini; unda xon saylangan, urush va tinchlik, uluslar chegaralari hamda yirik feodallar o‘rtasidagi nizolar masalalari muhokama qilingan
O‘rta va mayda hind feodallari; o‘zlariga berilgan yerga harbiy xizmat muddati tugaguncha egalik qilganlar
Quyosh, oy, yulduzlar joylashuvini mukammal o‘rganadigan maskan; XIII–XV asrlarda Marog‘a, Samarqand, Istanbul rasadxonalari faoliyat yuritgan
Borliqni haqiqiydek aniq tasvirlash; shimollik rassomlar toshlardan tortib gullargacha bo‘lgan narsalarni shu qadar aniq bo‘yashganki, ular deyarli haqiqiy bo‘lib ko‘ringan
Pireney yarimorolining arablardan qaytarib olinishi jarayoni; VIII–XV asrlarda davom etgan
O‘qituvchi va talabalarning umumiy yig‘ilishida saylangan universitet rektori
So‘zi uyg‘onish, qayta tiklanish degan ma’noni anglatadi; Italiyada boshlanib, Yevropaning ko‘p qismiga tarqalgan madaniy harakat. Uch bosqichga bo‘linadi: Ilk (1420–1500), Rivojlangan (1500–1527) va So‘nggi (1530–1620) Uyg‘onish
1254-yilda Germaniyada tashkil topgan, Reyn daryosi bo‘yidagi Frankfurt, Mayns, Kyoln, Vorms, Strasburg kabi shaharlar kirgan ittifoq
Papalar Italiyadagi Papa davlati – Vatikandan turib butun katolik cherkovi, hatto Yevropa qirollari ustidan hukm o‘tkazar, soliqlarni yig‘ib olishar edi
O‘n olti yoshdan oshgan yigitlar sazovor bo‘lishi mumkin bo‘lgan unvon egasi; boshdan oyoq temir sovut va dubulg‘a kiyib, ot ustida jang qilgan; qirol yoki yirik zodagon yelkasiga qilich bilan sekin urib ritsarlikka qabul qilgan
Ritsarlar qat’iy amal qilgan qoidalar: ritsar halol, jasur, yaxshi xulq-atvorli bo‘lishi, ayollarga va cherkovga hurmat ko‘rsatishi, odamlarga yordam berishi, dushmanga qarshi adolatli jang qilishi lozim bo‘lgan
Mahalliy hind feodallari – knyazlar; o‘z viloyatlarini amalda mustaqil boshqarib, sultonga muayyan miqdorda boj to‘lab turganlar
X–XIII asrlarda cherkovlar qurilgan me’moriy uslub; asosini arkali gumbaz va minoralar tashkil etgan, og‘ir tosh tomni ushlash uchun katta ustun va qalin devorlardan foydalanilgan, derazalar kam bo‘lgani uchun ichi qorong‘i bo‘lgan
XIV–XV asrlarda Usmoniy turklar imperiyasi tomonidan Bolqon yarimorolidagi bosib olingan yerlarning umumiy nomi
Qadimiy qonunlar to‘plami; fransuz huquqshunoslari unga asoslanib ayol tomonidan hisoblangan avlod taxtga da’vogarlik qila olmaydi, degan xulosani berishgan
Madrasani muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga hadis, fiqh, savdo sohalarining bilimdoni va a’lo xulq-atvor ramzi sifatida berilgan
Syogun tayangan qo‘shinni tashkil etgan jangchilar; syogunlik davrida syogun samuraylardan iborat juda kuchli qo‘shinga ega bo‘lgan
Belgilangan haq evaziga savdogarlarning pullarini yarmarkada amal qilinadigan pullarga almashtirib bergan kishi; keyinchalik foiz evaziga qarz beruvchi dastlabki bankirlarga aylangan
Oltin O‘rda hududidan o‘tgan Ipak yo‘li tarmog‘idagi tashqi va tranzit savdodan olingan to‘lov; xazina daromadlarining asosiy qismini tashkil qilgan
Shahar va qishloqlarni kezib teatr tomoshalari qo‘ygan aktyorlar guruhi; unda masxaraboz, akrobat, dorboz, hayvon o‘rgatuvchilar faoliyat yuritgan
Venetsiya dojlarining rasmiy hukumati
O‘rta asrlarda Chexiya va Polsha davlatlarida vakillik yig‘inlari – parlament shunday atalgan
XIII–XIV asrlarda Italiya shahar-davlatlarida hokimiyat boshqaruvi tizimi va idorasi; Florensiya respublikasining oliy organi
Qo‘zg‘olonchilar talabi: dehqonlarga cherkov yerlaridan ajratish, jamoa yerlaridan erkin foydalanish va toifaviy tabaqalarni yo‘q qilish
Xristianlikda oliy martabali ruhoniylar boshchilik qiladigan yirik ibodatxona; o‘rta asrlarda shahar markazidagi asosiy binolardan biri bo‘lib, gotika, roman uslubida qurilgan
(ayrim manbalarda stater) Antik davrda pul birligi
Otliq askar; Fransiyada ritsarlar va suvoriylar harbiy tartib-intizom va qoidalarni tan olmagan
Oliy hukmdor tomonidan davlat oldidagi muhim xizmatlari uchun mansabdor va qo‘shin qo‘mondonlariga in’om etilgan yer-suv hamda mol-mulk; nasldan naslga meros bo‘lib o‘tgan. Suyurg‘ol egalari xon qo‘shiniga jangchilar va soliqlarning bir qismini yuborgan
Imperator nomidan Yaponiyani boshqaruvchi harbiy qo‘mondon; bu unvonni 1192-yilda Minamoto Yoritomo olgan
Syogun boshchiligidagi idora tizimi; unda imperator faqat nomigagina hukmdor bo‘lib, haqiqiy hokimiyatni syogun amalga oshirgan
Savdogarlarning bir-birlari bilan bevosita aloqa qilmasdan mahsulot (oltin va tuz) almashish jarayoni; oltin konlarining joylashuvini tuz savdogarlaridan sir saqlash maqsadida qo‘llangan
Atsteklar Mayya taqvimiga o‘xshash tarzda yaratgan taqvim; u jang boshlash, marosimlarni o‘tkazish, ekinlarni ekish va yig‘ishtirib olish uchun yordam bergan
1413-yilgi qonunga ko‘ra har bir voyaga yetgan fuqaro yonida olib yurishi shart bo‘lgan, ismi yozilgan taxtacha; soliq va harbiy xizmatdan bo‘yin tovlashning oldini olgan
Dengizda katta to‘lqinlarni yuzaga keltiruvchi kuchli shamol
Germaniya imperatori — birinchi feodal, imperatorni saylash va qulatish huquqiga ega zodagonlar jamoasining boshlig‘i
Yirik gersog va graflar qirolni shunday hisoblashgan, chunki ayrim feodallar qiroldan ko‘proq yer-mulk, aholi va siyosiy qudratga ega edi
Atsteklarda oliy hukmdor; tlatoani bo‘lish uchun kamida o‘n yetti dushmanni qo‘lga olish kerak edi
Huquq va majburiyatlari otadan bolaga meros bo‘lib o‘tadigan aholi guruhi; Fransiya aholisi uch toifaga bo‘lingan: ruhoniylar, mulkdor zodagonlar va uchinchi toifa
XIV asrda Fransiyada vujudga kelgan markazlashgan davlat; bunda qirol hokimiyati toifa vakillarining yig‘ini va madadiga suyangan
«Yetti erkin san’at»ning birinchi bosqichi: grammatika, ritorika, dialektika o‘qitilgan
1420-yilda imzolangan, Fransiya uchun haqoratomuz shartnoma; unga ko‘ra Fransiya va Angliya birlashtirilib, ingliz shahzodasi qirol bo‘lishi belgilangan
Otliq qo‘shinning har bir suvoriysiga beriladigan, yetarlicha daromad keltiradigan yer-mulk
Tinchlik davrida ritsarlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa; unda ritsarlar nayza yordamida raqibni otdan yiqitishga harakat qilgan
O‘zbekxon islohoti bilan 70 ta tumanni birlashtirgan o‘nta yirik viloyatning boshlig‘i
Min sulolasining qo‘shni mamlakatlarni Xitoyga qaram davlatlar deb hisoblash siyosati; Amir Temur saltanati bilan munosabatlarning buzilishiga olib kelgan
Barcha mo‘g‘ul davlatlarining oliy hukmdori; Mo‘g‘ullar imperiyasining dunyo siyosiy maydonidagi roli va vazifalarini belgilab bergan
Parlamentning quyi palatasi; unda har bir graflikdan ikki nafar ritsar va shaharlardan ikki nafar vakil majlis o‘tkazgan; o‘z roziligisiz soliqlar joriy etilmasligi huquqini qo‘lga kiritgan
Yevropaning eng yirik cherkov maktablaridan aylangan oliy ta’lim maskani; o‘z boshqaruviga ega mustaqil tashkilot bo‘lib, umumiy yig‘ilishda tasdiqlangan nizomlarga tayanib faoliyat yuritgan
1381-yil Esseks graflligida soliq yig‘uvchilarning adolatsizliklariga qarshi boshlangan xalq qo‘zg‘oloni; qishloq hunarmandi Uot Tayler rahbarlik qilgan
Ingliz yomenlarining quroli; kamonchilar o‘qni 600 qadamgacha otar, 200 qadamdan o‘q ritsarni teshib o‘tardi; urush uslubini yangilagan
Min sulolasi davrida davlat lavozimlari uchun mansabdorlarni tayyorlash tizimi: «quyi bosqich imtihoni»dan o‘tganlar «Poytaxt imtihoni»ga borgan, uning g‘oliblari oliy daraja olib yuqori lavozimlarga tayinlangan
Imtiyozlarga ega bo‘lmagan tabaqa: boy shaharliklar, dehqonlar, hunarmandlar va shahar kambag‘allari; ular orasida boy shaharliklar yetakchilik qilgan
Bo‘ysundirilgan, ammo Oltin O‘rda tarkibiga kiritilmagan rus knyazliklari vassal hisoblanib, soliq to‘lashi va xonning buyrug‘ini bajarishi kerak edi
Boshqa davlatga qaram davlat; Yuan imperiyasi Koryoni vassal davlatga aylantirgach, Koryo o‘lpon to‘lab turish va mo‘g‘ul qo‘shinini boqishga majbur bo‘lgan
Oliy amaldor; Devonxonaga rahbarlik qilgan
(nemischa, «almashtirish») O‘rta asrlarda valyuta ayirboshlash jarayonida savdogar sarrofga ma’lum miqdordagi pulni topshirganidan so‘ng unga shu miqdordagi mablag‘ni boshqa joydan olish uchun berilgan yozma hujjat
(qadimgi slavyan tilida «kengash» ma’nosini bildiradi) X–XVI asrlarda slavyan davlatlarida xalq yig‘ini vazifasini bajargan; Novgorodda oliy hokimiyatni xalq vechesi boshqargan
Gotika cherkovlari derazalaridagi rangli shisha; ularda diniy va kundalik hayot manzaralari tasvirlangan, quyosh nurini o‘tkazib, binoni yoritgan
Shogirdlik muddatini o‘tab, ma’lum bir kasb egasiga aylangan hunarmand; ustadan maosh olib ishlagan, usta bo‘lish uchun hunari bo‘yicha imtihondan o‘tgan
Barcha musulmonlarning yagona yetakchisi; Salim I Misrni bosib olgach, Qohiradagi xalifa taxtni unga topshirgan va Usmoniy sultonlar xalifa bo‘lib qolgan
Lotincha so‘zdan olingan, «qog‘oz, yorliq» ma’nosini bildiradi; o‘rta asrlarda ijtimoiy-siyosiy, huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan, jamiyatning ma’lum bir huquqlarini ifodalagan hujjat
Soliq; Sarbadorlar islohotiga ko‘ra hosilning 1/3 qismi miqdorida olinishi belgilangan
Davlat ixtiyoridagi yerlar; ulardan olinadigan soliqlar xazinaga tushib, davlat xarajatlari va maxsus qo‘shinni ta’minlashga sarflangan
Mo‘g‘ullarning oliy hukmdori; Oltin O‘rda xonlari faqat chingiziylar urug‘idan va Jo‘ji avlodlaridan bo‘lishi shart edi
(«yangi qo‘shin») 1365-yilda sulton Murod I tuzgan turk armiyasining zarbdor bo‘linmasi; asir olingan Bolqon aholisining xristian bolalaridan tashkil etilgan
X–XII asrlarda vujudga kelgan, turli shaharlarda yiliga bir yoki bir necha marta o‘tadigan yirik savdo tadbiri; unda ulgurji va chakana savdo qilingan
O‘rxon davridagi harbiy islohot bilan tashkil etilgan doimiy qo‘shinning piyoda bo‘linmasi
Pravoslav cherkov boshlig‘i; Novgorodda vecheda saylangan, davlat xazinasini, ichki va tashqi ishlarni nazorat qilgan, cherkov sudini boshqargan
Dindan qaytgan; papa Grigoriy IX imperator Fridrix II ni yeretik deb e’lon qilgan
O‘rta asrlar maktablarida diniy ta’lim bilan birga o‘rgatilgan dunyoviy fanlar; ikki bosqichdan – trivium va kvadriviumdan iborat bo‘lgan
Angliyada ingliz dehqonlarining asosiy qismini tashkil qilgan erkin kichik yer egalari; yerga ishlov berish bilan mustaqil shug‘ullanishgan; XV asrga kelib mustaqil xo‘jalik yurituvchi barcha dehqonlar yomen deb atalgan
Boshqaruv yorlig‘i; Rusdagi barcha knyazlar uni Oltin O‘rdadan olishlari shart bo‘lgan
Atsteklarda urushda raqiblarini yengib, qurbonlik uchun to‘rt nafar dushman jangchisini asir olgan askar
Tanga pullar zarb qilinadigan joy; Gutenbergning oilasi shunday zarbxonaga egalik qilgan
Hokimiyat yirik zodagonlar qo‘lida to‘plangan, veche hal qiluvchi rolga ega bo‘lgan boshqaruv; Novgorod respublikasi amalda zodagonlar respublikasi edi
Boy savdogar va ishbilarmonlardan iborat ijtimoiy guruh; iqtisodiy rivojlanish natijasida yuqori mavqe va hokimiyat egasiga aylangan, bir qismi san’at ahlining homiylari bo‘lgan
O‘rta asrlarda musulmon mamlakatlaridagi qullar; Dehli sultonligida turkiy qullardan bo‘lgan navkarlar hamda ular orasidan chiqqan sultonlar ham g‘ulomlar deb atalgan
XII–XIII asrlarda Yevropa madaniyatida dunyoviy omillarning shakllanishi va rivojlanishida katta rol o‘ynagan adabiyot; fablio, shvank kabi janrlar va satirik dostonlarni o‘z ichiga olgan
Mayyalar asos solgan, har biri mustaqil boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan va ma’lum miqdordagi qishloqlarni nazorat qilgan davlat
Islom huquqi qonunlari; Dehli sultonligi boshqaruvi islom huquqiga asoslanib, sultonlar va saroy zodagonlari barcha davlat ishlarida shariat qonunlariga rioya qilishga mas’ul edilar
Germaniyada ko‘ngilochar tomosha qo‘yishni kasb qilgan kishi (Fransiyadagi jonglyor kabi)
1331-yilda tashkil topgan, Germaniyaning janubiy va g‘arbiy shaharlari (Yuqori Dunay bo‘yidagi 90 ta shahar) ittifoqi
Germaniyada paydo bo‘lgan satirik adabiy janr; oddiy odamlarning aql-zakovatini tarannum etib, zodagonlarning ochko‘zligi va ruhoniylarning takabburligini masxara qilgan
Atsteklar ixtiro qilgan «suzuvchi dalalar» – ko‘lning sayoz qismida qoziqlar va qamish devor bilan o‘rab, loy va qamish to‘shamalar bilan to‘ldirilgan sun’iy orol-dalalar