Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
Darslikdagi barcha qalin yozilgan atamalar, rasm ostidagi izohlar va rasmiy lug‘at.
Sunniylik yo‘nalishi tarafdorlarining nomi; Payg‘ambar sunnatlariga og‘ishmay amal qilish va musulmonlarning asosiy ko‘pchilik jamoasi ma’nolarini bildiradi
Matematika tarixidagi yangi soha; unga vatandoshimiz Muhammad al-Xorazmiy asos solgan
Xalifalikdan ajralib chiqqan mustaqil davlat; ilk mustaqil amirlik Ispaniyada 756-yili ajralib chiqqan va X asrdan Qurdoba (Kordova) amirligi deb atalgan
(«tarafdorlar») Madinada islomni qabul qilganlar
Arablar hindlardan o‘rgangan raqamlar (tarixga arab raqamlari sifatida kirgan); al-Xorazmiy hind raqamlari asosida ularni soddalashtirgan, kengaytirgan va arab tilida bayon etgan
Shahar hokimi qal’asi; O‘rta Osiyoning musulmon davlatlari shaharlari markazida joylashgan
(portugalcha, «e’tiqod» yoki «din ishi») – mahkumlarni gulxanda yondirish: yeretik xalq ko‘z o‘ngida ustunga bog‘lanib yoqilgan
Alohida ko‘chmanchi xo‘jalik; har bir ayl o‘z xo‘jaligi – chorvalarining egasi bo‘lgan
Ko‘chmanchi arablar; tuyachilik, qo‘ychilik va yilqichilik bilan shug‘ullanib, cho‘l-u dashtlarda mollarini boqib ko‘chib yurganlar
Bag‘dodda tashkil etilgan, olimlarni birlashtirgan ilmiy muassasa; uning boy kutubxonasida hind, yunon, arab, fors tillarida 400 ming jild qo‘lyozma saqlangan
(yunoncha basilike – «shohona bino»); Ravennadagi San-Vitale bazilikasi G‘arbiy Yevropadagi Vizantiya san’atining nodir me’morchilik namunasi
Ilk o‘rta asrlarda qirol yoki yirik feodal tomonidan vassalga muayyan ishni bajarish, ko‘pincha harbiy xizmatni o‘tash sharti bilan in’om qilinadigan yer; merosiy bo‘lmagan, xizmat bajarilmasa olib qo‘yilgan
Karl Martell o‘tkazgan islohot: otliq qo‘shin jangchilariga harbiy xizmat uchun yer berilgan; oqibatda feodallar toifasi shakllanib, o‘rta asr ritsarligi asoslari yaratilgan
Kichik Osiyoda tashkil etilgan saljuqiylar mulklari; beylar rasman Saljuqiylar sulolasi hukmronligini tan olsalar-da, amalda o‘z mulklarini mustaqil boshqarganlar
Ustachilikka o‘ta olmagan xalfalarning o‘z haq-huquqlari, ish vaqtini qisqartirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun kurashish maqsadida tuzgan jamiyatlari
Kuchli qabila ittifoqlari o‘zlariga tobe etilgan qo‘shnilardan olib turgan to‘lovlar
Silla qirolligi davrida birlashgan Koreyaning Xitoyga to‘lab turgan to‘lovi
Mamlakatning ichki va tashqi siyosatidagi barcha sohalarni nazorat qilgan amaldor; saljuqiylarning eng mashhur bosh vaziri – Nizomulmulk
(«donishmandlar») Hindistondagi 4 tabaqadan biri: kohinlar, o‘qituvchilar, shifokorlar
Hindistondan kelgan ta’limot: hayotdagi barcha azob-uqubatlar insonlarning xohish-istaklari tufayli vujudga kelgan, inson o‘z istaklarini jilovlashi, yomonlik qilmasligi va o‘zaro yordam berishi kerak, deb o‘rgatgan
Qal’a; Genrix I buyrug‘iga ko‘ra qishloqlardagi har 9 xo‘jalikdan bittadan kishi jangchilikka tayyorlanish uchun burglarga ko‘chirilgan
Samuraylar hayoti asoslangan yozilmagan qonun: o‘z burchiga sadoqat, jasurlik va sodiqlik g‘oyalari
Xitoydan boshlanib, O‘rta Osiyodan o‘tgan va O‘rta Yer dengizining sharqiy sohiliga qadar davom etgan karvon yo‘li; G‘arb va Sharq aloqalarida ahamiyati beqiyos bo‘lgan
Mayya shahar-davlatining hukmdori; uning hokimiyati merosiy bo‘lgan
Qirol Buyuk Alfred Angliyada birinchi marta joriy qilgan alohida doimiy soliq; daniyaliklarga qarshi kurashish uchun yig‘ilgan
Saljuqiylar davlat boshqaruv tizimining ikki qismidan biri (ikkinchisi – devon)
Amaldorlarni tanlab olish usuli: talabgorlar davlat boshqaruvi san’ati bo‘yicha insho yozgan, donishmandlar asarlaridan parchalarni yoddan aytgan; faqat eng saralari amaldorlik unvoni va lavozim olgan
Imperator mamlakatdagi barcha yerlarning egasi hisoblanib, yerni dehqonlar oilasiga undagi mehnatga yaroqli kishilar soniga qarab taqsimlab bergan; evaziga dehqonlar hosilning bir qismini soliq sifatida davlatga to‘lagan
Universitet fakultetini boshqargan rahbar
Saljuqiylar davlat boshqaruv tizimining ikki qismidan biri (ikkinchisi – dargoh); barcha devonlar faoliyatiga bosh vazir devoni rahbarlik qilgan
Bosh vazir devoni; barcha devonlar faoliyatiga rahbarlik qilgan
Mantiq deb atalgan fan
Falastinda tashkil etilgan yarim harbiy, yarim rohiblar birlashmasi; a’zolarining asosiy vazifasi urush, salibchilar mulklarini kengaytirish va himoya qilish, mahalliy aholi isyonlarini bostirish bo‘lgan
Muzokaralar olib borish, ittifoqlar tuzish mahorati; Vizantiya diplomatiyasining ko‘plab qoidalari zamonaviy diplomatiya asoslariga kirgan
Qirolning yer-mulki; Kapetinglar dastlab faqat o‘z domeni – Parij va Orleanni o‘z ichiga olgan Il-de-Frans gersogligida hukmronlik qilgan
Anglosaks qirolliklarida zodagonlardan iborat kengash; qonunlarni tasdiqlagan, oliy sud organi bo‘lgan, qirolni saylashi va taxtdan mahrum qilishi ham mumkin edi
Germanlar jamiyatidagi harbiy bo‘linmalar; ularning sarkardalari tobora yuksak nufuzga ega bo‘lgan
Italiyalik (asosan genuyalik va venetsiyalik) savdogarlarning O‘rta Yer dengizi sohillari bo‘ylab yaratgan savdo manzilgohlari
Universitet tarkibiy qismi; o‘rta asr universitetlari odatda san’at, tibbiyot, huquqshunoslik va ilohiyot kabi to‘rtta fakultetdan iborat bo‘lgan
Shartnomaga ko‘ra harbiy xizmat va boshqa majburiyatlarni bajarish sharti bilan berilgan merosiy yer-mulk; X asrda benefitsiy feodga aylangan
O‘rta asrlarda shakllangan yer egaligi munosabatlari Yevropada feodal jamiyat deb ataladi
Guptalar sulolasi vorislari davrida Hindiston jamiyatida shakllangan, yer egaligiga asoslangan tuzum
Sunniylikdagi to‘rtta teng mazhab: Hanafiy, Shofe’iy, Molikiy, Hanbaliy; shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishi bilan bir-biridan farq qiladi
Nam suvoq ustiga tushirilgan rangli tasvir
Shimoliy savdo yo‘li bo‘ylab joylashgan Germaniyaning 70 dan ortiq shaharlari kirgan ittifoq
(nemischa) «saylangan harbiy yo‘lboshchi», keyinchalik merosiy qabila boshlig‘i; yirik qabilalarni boshqargan, davrlar o‘tib eng yuksak zodagonlik unvoniga aylangan
Dastlabki diniy-ritsarlik ordeni; keyinchalik Rodos oroliga, so‘ng Maltaga ko‘chgan; ritsarlari qizil matoda oq but tasvirli libos kiygan
(nemischa) «qirol tayinlangan amaldor»; imperator tayinlab, viloyatlar (yirik bo‘lmagan hududlar)ni boshqargan, keyinchalik zodagonlar unvoniga aylangan
«Yetti erkin san’at» tarkibidagi fan; barcha fanlarning onasi hisoblangan
(«qultum» yoki «bo‘lak») rojalar in’om etgan yer; uni olgan kishining asosiy majburiyati doimo harbiy xizmatga shay turish, urushlarda ishtirok etish bo‘lgan
Islom arkonlaridan biri: Makka va Madina shaharlariga ziyorat; yo‘liga va puliga qodir kishi bajaradi
Sunniylikdagi to‘rtta fiqhiy mazhabdan biri; O‘rta Osiyoda, xususan, O‘zbekistonda keng yoyilgan
Slavyanlarda knyaz hokimiyati tayangan harbiy kuch; knyazlarning drujinalari mudofaa janglari va bosqinchilik urushlari olib borgan
(«ko‘chish») Muhammad (s.a.v.) va sahobalarining 622- yili Yasribga (Madinaga) ko‘chishi; musulmon yil hisobining boshlanishi deb qabul qilinadi
Xalifa Umar davrida 637-yil aprelda joriy etilgan yangi musulmon yil hisobi
Hindistondagi din; uning aqidalari qul mehnatidan foydalanishga ruxsat bergan, rajput davlatlarida hukmron din bo‘lgan
Hindlar yaratgan, hozirgi arab raqamlari deb ataluvchi hisob tizimi
Gullardan guldastalar tayyorlash san’ati; yaponlar go‘zallikni his etishini unda namoyon etgan
Odatda yog‘ochning qattiq turlaridan ishlangan xudo, Bibi Maryam, Injil sahnalari, avliyolar tasviri
Quyosh ilohining yerdagi vakili; imperatorlar iloh hisoblangan, ammo real hokimiyatga ega bo‘lmagan
(lotincha, «afv») – papa tomonidan kishilarga qilgan va hali qilmagan gunohlarini kechish uchun pulga sotilgan yoki katolik cherkovi oldidagi xizmatlari evaziga berilgan yorliq
Dastlab qabila nomi bo‘lgan; keyinchalik hukmron toifa – zodagonlarning umumiy nomiga aylangan
Yeretiklarni ushlash va jazolash uchun papa har bir shahar va qishloqqa yuborgan inkvizitsiya xizmatchisi; aholini so‘roq qilgan
(lotincha, «qidiruv») – yeretiklarga qarshi kurashish uchun papalik tuzgan cherkov sudi; xristian cherkovi dushmanlarini izlab topish va jazolash bilan shug‘ullangan
Cherkov qo‘llagan jazolarning eng og‘iri – mamlakatda ibodat va marosimlarning vaqtinchalik taqiqlanishi
(arabcha «itoat etish», «bo‘ysunish», «o‘zini Alloh irodasiga topshirish») VII asr boshlarida Arabiston yarimorolida yagona Allohga e’tiqod asosida shakllangan, jahonda keng tarqalgan dinlardan biri
Islom dinining beshta asosi yoki ustuni: iymon, namoz, ro‘za, zakot va haj
Xitoy yozuvi; Pekche sulolasi hukmdorlari orqali Koreyaga kirib kelgan
Islom arkonlaridan biri: Allohning birligiga, Muhammad (s.a.v.) Uning payg‘ambari ekanligiga iymon keltirish
Urug‘chilik jamoasi darajasida yashagan germanlarda yerga egalik shakli; urug‘ jamoalari hamkorlikda o‘rmonni kesib, yangi yerlar ochganlar
Faqat xitoyliklar qurgan, 600–700 kishi va yana ko‘plab yuk sig‘adigan yirik kema
Makkadagi umumiy ziyoratgoh; unda qabila ilohlari, but va sanamlari saqlangan. 630-yildan so‘ng barcha musulmonlar uchun asosiy ziyoratgohga aylangan
Universitet hamjamiyati tepasida turgan, hokimiyat tomonidan tayinlangan rahbar
Buyuk Karl davrida boshlangan madaniy yuksalish; bunda antik ilmlarni qayta tiklashga harakat qilingan
Hindistonda saqlangan qadimgi tabaqalanish tartibi: kishilar meros kasb-kor, etnik va diniy mansublik, urf-odatlar asosida kastalarga bo‘lingan; kasb otadan bolaga o‘tgan, bir kastadan boshqasiga o‘tish va turli kastalar orasidagi nikoh qoralangan
1054-yilda bo‘lingan xristian cherkovining g‘arbiy qismi; va’zlari lotincha olib borilgan
Chingizxon ixtiyoridagi maxsus gvardiya; favqulodda vaziyatlar uchun doimo jangovar shay holatda turgan
Inklarning o‘ziga xos «tugunli xati»; uning sirlari faqat ruhoniylarga ma’lum bo‘lgan
Kirill va Mefodiy yaratgan, yunon yozuvi asosidagi slavyan yozuvi; Bolgariya, Serbiya, Xorvatiyada davom ettirilib, Rusga ham yoyilgan
Slavyan davlatlari hukmdorlari; xristian dinining qabul qilinishi ular hokimiyatining mustahkamlanishiga olib kelgan
Mayyalar hayotida muhim o‘rin tutgan kishilar: iyerogliflarni bitgan, dehqonchilik ishlari muddatlarini belgilagan, rasadxonada sayyoralarning Quyosh tevaragida aylanish vaqtini hisoblagan; asteklarda ham alohida hurmatga ega bo‘lgan
Universitet, cherkov yoki boy odamlar boshqargan kollej yotoqxonalari; ularda talabalarning ko‘pchiligi yashagan
Angliya va Fransiyada kollegiyalar asosida vujudga kelgan yangi o‘quv muassasalari
Qabila boshlig‘i, zodagonlarning oliy vakili; qabilani xalq yig‘inida saylab qo‘yilgan konunglar (zodagon shaxslar) boshqargan
Katoliklarning kichik ibodatxonasi
Buyuk Karlning lotincha ismi (Karolus)dan kelib chiqqan unvon; Yevropa mamlakatlari hukmdorlari o‘zlarini shunday atay boshlaganlar
Pul birligi: to‘rtinchi salib yurishida salibchilar Venetsiyaga qo‘shinni kemalarda olib o‘tish uchun 85 ming kumush marka to‘lashni zimmalariga olgan
Arablarning ko‘pchiligi sig‘ingan dinlar: quyosh, oy va yulduzlarga e’tiqod qilganlar, har bir qabila turli ilohlarni e’zozlagan
(«jangchilar») Hindistondagi 4 tabaqadan biri: harbiylar, davlat amaldorlari, yirik yer egalari
Ispaniya, Italiya, janubiy Fransiyani dengiz orqali Vizantiya hamda Osiyo mamlakatlari bilan bog‘lagan savdo yo‘li
Yirik yer egasi; ingliz jamiyati feodal tus olgach paydo bo‘lgan
Xristianlik Rimdan qabul qilingan Polsha, Chexiya, Xorvatiyada ustunlik qilgan yozuv (Bolgariya, Serbiya, Kiyev Rusida esa kirill alifbosi yetakchilik qilgan)
Vizantiyaliklar salibchilarni shunday nomlagan; ular Vizantiya xarobalarida Lotin imperiyasini tuzgan
Har bir musulmon shahrida qurilgan maxsus oliy maktab; unda avvalo Qur’on o‘rganilgan
Franklarning xristianlikni qabul qilishdan oldingi dini – ko‘p xudolik
Misr sultonining qo‘shini; qul bozoridan sotib olinganlar shu qo‘shinda xizmat qilib, mamluklar maktabida harbiy san’atni o‘rganganlar
Jamoalarni boshqarish va soliqlarni to‘plash bilan shug‘ullangan imperiya xizmatchisi; Konfutsiy ta’limotiga ko‘ra bilimli, go‘zal xulqli, adolatli inson bo‘lishi kerak edi
(nemischa) «chegara viloyati»; Buyuk Karl davlat chegaralarini mustahkamlash maqsadida tuzgan
(nemischa) «chegara viloyati hokimi»; markalarni boshqargan
Abu Bakr davrida mamlakatni boshqarish uchun tashkil qilingan kengash
Meros katta o‘g‘ilga qoldirilish tizimi; shu sababli oilaning kichik o‘g‘illari merosning katta qismiga umid qila olmagan
(arabcha «yo‘nalish», «oqim», «yo‘l») Islom dinida biror diniy masala bo‘yicha muayyan ulamo fikriga ergashish, «uning yurgan yo‘nalishidan borish»
Darslikda Hindiston shunday atalgan
Masjid va madrasalardagi ikki minora – Allohga e’tiqodda ko‘tarilgan inson qo‘llari ramzi
O‘rta asrlar tarixi haqida ma’lumot beruvchi manbalar: muzeylardagi mehnat va jang qurollari, kiyim-kechak, taqinchoqlar, tangalar, haykallar, suratlar, uy-joylar, saroylar, qasrlar, ibodatxonalar
Koshin tosh, yog‘och, marmarlar, rangli shishalardan ishlangan naqsh, tasvir
Xitoycha yer maydoni o‘lchov birligi: 1 mu taxminan 6 sotixga teng
(«ko‘chib kelganlar») Makkadan Madinaga ko‘chib o‘tgan kishilar
XII asrning ikkinchi yarmidan mo‘g‘ullar ijtimoiy munosabatlarida kuchaygan yangi xususiyat: urug‘chilik jamoalari ayllarga bo‘linib, boy xonadonlar – bo‘lajak zodagonlar shakllangan
Falastin shunday atalgan; Urban II uning boyliklari va hosildorligini eslatib o‘tgan
Islom diniga e’tiqod qiluvchi; arabcha «islomni qabul qilgan», «itoatli», «sadoqatli»
Arablar Koreyaga olib kelgan, quyosh va oyning tutilishi vaqtlarini aniqlaydigan taqvim; koreyslar uchun musulmon ilm-fan yutuqlarining eng qimmatli va noyobi bo‘lgan
Islom arkonlaridan biri: aqlan sog‘lom va voyaga yetgan har bir musulmonning besh vaqt namoz o‘qishi
No‘yonlar harbiy bo‘linmalar tuzish uchun o‘z urug‘doshlaridan olgan kishilar
Yapon tilida «kunchiqar mamlakat»; Yaponiya VII asrdan shunday atala boshlagan, «Yaponiya» nomi shundan kelib chiqqan
Vizantiya oltin tangasi; asrlar davomida ishonchli xalqaro pul hisoblangan
Mo‘g‘ul urug‘ boshliqlari; o‘z urug‘doshlaridan navkarlar olib, harbiy bo‘linmalar tuzganlar
Inklar davlatining hukmdori; «Quyoshning o‘g‘li», Quyoshning yerdagi ramzi sanalgan
Rajputlarda hayotdan yuqori qo‘yilgan qoidalar; rajputdan o‘z sardoriga sadoqatli, jasur, saxiy va axloqli bo‘lishni talab etgan
Xitoy imperatori: taxtga chiqqan inson «xudoning farzandi» – Osmon o‘g‘liga, butun Osmonosti saltanati hukmdoriga aylangan; uning so‘zlari qonunga aylangan
Xitoy imperiyasi; uni birin-ketin Suy, Tan, U Day va Sun sulolalari hukmdorlari boshqargan
Otton I davrida Germaniyada boshlangan madaniy yuksalish: saroyda adabiy faoliyat, qo‘lyozmalar tayyorlash, lotin tilini o‘rganish rivojlangan
Devor teshadigan maxsus moslama; mo‘g‘ullar uni Xitoydan o‘zlashtirib, shaharlarni ishg‘ol qilishda qo‘llagan
Frank qiroli ko‘magida 756-yil Italiyada tashkil topgan Rim papalari davlati
756-yili Pipin Pakana langobardlarni papaga berishga majbur etgan markaziy Italiya hududida vujudga kelgan davlat (hozirgi Vatikan)
Vizantiya cherkovini boshqargan shaxs (Konstantinopol patriarxi); bu cherkov davlatga bo‘ysunuvchi diniy tashkilot bo‘lgan
(«yorliqqa olingan yer») rojalar o‘z xonadonlariga mansub bo‘lmagan amaldorlarga ma’lum xizmat muddatiga bergan yer; alohida xizmat ko‘rsatganlarni taqdirlash uchun ham berilgan, keyinchalik merosiy mulkka aylana boshlagan
(lotincha pictus – «rasmli» va yunoncha grapho – «yozaman», ya’ni rasmli yozuv) – ma’lumotning umumiy mazmunini rasm orqali yoki rasmlarning ketma-ketligi orqali eslab qolish maqsadida tasvirlash
Inklarda viloyatlar orasida yo‘lga qo‘yilgan xizmat: maxsus choparlar yugurgan holda xabarni bir-biriga uzatib, uzoq masofalarga yetkazgan
1054-yilda bo‘lingan xristian cherkovining sharqiy qismi; va’zlari yunon tilida olib borilgan; Kiyev Rusi va Bolgariya pravoslavlikni Vizantiyadan qabul qilgan
Malakali o‘qituvchi; ma’ruza davomida lotin tilidagi qo‘lyozma va kitoblarni baland ovozda o‘qib, qiyin parchalarni talabalarga tushuntirgan
Zargarlar qimmatbaho toshlarga ishlov berib yasagan naqsh; u bilan saroy va ibodatxona devorlari bezatilgan
Genrix II davrida baronlarga harbiy xizmat o‘rniga xazinaga to‘lashga ruxsat berilgan soliq; qirolga muntazam yollanma qo‘shin tuzish imkonini bergan
Yer egaligi munosabatlari vujudga kelgach, aholi bo‘lingan ikki toifadan biri (ikkinchisi – feodallar)
Ka’bada saqlanadigan tosh; Allohning «haq din»dagilarga in’omi deb e’lon qilingan
Urushda asirga olingan kishi; qullar toifasiga kiruvchilarning sochlari kalta qilib olingan va ular doim nazoratda bo‘lgan
O‘rta asrlar boshida Hindistonda saqlanib qolgan; qullar ko‘p hollarda uy xizmatkorlari bo‘lgan, hinduiylik aqidalariga ko‘ra dehqonchilik yumushlarida ham ishlatilgan
(arabcha «qiroat», «o‘qish») islom diniga e’tiqod qiluvchilarning muqaddas kitobi; Alloh taolo tomonidan Muhammad (s.a.v.)ga vahiy orqali yigirma uch yil davomida nozil qilingan, 114 suradan iborat
Ramazon hayitidan yetmish kun o‘tib o‘tkaziladigan musulmon bayrami
Qabila ittifoqlarining yig‘ini; unda urush, sulh, ittifoq tuzish, xonni saylash, ba’zan gunohkor deb topilgan no‘yon va xonlarni sud qilish masalalari hal etilgan
Shahar atrofidagi qism; unda hunarmandlar guzar va mahallalari joylashgan
Musulmonlarning eng katta bayrami; bir oylik ro‘zadan keyin nishonlanadi
Mayya poytaxti Chichen-Itsada qurilgan; unda kohinlar sayyoralarning Quyosh tevaragida aylanish vaqtini hisoblagan, Quyosh va Oy tutilishini oldindan aytgan
Yirik bozorlarning bo‘limi; har bir rasta ma’lum turdagi mol bilan shug‘ullanadigan savdogarlarni yoki turli hunarmandlarni birlashtirgan
Shahar kengashi binosi; shahar markazida, bozor maydoni va ibodatxona yonida qurilgan
Universitet hamjamiyati tepasida turgan saylangan rahbar
Katolik cherkovining boshlig‘i
Notiqlik
Hind hukmdorlari; rojalar yaqinlari, amaldorlari va jangchilariga xizmatlari evaziga yer-mulklar in’om qilganlar
(yunoncha) «rimliklar» – Vizantiya aholisi o‘zini shunday atagan; Yevropada ularni yunonlar deb atashgan
«Allohning elchisi, payg‘ambari»; Muhammad (s.a.v.) o‘zini shunday deb e’lon qilgan
Yaroslav Donishmand davrida tuzilgan qonunlar; Yaroslavning vorislari davrida unga yangi moddalar kiritilgan
Islom arkonlaridan biri: voyaga yetgan va sog‘lom kishining Ramazon oyida bir oy ro‘za tutishi
G‘arbiy Yevropa feodallarining 1096–1270-yillarda Yaqin Sharqqa uyushtirgan bosqinchilik va talonchilik urushlari
Yurish qatnashchilari matodan «xoch», ya’ni «salib»ning aksini qirqib, kiyimlariga tikkanlari uchun shunday nom olgan
Knyazlar xizmatidagi jangchi harbiylar; yopiq toifani tashkil etgan, harbiy ish ular uchun kasb va merosiy mashg‘ulot bo‘lgan
Hindistonning qadimgi va o‘rta asrlar adabiy tili
Buyuk Karlning Axendagi saroyida tashkil etilgan; unda hukmdor va oilasi, saroy xodimlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar cherkov va antik mualliflar asarlarini muhokama qilishgan
Katolik cherkovida barcha ruhoniylarga uylanishning taqiqlanishi; pravoslavlarda faqat rohiblar oila qurmagan
Bir yoki bir nechta o‘xshash kasb egalarini birlashtirgan savdo-hunarmandchilik birlashmasi yoki o‘rta asrlar hunarmandlarining kasbiy asosdagi uyushmasi
Ustalarning umumiy yig‘ilishida qabul qilingan, hamma bajarishi majburiy bo‘lgan qoidalar; unda buyumlar namunasi, ustaning dastgohlari, shogird va xalfalari soni belgilab qo‘yilgan
Yahudiylarning ibodatxonasi
Otton I davrida qo‘lyozmalar tayyorlash bilan birga ochilgan ustaxona
Yeretiklar o‘zlarini shunday atagan: cherkov boyliklari va hashamatli marosimlariga qarshi chiqib, ruhoniylar kerak emas, har kim xudoga o‘zi murojaat qilishi mumkin, deb e’lon qilgan
Muhim voqealar yilma-yil qayd etib boriladigan yozma manba (masalan, Alfred davrida tuzilgan «Anglosakson solnomasi»)
Saljuqiylar davlatini boshqargan oliy hukmdor; taxt otadan bolaga meros bo‘lib o‘tgan, uning nomidan xutba o‘qilib, tanga zarb qilingan
Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) hadislari; sunniylar Qur’oni karim bilan birga unga birdek amal qiladi
Islomdagi ikki asosiy yo‘nalishdan biri: diniy qonun-qoidalarga rioya qilishda Qur’oni karim va payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) hadislari – «Sunna»ga birdek amal qilish; bugungi kunda musulmonlarning asosiy qismi shu yo‘nalishda
Yer taqchil bo‘lgani uchun asteklar ko‘l tagidan suv o‘simliklari va unumdor loyni ko‘tarib, sollarda yaratgan ekinzorlar; ulardan yiliga bir necha marta hosil olingan
Imperator nomidan davlatni boshqargan eng nufuzli knyazlar – oliy harbiy hukmdorlarning XII asrdan olgan unvoni
Quddusga kelayotgan ziyoratchilarni himoya qilish uchun tuzilgan ikkinchi ritsarlik ordeni; Quddusdagi tepalik nomi bilan atalgan, sudxo‘rlik bilan ham shug‘ullangan; libosida oq matoda qizil but bo‘lgan
Muqaddas Bibi Maryamga bag‘ishlangan uchinchi yirik diniy-ritsarlik ordeni; ritsarlarining ko‘pchiligi Germaniyadan bo‘lgani uchun shunday atalgan; libosida oq matoda qora but bo‘lgan
Asteklarda hukmron qabila vakillaridan saylangan lashkarboshi; u oliy hukmdor va bosh kohin vazifasini ham bajargan
Mahsulotlarni bozorda sotish yoki ayirboshlash uchun ishlab chiqaruvchi xo‘jalik; ilk o‘rta asrlardagi natural xo‘jalik o‘rnini egallay boshlagan
Ayrim monastirlarda o‘rgatilgan jang san’ati
(mo‘g‘ulcha – «davlat», «xalq», «odamlar») Chingizxon farzandlariga mulk sifatida bo‘lib bergan, mo‘g‘ullar bosib olgan hududlar
1206-yilda Onon daryosi bo‘yidagi qurultoyda Temuchin ulug‘ xon deb e’lon qilingan
Turli bilim sohalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi oliy o‘quv yurti (o‘qituvchi va talabalar jamoalari); Yevropada XI– XII asrlarda paydo bo‘lib, faqat Rim papasiga bo‘ysungan
Xristian cherkovi aholidan undirgan soliq – hosilning 1/10 qismi
Qadimgi Choson davlati mil. avv. I asrda Pekche, Silla va Koguryo qirolliklariga bo‘linib ketgan davr; koreys tarixchilari shunday nomlagan, qariyb yetti asr davom etgan
Rim imperiyasi hududiga bostirib kirgan german qabilalari shunday atalgan; vestgotlar 418-yili ilk varvar qirolligi – Vestgot qirolligini tuzgan
(yunoncha) «podsho» – Sharqiy Rim (Vizantiya) hukmdori, imperator; amaldorlarni tayinlagan, qonunlar chiqargan, qo‘shinni boshqargan, urush e’lon qilib, tinchlik sulhi tuzgan
Xarsha imperiyasiga bo‘ysundirilgan rojalar (qirqqa yaqin); ularning ayirmachilik harakati imperiyani zaiflashtirgan
Imperator Aleksey I salibchi ritsarlardan qabul qildirgan qasamyod: Yaqin Sharqda tuziladigan xristian davlatlari Vizantiyaga siyosiy qaram bo‘lishi haqida
(«erkin jamoa») Hindistondagi 4 tabaqadan biri: savdogarlar, chorvadorlar, dehqonlar
VIII asr oxiri–XI asr o‘rtalarida Yevropada dengiz yo‘li orqali savdo-sotiq, qaroqchilik va bosqinchilik yurishlari bilan shug‘ullangan skandinaviyaliklar; G‘arbiy Yevropada ularni normannlar, Rusda varyaglar deb atashgan
Ustaning qo‘l ostida ishlab, ustalikka o‘tishi kerak bo‘lgan hunarmand; xalfalik muddati kasbning murakkabligiga qarab 2–7 yil bo‘lib, nodir buyum yasab, uni sex oqsoqoli sinovidan o‘tkazish bilan tugagan
(«o‘rinbosar») Xulafoi roshidinlar davridan boshlab mamlakat rahbari shunday atalgan
Xulafoi roshidinlar davrida barcha arablarni birlashtirgan davlat shunday atala boshlagan; rahbari – xalifa
Qabilaning barcha qurollangan erkin vakillari ishtirok etadigan oliy hokimiyat organi; qabila boshlig‘ini saylash, urush e’lon qilish, tinchlik o‘rnatish kabi masalalarni hal qilgan
Buyuk Karl yirik mansabdorlarga ochishni buyurgan maktablar; ularni rohib Alkuinga topshirgan, u ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yib, ilk darsliklarni yozgan
German qabilalarining milodiy IV–VI asrlardagi ko‘chishlari; ularni sharqdan Yevropaga yurish boshlagan ko‘chmanchi xunnlar tezlashtirgan
Uzoq Sharqda shakllangan o‘ziga xos madaniyat; uning asosi konfutsiylik, daosiylik va buddaviylikning birlashmasidan paydo bo‘lgan
Mo‘g‘ul harbiy qabila ittifoqlarining boshlig‘i; qurultoyda saylangan
Xristianlikning asosiy timsollaridan biri, pravoslav va katoliklarda diniy sig‘inish buyumi; xochga sig‘inish IV asrda rasmiy tus olgan
«To‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar»; Muhammad (s.a.v.) vafotidan so‘ng xalifalikni dastlab boshqargan xalifalar
Qudratli yakka-yu yagona Xudodan, ya’ni Alloh taolodan o‘zga hech qanday iloh yo‘q, degan ta’limot; Muhammad (s.a.v.) targ‘ib qilgan
IX asrning o‘rtalarida kashf qilingan alifbo; xitoy yozuviga asoslansa-da, yozish uchun birmuncha qulay bo‘lgan
O‘rta asrlarda shakllangan yer egaligi munosabatlari Osiyoda yer egaligi jamiyati deb ataladi
(yunoncha, «dahriylar») – cherkov va uning ta’limotiga qarshi kishilar
O‘rta asr maktablarida o‘qitilgan fanlar: grammatika, ritorika, dialektika, arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa
Gupta hukmdorlarining yer-mulk in’omlari natijasida paydo bo‘lgan amaldorlar va harbiylar toifasi; aholidan soliq yig‘ish va dehqonlar mehnatidan foydalanish huquqini qo‘lga kiritganlar
Tarixiy yilnomalar, rasmiy hujjatlar (soliq, jarima, sud, oldi-sotdi, qarz), hukmdorlarning farmon-farmoyishlari, sayyoh va elchilarning kundaliklari, tarixchi olimlarning asarlari
VII asrda ixtiro qilingan oltingugurt, selitra, turli qatronlar aralashmasi; dengiz janglarida uzoq yillar ustunlikni ta’minlagan
Mo‘g‘ul qo‘shinini boshqarganlar; qo‘shin markaz va ikki qanotga bo‘lingan
Islom arkonlaridan biri: moli nisobiga yetgan kishining zakot berishi
Astronomik jadval
Arab savdogarlari dengiz orqali Hindistonga boradigan yo‘l
Tinch paytda chorvachilik bilan shug‘ullangan mo‘g‘ullar urush boshlanishi bilan o‘nlik tizimdan iborat muntazam qo‘shinga aylangan
G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi bilan boshlangan davr; V asr oxiridan XV asr oxiriga qadar davom etadi
Mayyalarda milodiy I ming yillikda vujudga kelgan davlatlar; ularning har birini «buyuk kishi» – hukmdor boshqargan
Ark atrofidagi, asosiy aholi yashaydigan guzarlari bilan qurilgan shahar qismi
Qirol vakili; mamlakatdagi grafliklarni idora qilgan
Boltiq dengizi orqali London, Bryugge, Lyubek, Novgorod shaharlarini o‘zaro bog‘lagan savdo yo‘li
Mo‘g‘ullarning diniy tasavvurlarida ajdodlar ruhiga sig‘inish bilan birga yaxshi saqlanib qolgan e’tiqod
(«xizmatkorlar») Hindistondagi 4 tabaqadan biri: ko‘nchilar, to‘quvchilar, cho‘ponlar, kulollar, musiqachilar
(«hazar qilinganlar») chiqindilarni tozalovchilar
Bosh shomon Temuchinga bergan unvon; «Chingiz» so‘zi «kuchli», «qudratli», «toza» ma’nolarini anglatadi
(forscha, «to‘rt do‘st») to‘g‘ri yo‘ldan borgan dastlabki to‘rt xalifa
Koreyscha «Tonggi tarovat» ma’nosini anglatadi; ilk koreys davlati, asoschisi afsonaviy Tangun, poytaxti Pxenyan bo‘lgan