Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
Darslikdagi barcha qalin yozilgan atamalar, rasm ostidagi izohlar va rasmiy lug‘at.
Hisob taxtachasi
Yunon tilida «mif»; olamning yaratilishi, yer yuzida hayot va odamning paydo bo‘lishi, qahramonlar jasorati va dengiz sayohatlari haqida hikoya qiladi; yunonlar tarixidagi qadimgi davr haqida ko‘p narsalarni bilishga imkon beradi
Makedoniyaliklarning sara otliq gvardiyasi; unga mahalliy aslzodalar oilalaridan yoshlar qabul qilingan
Xanjar; O‘rta Osiyo jangchilari akinak bilan qurollangan
Mesopotamiyaning Akkad deb atalgan shimoliy qismida yashagan xalq
«Yuqori shahar» deb atalgan qal’a; mil. avv. 2-mingyillikda Attikaning g‘arbiy qismida qurilgan, uning tevaragida Afina shahri vujudga kelgan
Saklarga qarshi kurash uchun Aleksandr Yaksart (Sirdaryo) bo‘yidagi Xo‘jand yaqinida barpo ettirgan qal’a
Mil. avv. X asrda Finikiyada 22 undosh harfdan iborat alifbo yaratilgan; yunonlar uni o‘zlashtirib, unli harflarni qo‘shgan
Podsho shahar-davlatni ular yordamida idora qilgan
Misrliklarning kundalik hayoti bilan bog‘liq holda dunyoga kelgan bilimlar (astronomiya, geometriya, matematika, tibbiyot)
1877-yilda Qubodiyon vodiysidan (qadimgi Baqtriya yeridan) topilgan, yuqori badiiy uslubda ishlangan oltin va kumush buyumlar hamda tangalar majmui; Britaniya muzeyida saqlanadi
Astronomiya, geometriya, matematika kabi fanlar; Xorazmda amaliy bilimlar asosida taraqqiy etgan
Lotincha, «qadimgi»
Mahalliy va yunon madaniyati, an’analarining qo‘shilishi asosida taraqqiy etgan davlatlar: Salavkiylar, Yunon-Baqtriya, Parfiya
Qadimgi odamlarning suyak qoldiqlari (skelet va bosh chanoqlari)ni tekshirib, ularning tashqi ko‘rinishini tiklovchi va qiyofasidagi o‘zgarishlarni o‘rganuvchi olimlar
Iso payg‘ambarning shogirdlari
Amudaryo (Gerodot hikoyasida: «Araks (Amudaryo)da baliq ko‘p»)
Mesopotamiyaning o‘rta qismida yashagan arameylar tomonidan yaratilgan yozuv, 20 ta harfdan iborat bo‘lgan
G‘ildirak kashf etilishi bilan bronza davrida paydo bo‘lgan
Aslzodalar hokimiyati; Solongacha Afinadagi boshqaruv tizimi
Ashyoviy manbalarni o‘rganuvchi va ular bo‘yicha o‘tmishni qayta tiklovchi fan; qadimshunoslik
Qadim zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda va turarjoylarda qazishma ishlarini amalga oshiruvchi olimlar
Podsho shahar-davlatni idora qilishda tayangan guruhlardan biri (kohinlar va harbiy qo‘shin bilan birga)
Bizni qurshab turgan hamma narsa tashkil topgan ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda-mayda zarralar (Demokrit fikri)
Bashorat qiluvchi kohinlar; qushlar parvozi, momaqaldiroq, chaqmoq, muqaddas qushlarga sepilgan donlar, aks-sado va hokazolarga qarab bashorat qilishgan
Qit’adagi Yunoniston hududidan bostirib kirgan jangovar qabilalar; Minoy sivilizatsiyasi barbod bo‘lishini nihoyasiga yetkazgan
Nozik joyni anglatadigan ibora; Axilles tovoniga tekkan o‘qdan halok bo‘lgan
O‘zlashtiruvchi xo‘jalik turi
Dastlab xitoyliklar yozgan yozuv materiali; bambuk taxtachalardan iborat kitoblar bo‘lgan
Afinaning asosiy portiga aylangan Pirey bandargohidan qullar va xilma-xil tovarlar keltirilgan
Yunon-rim muarrixlari baqtriyaliklar yashagan yerlarni shunday atagan
Sug‘diylarning eng yaqin qo‘shnilari; Surxon vohasi, shimoliy Afg‘oniston va janubiy Tojikiston hududlarida joylashgan elat
O‘lchov birligi: to‘rt barmoq bir kaftga teng
Rimliklar ixtiro qilgan yangi qurilish materiali; qotganidan keyin toshdan ham mustahkam bo‘lgan, tez va pishiq inshootlar qurishga imkon bergan
Turli sport musobaqalaridan iborat bellashuv; unda Yunonistonning to‘rt tarafidan kelgan sportchilar bellashgan
Har yili saylanadigan, kundalik joriy masalalarga yechim topadigan kengash; unga strateg rahbarlik qilgan, qarorlari Xalq majlisida tasdiqlangan
Qadimiy yahudiylarning afsonalari yozilgan diniy kitoblar to‘plami; yunonchada «kitob» degan ma’noni anglatadi
Amudaryo xazinasidan topilgan oltin bilaguzuk
«Xudolar darvozasi» degan ma’noni anglatadi; Frot va Dajla o‘zanlari yaqinlashgan hududdagi shahar, mil. avv. II mingyillikda Mesopotamiya janubidagi eng yirik davlat markazi
Bobil minorasi. Zamonaviy rasm
Rimliklar Rimni shunday ta’riflashgan
Kohinlar – hind ruhoniylari; Brahmaning og‘zidan chiqqan deb hisoblangan
Misni qalay, qo‘rg‘oshin yoki rux bilan qo‘shib eritib olingan, misdan ancha qattiq metall
Mil. avv. 3-mingyillik o‘rtalaridan boshlab bronza mehnat qurollari, qurol-yarog‘ va zeb-ziynatlar tayyorlashda asosiy ashyoga aylangan davr
Shahzoda Siddhartha Gautama olgan taxallus; «Ma’rifatga erishgan»
Budda izdoshlari; inson yolg‘on so‘zlamasligi, mol-davlat to‘plamasligi, tirik mavjudotlar qonini to‘kmasligi kerak deb hisoblaydi
Ilk paleolit davri oxirlarida boshlangan qattiq sovuq davri; odamlar issiqroq joy izlab ko‘chgan, faqat baquvvat odamlar omon qolgan
Pontifiklar hay’atining rahbari; ma’budlar bilan maslahatlashib xulosa beradi deb hisoblashgan
Ko‘chmanchilar hujumlaridan himoya qilish uchun Shimoliy Xitoy bo‘ylab qurilgan mudofaa devori; qurilishi mil. avv. IV asrda boshlangan, uzunligi qariyb 4000 km
Mil. avv. VIII–VI asrlarda Olviya, Xersones, Pantikapey kabi ko‘plab yunon koloniyalari tashkil topgan davr
Persepol saroyi devorlaridagi naqshlar; ularda ahamoniylar bo‘ysundirgan elatlar Fors shohlariga o‘lpon keltirayotgan holatda tasvirlangan
Dunay daryosi bo‘ylarida yashagan xalq; Trayan zamonida ular bilan urushlar olib borilgan
Doro I butun mamlakat uchun muomalaga kiritgan yagona oltin tanga
Turli qadimgi qardosh xalqlarning bir davlatga birlashuvi; Baqtriya shunday birlashma hisoblanadi, Marg‘iyona va Sug‘d uning siyosiy va madaniy ta’sirida bo‘lgan
Fir’avn dafn etilgan joy; ichi fir’avnni himoya qilishi va o‘zga hayotga o‘tishida yordam berishi kerak bo‘lgan munojot va qarg‘ishlardan iborat bitiklar bilan qoplangan
Uy-joy va xo‘jalik xonalaridan iborat bo‘lgan; shahar atrofidagi dehqon xo‘jaliklarida ota urug‘iga mansub katta oilalar kun kechirgan
Temir asri boshlarida O‘rta Osiyo aholisi bo‘lingan guruhlardan biri
Ishlab chiqaruvchi xo‘jalik turi
Barcha qarorlar ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadigan boshqaruv shakli; «xalq hokimiyati» degan ma’noni anglatadi (demos – «xalq», kratos – «hokimiyat»)
Tushuna olmagan tabiat hodisalariga sig‘inish natijasida paydo bo‘lgan, tevarak-atrofda ezgu va yovuz kuchlar borligiga ishonch
Kohinlar ado etgan maxsus marosimlar; misrliklar e’tiqodicha, ular ado etilmasa ma’budlar odamlarga madad bermay qo‘yadi
Mil. avv. 621-yilda Drakont yozgan, xalq boshqaruvini bekor qilgan qattiq va ayovsiz qonunlar; buzganlik uchun bitta jazo – o‘lim jazosi belgilangan; afinaliklar ularni «siyoh qolib, qon bilan yozilgan» deyishgan
O‘rta Osiyo jangchilarining boshlarida dubulg‘a bo‘lgan
Deraza va eshiklar yasagan hunarmandlar
Yunonlarning o‘z vatanini atagan nomi
Qadimgi Yunoniston san’ati uslublari; Kushon san’atida mahalliy an’analar va Qadimgi Sharq uslublari bilan muvofiqlashgan
Yunonlar o‘zini yagona xalq sifatida shunday atagan
Qadimgi odamlarning urf-odatlari, xo‘jalik va madaniy an’analarini saqlab qolgan, hozirda yashayotgan qabilalar va elatlarni o‘rganuvchi olimlar
Italiyaning shimoli-g‘arbiy qismida yashagan, asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bo‘lgan xalq; mil. avv. VIII asrda Italiyada 12 ta shahar-davlat tuzgan
«Topdim, topdim!» – ilmiy masala yechimini topgan Arximedning qiyqirig‘i
Zardushtiylar hayotining tub ma’nosi shulardan iborat bo‘lgan
Filosofiya: yunoncha filo – «sevish», sofiya – «donishmandlik» tushunchalarini anglatadi
Yunon mutafakkiri; yunon mutafakkirlari olam tuzilishi va inson hayoti ma’nosini tushuntirishga harakat qilgan (Geraklit, Demokrit, Diogen)
Zargarlik buyumlari yasash uchun tog‘lardan qazib olingan qimmatbaho tosh
Qadimgi odamlarning u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo-qazoni daf qilishiga ishonishi
Qadimgi Misr fir’avnlarining tojlari
Xom suvoqqa ishlangan rasmlar; villalar devorlarini bezatib turgan
Yunon maktablari faol fuqarolar, davlat himoyachilarini tarbiyalashi kerak edi; bolalikdan o‘g‘il bolalarga she’riyat va musiqaga muhabbat singdirilgan
Yuliy Sezar o‘ldirilgach sarkardalar o‘rtasida avj olgan kurash olib kelgan urush
Uzundara qal’asida joylashgan, Baqtriya va Sug‘diyonani bog‘lab turgan muhim tog‘ yo‘lini qo‘riqlagan yunon- makedon jangchilari
Shu sohadagi bilimlar shumerliklar va bobilliklarga kemalarda dengiz bo‘ylab suzish imkonini bergan
Yer yuzasini o‘lchash ilmi; anhor qazish, imorat va inshoot qurishda maydon hajmini o‘lchash zarurati bilan dunyoga kelgan
Rim imperiyasi sarhadiga kirgan qabilalar; savodsiz bo‘lib, Rim imoratlari, haykallari va kitoblarini yo‘q qilishgan
Mil. avv. XVIII asr oxirida Misrga hujum qilib, Quyi Misrni bosib olgan ko‘chmanchi qabilalar
Tomoshabinlar ko‘nglini xushlash uchun jang qilishga majbur qilingan kishi; aksariyati qullar yoki jinoyatchilar bo‘lgan, hayot-mamoti tomoshabinlar xohishiga bog‘liq bo‘lgan
Rimliklarning sevimli tomoshalaridan biri; gladiatorlar bir-birlari bilan, ba’zan yovvoyi hayvonlar bilan olishgan
Gladiatorlarga ta’lim beriladigan maxsus yopiq maktab
German qabilalari; milodiy 410-yilda Alarix boshchiligida Rimni qurshab olib, uch kun talagan
O‘rta maktab; unda tarix, geografiya, geometriya, musiqa va astronomiya o‘qitilgan
Olimpiya g‘oliblari taqdirlangan, muqaddas zaytun daraxti novdalaridan to‘qilgan gulchambar
Tosh gurzi, mil. avv. IX–VIII asrlar
Quldorlar qullar qo‘zg‘olonlaridan qo‘rqib o‘rnatishni zarur deb bilgan kuchli hokimiyat
Savdo karvonlarini qaroqchilardan himoya qilish uchun muhim savdo yo‘llari o‘tgan daryolar kechuvlari va tog‘ dovonlari bo‘ylab qurilgan
Yigitlar umumiy ta’limdan tashqari ikki yil olgan ta’lim: birinchi yili safda yurish, qurol taqib yurish, ochlik va sovuqqa chidamli bo‘lishni o‘rganishgan, ikkinchi yili chegara qal’alarida harbiy xizmatni o‘tashgan yoki dengizchilik san’atini o‘rganishgan
Amudaryo xazinasidan topilgan haykalchalar
Mezolit davri oxirida tiriklayin tutilgan hayvonlarni o‘ldirmasdan, yegulik zaxirasi sifatida saqlab qo‘yish; ovchilar itni qo‘lga o‘rgatgan
Aleksandr Oksiartni Baqtriya viloyatlaridan birining hokimi etib tayinlagan
Bir necha katta patriarxal oilalardan tashkil topgan jamoa
Temir asri boshlarida O‘rta Osiyo aholisi bo‘lingan guruhlardan biri
Husnixat san’atini egallagan kishilar yuksak savodxon sanalib, katta imtiyozlar va izzat-hurmatga ega bo‘lgan
Jahondagi barcha xalqlar tarixi boshlangan eng qadimgi tuzum; uning birinchi bosqichi – kishilarning alohida guruhlarga birlashuvi, eng qadimgi odamlarning dastlabki jamoasi
Tarix fanida eng qadimgi odamlar shunday ataladi
Qadimgi Rimda: qullar, ozod qilingan qullar (fuqarolar emas); plebeylar, patritsiylar va boyib ketgan plebeylar, senatorlar (fuqarolar)
Jamiyatning tuzilishi; temir asri boshlarida O‘rta Osiyoda aholi turli guruhlarga bo‘lingan
Qadimgi tosh davrining ilk bosqichi; uning oxirlariga kelib Buyuk muzlik davri boshlanadi
Spartaliklar qulga aylantirgan mahalliy aholi (Lakonika aholisi); aslida yunonlar bo‘lgan; butun davlatning mulki hisoblangan
Hukmdorning cheklanmagan hokimiyati joriy etilgan, boshqa ko‘plab xalqlarni o‘ziga bo‘ysundirgan davlat
Buyuk ipak yo‘li mavzusidagi rasm izohi
«Buzoqchalar mamlakati» ma’nosini bildiradi; yunonlar bu mamlakatda sigirlarni o‘tlatish uchun ajoyib o‘tloqlarni topganlar
Sharqiy Afrikadan suyak qoldiqlari topilgan, yoshi 2 million yildan oshadigan eng qadimgi odam; toshdan o‘ta sodda mehnat qurollari yasashni bilgani uchun olimlar shunday atashgan
Ziroatchilik (dehqonchilik) va chorvachilik; inson neolit davrida unga o‘ta boshlagan
Bobilning bosh ko‘chasi boshlangan, g‘alaba ma’budasi Ishtar nomidagi darvoza; afsonaviy hayvonlar tasviri tushirilgan naqshinkor tosh taxtachalar bilan bezatilgan
Har bir shaharda bo‘lgan qal’a
Memfis yaqinidagi Xufu, Xafra va Menkaura piramidalari jahonning yetti mo‘jizasidan biri hisoblanadi
Jamoa boshlig‘i; Jarqo‘ton qal’asi ichidan uning saroy qoldiqlari topilgan
Ossuriyaliklarning jangovar aravasi
Hindlar qo‘shinidagi jangovar fil
Temir asri boshlarida O‘rta Osiyo aholisi bo‘lingan guruhlardan biri
«Jarlik ustidagi qo‘ton» – Sherobod yaqinidagi bronza davriga oid shahar ko‘rinishiga ega qal’a-manzilgoh xarobalari
O‘lchov birligi: bir kaft = to‘rt barmoq
Olisdan turib jang qilish vositasi
Kushon davrida yuqori darajada rivojlangan hunar; Dalvarzintepadan fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan
Saylov kuni konsullikka nomzodini qo‘ygan badavlat quldorlar kiygan oq harir libos; oq rang nomzod vijdoni beg‘ubor va pokiza ekanligini bildirgan
Qandaydir lavozimni egallashga harakat qiluvchi nomzod shaxs; bu so‘z «kandida»dan kelib chiqqan
Savdo mollari ortilgan karvonlar Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab qatnagan (masalan, Hindistondan paxta matolari va chigit ortilgan karvonlar kelgan)
O‘rta Osiyoni Sharq mamlakatlari bilan bog‘lagan, savdo-sotiq olib borilgan qadimiy yo‘llar
Qadimgi hindlar qanday yumushlar bilan shug‘ullanishiga qarab ajratilgan to‘rt tabaqa; bir tabaqadan boshqasiga o‘tishning iloji bo‘lmagan
O‘rta Osiyoda jamiyat asosini tashkil etgan oila; a’zolari alohida turarjoyga ega bo‘lib, xo‘jalik ishlarini birgalikda olib borgan, mehnat qurollari, mahsulot zaxirasi va chorvaga egalik qilgan
Qamishdan qayiqlar, yog‘ochdan kemalar qurgan hunarmandlar
Yarim ot, yarim odam ko‘rinishidagi afsona qahramoni (sxema)
Qal’a ibodatxonasidan osmon jismlarining harakatlarini kuzatgan kohinlar; Amudaryo suv sathi ko‘tarilishi vaqtini, ekin ekish, ko‘chat o‘tqazish va hosil yig‘ish mavsumlarini belgilagan
Astronomiyaga oid bilimlarga ega bo‘lgan shumerlik va bobillik kohinlar
Tuproqqal’a devorida yozuvli teri o‘ramalarini ko‘tarib turgan kohin-xattot tasviri bor
Mayda yer ijarachilari; yerdan foydalanganlik uchun yer egasiga o‘zlari yetishtirgan mahsulotlar bilan to‘lov berishgan
Ibodatxonalarga alohida ko‘rk bergan ustunlar
Ajoyib qochiriqlar, quvnoq sahnalar, nozik yumorga boy, inson nuqsonlari ustidan kuladigan pyesalar
Xitoyliklarning eng ajoyib ixtirolaridan biri; magnitlangan temirdan yasalgan uzun dastali katta qoshiqqa o‘xshagan, dastasi hamma vaqt janubni ko‘rsatgan
Mesopotamiyalik kotib tasviri – «Kotib ish ustida»
Uy-joyli qullar: yer egasi ruxsati bilan kichik yerni mustaqil yuritgan, o‘z mehnat qurollari, urug‘ligi bo‘lgan, oilasi bilan yashagan qullar; yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lashgan
Loydan turli-tuman idish-tovoqlar yasab, ularni maxsus xumdonda pishirgan hunarmandlar
Loydan ishlangan va olovda pishirilgan idishlar yasash; neolit davrining muhim kashfiyoti
Eneolit davrida idishlarni pishirish uchun foydalanilgan o‘choq
Bronza davrida kashf etilgan; kulollar unda guldon, ko‘za va xumchalar yasagan
Chjou davlatida hukmronlik uchun mayda podsholiklar o‘rtasida 200 yildan uzoq davom etgan urushlar davri; mil. avv. III asrda Sin davlati yagona davlat tuzishi bilan yakunlangan
Ashshurbanipal hukmronligi yillarida Nineviyada jamlangan sopol taxtachalardan iborat yirik kutubxona
Aramey yozuvi asosidagi alifbo; uning yozuv namunalari Qadimgi Termizdan topilgan
Kushon mamlakatidagi yozuv; unda harflar burchakli va aylana shaklida yozilgan
Mil. avv. VII–V asrlardagi davr; chekka viloyatlar aholisi ajralib chiqib, o‘z davlatini tashkil eta boshlagan
Misr g‘arbidagi Liviya sahrosi aholisi ko‘chmanchi chorvadorlar bo‘lgan
Asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan sak va massaget qabilalari; tuya, ot, qo‘y va echki podalarini boqqan, mahsulotlarini o‘troq dehqonlarga sotgan
Jangchilar tabaqasi; Brahmaning qo‘llaridan yaratilgan deb hisoblangan
Rivoyatlarga ko‘ra Dedal Minos podsho uchun barpo etgan saroy; unga kirib, undan chiqish yo‘lini topib olishning iloji bo‘lmagan
Qo‘shin boshlig‘i; sug‘diylar qo‘zg‘oloniga iste’dodli lashkarboshi Spitaman boshchilik qilgan
Har bir konsulni qo‘riqlab yurgan 12 kishidan iborat faxriy qorovul
Sport musobaqalarida olis masofaga yugurish; Marafon jangidagi g‘alaba xabarini Afinaga yetkazish uchun 42 kilometr yo‘lni chopib o‘tgan jangchi xotirasiga shunday atala boshlagan
Qadimgi misrliklar e’tiqodicha, inson vafot etganidan keyin ketadigan va umrini davom ettiradigan joy
Badavlat rimliklar uylaridagi tizim: pollar isitilar, quvurlar orqali uylarga suv oqib kelar edi
Mil. avv. 246-yilda Xitoy bir hukmdor hokimiyati ostida birlashtirilib, hududi viloyatlarga taqsimlangan, har biriga noiblar rahbar etib tayinlangan davlat
Cho‘llar va Amudaryo bo‘ylarida yashagan ko‘chmanchi qabilalar; asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan
Ona urug‘i davri – dastlabki urug‘ jamoalari ayol – ona atrofida birlashgan bosqich
Qal’a (manzilgoh) qismi; Sopollitepa qal’asi sakkizta mavzedan iborat bo‘lgan
Olimpiya o‘yinlari ochiladigan kunda quyosh nurlaridan yondirilib, musobaqalar o‘tkaziladigan joyga keltiriladi; bu odat hozirgacha saqlanib qolgan
Dajla va Frot daryolari oralig‘idagi vodiyni yunonlar shunday nomlashgan; «ikki daryo oralig‘i» degan ma’noni anglatadi
Mesopotamiyada savdo-sotiqda ishlatilgan kumush quymasi ko‘rinishidagi metall
Janubiy Yunonistondagi sivilizatsiya; doriylar vayron qilishgan
Mezolit va neolit davrida odam toshdan yasagan mayda mehnat qurollari
Fors qo‘shinidagi lavozim; Shiroq rivoyatida mingboshi Ranosbat qulovizdan savol so‘ragan
Mesopotamiyadagi og‘irlik o‘lchovi; 550 gramm kumushga barobar bo‘lgan
Mil. avv. 2-mingyillikda ilk shahar- davlatlar vujudga kela boshlagan Krit orolidagi sivilizatsiya; afsonaviy podsho Minos nomi bilan atalgan
Misrliklar hosil yig‘im-terimida boshoqlarni o‘rib olgan mehnat quroli
Misni eritib, undan mehnat qurollari quygan hunarmandlar
Arxeologlar topgan manbalar: mehnat qurollari, sopol idishlar, qurol-aslahalar, zeb-ziynat buyumlari – qadimda inson qo‘li bilan yaratilgan barcha narsalar
Shisha yoki tosh parchalaridan ishlangan suratlar; Rim uylari ular bilan bezatilgan
Xarappa yozuvi va hayvonlar tasvirlangan muhrlar
Afinada bolalar harflarni stil bilan yozgan taxtacha
Osiris qarshisida go‘zal qiyofada turishi uchun jasadga maxsus ishlov berib, ko‘p matolar bilan o‘rash; uni kohin- tabiblar qariyb 70 kun bajargan, faqat boy-badavlat kishilarga nasib etgan
Sargon I jahon tarixida birinchi bo‘lib tuzgan, 5400 nafar jangchidan iborat lashkar
Qadimgi Misr yozuvi; undan duolar va marosimlarni yozishda foydalanilgani uchun shunday nomlangan
Vesta ibodatxonasida saqlangan olov; u yonib turar ekan, hayot mavjud deb hisoblashgan
Buyuk ipak yo‘li mavzusida tasvirlangan tosh
Vodiyliklar (misrliklar) o‘z yurtiga bergan ikkinchi nom
Ikkinchi darajali ma’bud; o‘rmonlar, daryolar va tog‘larda yashagan deb tasavvur qilingan
Teatr namoyishi ishtirokchilari foydalangan quvnoq, qayg‘uli va yovuz qiyofadagi niqoblar
Afina aholisining zodagonlar foydasiga ishlashga majbur bo‘lgan qismi
Amudaryo
Olimpiya o‘yinlarida quyosh nurlarida yondirilgan olov
Mil. avv. 776-yildan Olimpiya shahrida har to‘rt yilda bir marta o‘tkazilgan, Zevs sharafiga bag‘ishlangan sport musobaqalari; afsonalarga ko‘ra asoschisi Gerakl; milodiy 394-yilda to‘xtab qolgan, 1896-yilda qayta tiklangan
Mil. avv. II asrda Shoshtepada qurilgan doira shaklidagi ibodatxona; qang‘liklar olov va quyoshga sig‘ingan, dumaloq shakl quyosh ramzi hisoblangan
Rim imperiyasining kuch-qudrati qayta tiklangan milodiy II asr shunday nom olgan
Amudaryo xazinasidan topilgan, zardushtiylik kohini tasvirlangan buyum
Mikendan topilgan buyum
Yer haydash quroli; omoch bilan yer haydash natijasida urug‘ni mahsulot bilan ta’minlash erkaklar qo‘liga o‘tgan
Rivoyatga ko‘ra Romul va Remni emizib boqqan bo‘ri; Rimning timsoli hisoblanadi
Afinani idora qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kengash; hokimlar va sudyalarni saylagan; a’zolari faqat Afina aslzodalaridan bo‘lgan
Marhumlar saltanatidagi hayot bog‘liq bo‘lgan sud: tarozining bir pallasiga marhumning yuragi, boshqasiga qush patlari qo‘yiladi; pallalar tenglashsa – inson ezgu ishlar qilgan, yurak og‘ir kelsa – yomon ishlar qilgan bo‘ladi
Chjou davlati yerlari ulkanligi bois hukmdorlar uni shunday atagan
Chjou davlati hukmdorlari o‘zlarini shunday atagan
Baqtriya ustalari oltindan yasagan ot-arava
Diktatorning o‘rinbosari
Aravalarda va otlarda poyga uyushtirilgan joy
O‘zlashtiruvchi xo‘jalik turi
Shumerliklar yaratgan; oy yili davomiyligi 354 kun etib belgilangan
Qadimgi Rimda qullar bilan birga fuqaro hisoblanmagan tabaqa
Qadimgi Rim qonunchiligi dastlab asoslangan qonunlar; sud majlislarida patritsiylar ko‘pincha adolatsiz qarorlar chiqargan
Qal’a va shaharlarni himoya qilishda o‘q-yoy bilan birga foydalanilgan
Qadimgi tosh davri (yunoncha paleos – «qadimgi» va litos – «tosh»); ilk, o‘rta va so‘nggi paleolit davrlariga ajratib o‘rganiladi
Xususiy gimnastika maktabi; unda adabiyot, she’r yozish va musiqa san’ati o‘rgatilgan
Rimdagi ibodatxona; yunonchada «barcha xudolar ibodatxonasi» ma’nosini anglatadi; shifti gumbaz shaklida ustunlarsiz qurilgan
Yunonchada «bolani yo‘lda kuzatib boruvchi» ma’nosini anglatadi; ota-onalar bolalarini pedagogga haq to‘lab o‘qitgan
Perikl hukmronligi davri (mil. avv. 443–429-yillar): Afina eng qudratli davlatga aylanib, demokratiya ravnaq topgan davr
Spartada to‘la-to‘kis huquqlarga ega bo‘lmagan fuqarolar
Qoyadagi qadimgi tasvirlar, masalan o‘q-yoy bilan ov qilish tasviri
Ibodatxonaga kirish yo‘li; uning yuqori qismi yunon ma’budlarining haykallari bilan bezatilgan
Spitaman Zarafshon bo‘yida makedoniyaliklarga pistirma qo‘yib, dushman guruhini tamomila qirib tashlagan
Shumer shaharlarida tosh va xom g‘isht bilan birga qurilishda ishlatilgan material
Rimga ko‘chib kelgan odamlar va ularning avlodlari
Qo‘llar uzunligi turlicha bo‘lgani sababli joriy etilgan yagona o‘lchov; 52,5 santimetrga teng
Yunoncha «shahar»; bir qancha manzilgohlar birlashishi yo‘li bilan tashkil topgan yunon shaharlari; hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlari bo‘lgan
Manbalarda Zarafshon daryosi shunday atalgan
Kohinlar – Rim ruhoniylari; diniy marosimlar o‘tkazilishini nazorat qilib, bayramlar taqvimi, marosimlar, tantanalar tartibini tuzishgan
5 nafardan 15 nafargacha ruhoniylar jamlangan kengash; unga buyuk pontifik rahbarlik qilgan
Rim davlatining viloyati; Misr ham Rim davlati provinsiyasiga aylangan
Vima Kadfiz davrida hukmdor nomi bitilgan tanga zarb qilish boshlanib, tangalar qiymati oshgan; xo‘jalik va savdo- sotiq rivojiga ko‘maklashgan
Bir joyda yashab turgan bir qancha urug‘lar qabilani tashkil etgan
Qadimgi Misr tarixidagi davr; bu davrda Sinay yarimoroli bosib olingan, mahalliy qabilalar Misrga soliq to‘lay boshlagan
O‘rta Osiyodagi eng qadimgi yozuv (Oybo‘yirqal’adan topilgan); aramey alifbosiga asoslangan, 20 ta harfdan tashkil topgan; qora siyohda sopol, suyak, yog‘och taxtachalar va charmga bitilgan
Bolqon yarimoroli va O‘rta Yer dengizi orollarini o‘z ichiga olgan qadimgi yunon davlatlarining umumiy nomi
Etrusklar qalqoni
Spitaman Maroqandani qamal qilgan; yunonlarning katta kuchlari yaqinlashgach, qamalni qoldirgan
Iyerogliflarni papirusga yozishda ishlatilgan qamish qilqalam
Vodiyliklar (misrliklar) o‘z yurtiga bergan nom; Nilning quyi qismi qora tuproqli serhosil dalalardan iborat bo‘lgan
G‘orlar devorlaridagi qadimgi rasmlar; ular qadimgi odamlarda diniy e’tiqodlar bo‘lganining isboti; odamlar rasmlar ovda yordam berishiga ishongan
Farg‘onadagi ot tasviri
Xitoyda miloddan avvalgi I asrda ixtiro qilingan
Qullar savdoga chiqariladigan bozor; har bir Rim shahrida bo‘lgan
Yo‘lboshlovchi; Shiroq forslarga quloviz bo‘lgan
Saroylar, ibodatxonalar va uylar bunyod etgan hunarmandlar
Shumerliklar yaratgan; quyosh yili davomiyligi 365 kun etib belgilangan
Toshdan yasalgan qo‘l cho‘qmori – tosh davri mehnat quroli
Qadimiy qo‘lyozma – qadimgi yozma manba
Eng qadimgi rasadxonalar zikkuratlar yuqorisidagi maydonchada barpo etilgan
Rim hukmdorlari ramzi hisoblangan
Butun hokimiyat bir kishi qo‘lida jamlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan boshqaruv shakli; mil. avv. 509-yilda podsho hokimiyatining ag‘darilishi uning asosini yaratgan
Arximed richag (dastak) qonunini ishlab chiqqan
Rozett shahri yaqinidan topilgan, qadimgi misr va qadimgi yunon tillarida bir xil ma’nodagi bitik chekilgan tosh; u orqali Jak-Fransua Shampolyon 1822-yilda Misr matnlarini o‘qigan; Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi
Jangovar oybolta
O‘rta Osiyoning tog‘lik, dasht va cho‘l yerlarida istiqomat qilgan, asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan ko‘chmanchi qabilalar
Qadimiy hind tillari asosida ishlab chiqilgan yangi adabiy til; «Mahabharata», «Ramayana» dostonlari shu tilda yozilgan
Ktesiy fors shohi Artakserks saroyida uzoq muddat yashab, saroy tabibi bo‘lgan
Ikkinchi darajali ma’bud; o‘rmonlar, daryolar va tog‘larda yashagan deb tasavvur qilingan
Satrapiya hukmdori; satraplarga cheklanmagan hokimiyat berilgan, ko‘pchiligi Ahamoniylar sulolasi vakillari bo‘lgan
Senatning umrbod a’zosi; vaqt o‘tishi bilan konsullar hech bir saylovsiz Senatda o‘rin egallab, senatorga aylangan
Xitoyda ixtiro qilingan, zilzilani oldindan aniqlab beruvchi moslama
Peshanasida bitta ko‘zi bo‘lgan bahaybat mavjudot – afsona qahramoni (sxema)
Xitoyni birlashtirgan hukmdor olgan nom; «Sinning birinchi hukmdori» degan ma’noni bildiradi
Yarim qush, yarim ayol ko‘rinishidagi afsona qahramoni (sxema)
Qadimdagi jamiyat taraqqiyotining ancha yuksak darajasi (shaharlar, yozuv va davlatlarning rivojlanishi)
Bosib olingan mahalliy qabilalar Misrga, mayda «nom»lar esa giksoslarga to‘lagan
Mil. avv. 594-yilda Solon davlatni idora qilishning oldingi tizimini o‘zgartirdi: aristokratiya demokratiyaga almashtirildi, dehqonlarni qarzi uchun qul qilish bekor bo‘ldi, Xalq majlisi faoliyati tiklandi
Sin Shixuandi maqbarasidan topilgan, hukmdorni «qo‘riqlash» uchun o‘rnatilgan 6 mingta sopol askarlar haykallari
Ko‘zaliqirdan topilgan sopol qozon
Xirmonjoydan chiqqan don saqlangan idish; donni kemiruvchi zararkunandalardan himoyalagan
Shahar soqchilari burjining maketi
O‘rta Osiyo jangchilari jangga sovut kiyib kirgan
Mil. avv. 74–71-yillarda Spartak boshchiligidagi qullar qo‘zg‘oloni; qadimgi dunyoda eng ommaviy va uyushgan qo‘zg‘olonlardan biri
Sug‘dcha nom; ildizlari avesto tilida «Spentamana» – «Muqaddas ruh» ma’nosini anglatgan
Fir’avn Yaxmos yangi fir’avnlar sulolasi asoschisiga aylangan
Kanallar va ariqlar yordamida ekinlarni sug‘orish
Xorazm aholisi xo‘jaligining asosi; Amudaryodan uzunligi 40–50 kilometrga yetadigan keng sug‘orish kanallari chiqarilgan
Vaqt o‘lchaydigan, 24 ta bo‘lmaga ajratilgan maxsus idish; bir bo‘lmadan ikkinchisiga oqib o‘tadigan suv hajmi bir soat hisoblangan
Kushonlar davrida keng foydalanilgan moslama
Nishablik asosida qurilgan quvurlar; tog‘dagi buloqlardan suvning o‘zi oqib kelgan
Daryodan suv chiqarishda ishlatilgan moslama
Dushmanga qarshi hujumni boshlab bergan otliqlar; hujum qila turib dushmanga o‘q va nayzalarni yog‘dirgan
Aramey alifbosi asosidagi yozuv; Amudaryoning quyi oqimi, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida keng tarqalgan
Sug‘diyona hududida yashaydigan aholi; Zarafshon va Qashqadaryo vohasida dehqonchilik bilan shug‘ullangan elat
Yunon yozma manbalarida Zarafshon va Qashqadaryo vohasidagi hududning nomi
Savdo-sotiq va hunarmandchilik bilan birga Kushon davlati xo‘jaligining asosini tashkil qilgan
Mil. avv. 40–12-mingyilliklar; toshga ishlov berish texnikasi va mehnat qurollari yasash usullari o‘zgargan davr
Qang‘ davlati tamg‘asi
Munchoq, tumor, uzuk; so‘nggi paleolit davrida odam ularni yasashni o‘rgangan
Qadimda Gerodotga berilgan nom; u yunon- fors urushlariga bag‘ishlab «Tarix» deb nomlangan kitob yozgan
Yunonchadan tarjima qilganda «tomoshalar uchun joy», «tomoshaxona» degan ma’nolarni anglatadi; Yunonistonda bundan ikki yarim ming yil muqaddam dunyoga kelgan
Temirdan mehnat qurollari yasala boshlagan davr; O‘rta Osiyoda temirdan yasalgan ilk mehnat qurollari mil. avv. IX– VIII asrlarga tegishli
O‘zlashtiruvchi xo‘jalik turi
Qadimgi tosh davrining navbatdagi bosqichida vujudga kelgan, tanasi baquvvat, tabiiy olovdan foydalanishni bilgan va keng hududlarga tarqalgan qadimgi inson
Liboslar tikkan hunarmandlar
Misrdagi asosiy o‘lchov birligi; tirsakdan barmoqlar uchigacha bo‘lgan uzunlikka teng; bir tirsak = yettita kaft
Afsonalardagi mavjudot: Okean – dengizlar hukmdori bo‘lgan titan, Atlant – ulkan osmon gumbazini yelkasida suyab turgan titan
Rimliklar libosi: o‘g‘il bolalar 14 yoshgacha pushti yo‘lli toga, voyaga yetgach (14 yoshdan) oppoq toga kiyishgan; senatorlar ham harir toga kiyishgan
Odamlar guruhi jamoasining biror hayvon yoki o‘simlik turi bilan qarindoshlik aloqasiga ishonish
Xitoy qo‘shini Davan poytaxti Ershini aholining tovon to‘lashi evaziga tashlab chiqqan; keyinroq Xitoy lashkari zarur miqdordagi otlarni tovon sifatida olib qaytgan
Insoniyat tarixining boshlanishi; eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini toshlardan yasashgani uchun arxeologlar shunday atashadi
Yangi podsholik davrida fir’avnlar dafn etilgan, tog‘larda o‘yilgan maqbaralar
Krater hujum qilib kelayotgan suvoriylarga qarshi ishga solgan qurol; otilgan toshlar otliqlar safiga shikast yetkazgan
Piramida ichidagi xonalardan birida joylashgan, fir’avnning mumiyolangan jasadi solingan tosh tobut
O‘zaro kurash namoyish etilgan, odatda qatnashuvchi kishilar halok bo‘lishi bilan tugaydigan pyesalar
Rimdagi balandligi 40 metrga teng ustun; sirtida daklar bilan urush manzaralari tasvirlangan
Rim imperiyasida barpo etilgan inshootlardan biri (rasm izohi ham bor)
Hozirgi tillarda xosiyatsiz sovg‘a-salom ma’nosini anglatadigan ibora; yunonlar ichiga jangchilarini yashirgan ulkan yog‘och ot
Mumiyolashda matolar qati orasiga qo‘yilgan omad keltiruvchi buyum
Uning qurilishi so‘nggi paleolit davri odamlarining muhim ixtirosi bo‘lgan
Xitoy tilida «samoviy tog‘lar» deb tarjima qilinadi; bu nom otlarga ham o‘tgan
Kiyim-kechak uchun materiallar tayyorlagan hunarmandlar
Tolalar va jundan kiyim-kechak tayyorlash; neolit davrining muhim kashfiyoti
Ko‘plab shahar va qo‘shni mamlakatlarni zabt etgan Sargon I o‘zini shunday deb e’lon qilgan
Cholg‘u asbobi; Ayritomda topilgan tasvirda musiqachilar do‘mbira va ud chalayotgani tasvirlangan
Kavkazortidagi Urartu davlati aholisi shunday atalgan
Soy bo‘ylarida joylashgan, bog‘lar va ekinzorlar bilan o‘ralgan dehqonlar turarjoyi
Sparta podshosi Leonid boshchiligidagi yunonlarning Fermopil darasini matonat bilan himoya qilib, barchasi qahramonlarcha halok bo‘lgani; tarixda shu nom bilan qolgan
Germanlarning qabilalari; milodiy 455-yilda Rimga hujum qilib, ikki hafta davomida shaharni talagan
Dehqon, hunarmand va savdogarlar tabaqasi
«Taqiqlayman»; xalq tribuni bu so‘zni aytsa, qonun qabul qilinmas edi
Shohona uy-joylar
Afinadagi muhim davlat organi; uning faoliyatida 30 yoshga to‘lgan fuqarolar ishtirok etgan
Qashshoq rimliklar manfaatlarini ifoda etgan mansabdor; majlislarda barcha fuqarolarning teng va yashirin ovozi bilan saylangan; «veto» so‘zini aytishi mumkin bo‘lgan
Afinada savdo-sotiq, sud va harbiy sohalarga oid muhim masalalar muhokama qilingan yig‘in
Bobil podshosi Xammurapi tuzgan qat’iy qonunlar; hamma uchun – badavlat va qashshoq uchun birdek bo‘lgan, barcha shaharlarda tosh ustunlarga yozib qo‘yilgan, ma’budlar xohish-irodasi sifatida talqin etilgan
Mil. avv. 1-mingyillikka oid buyum
Hayvonlar tasvirlangan muhrlardagi qadimiy yozuv
Qadimgi misrlik xattotlar (rasm izohi); husnixat san’atini egallagan kishilar
Hosil tashib kelinib, ustidan hayvonlarni haydab o‘tish orqali yanchiladigan maxsus joy
Liktorlar yelkasiga taqib yurgan, o‘rtasida boltachasi bo‘lgan bog‘lama; konsulning jinoyatchilarni jazolash imkoniyatiga egaligi alomati
Xorazmliklar yurtining yunon manbalaridagi nomi
Aramey alifbosi asosidagi yozuv; Amudaryoning quyi oqimi, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida keng tarqalgan
Amudaryoning quyi oqimida yashagan o‘troq dehqon elatlari
Iso payg‘ambar ta’limoti izdoshlari
Iso payg‘ambar ta’limoti asosidagi din; milodiy I asr uning vujudga kelgan sanasi hisoblanadi; milodiy 313-yilda boshqa dinlar bilan teng deb e’lon qilingan
Yunonlar hayoti va tevarak-olam tobe deb ishongan ko‘zga ko‘rinmas sirli kuchlar; Yer yuzi va marhumlar saltanatidagi hayotda hukmron bo‘lgan
Kulollar loydan yasalgan idish-tovoqlarni pishirgan maxsus joy
«12 jadval qonunlari» uni daxlsiz deb e’lon qilgan
Mudofaa maqsadida qo‘llangan, tosh va pishirilgan loydan tayyorlangan
Sirdaryo
Giksoslarni Misrdan haydab chiqargan fir’avn Yaxmos zamonidan boshlangan davr; bu davr hukmdorlari qo‘shni davlatlarga bosqinchilik yurishlari uyushtirgan
Xristianlar jamoalariga peshvolik qiluvchilar
Iso Masih haqidagi rivoyatlar; yunonchadan tarjima qilganda «xushxabar» ma’nosini anglatadi
Xitoy yilnomalarida Davan va «samoviy otlar» uchun urush haqida ma’lumotlar yozilgan; arxeologlar topgan dalillar ularni tasdiqlagan
Qullar bilan birga katta yer-mulklarda dalalarga ishlov bergan erkin kishilar
Mil. avv. I asrda harbiy boshliqlar tayangan muntazam qo‘shin; yollanma askarlarni faqat o‘lja qiziqtirgan, ular uchun kim bilan jang qilishning farqi bo‘lmagan
Arxeologiya ma’lumotlari to‘la tasavvur berolmagani uchun olimlar murojaat etadigan manbalar (masalan, «Avesto», Behistun yozuvlari)
Mil. avv. 140–130-yillar oralig‘ida Yunon- Baqtriya davlatini bosib olib, Baqtriya yerlariga kelib o‘rnashgan ko‘chmanchi qabilalar; ular orasidan Kushon xonadoni yuksalgan
Kushon podsholigidagi yana bir yozuv tizimi; bu alifbodagi kushon bitiklari Surxko‘tal va Kampirtepadan topilgan
Mil. avv. V asr boshlarida forslarning Yunonistonga yurishi bilan boshlangan urushlar; mil. avv. 449-yildagi sulh natijasida yunonlarning to‘liq g‘alabasi bilan yakunlangan
Oltin va qimmatbaho toshlardan taqinchoqlar yasagan hunarmandlar
Soliq sifatida berilgan hunarmandchilik buyumlari qatorida tilga olinadi; Amudaryo xazinasidan topilgan zeb-ziynatlar rasmi ham berilgan
Ishlab chiqaruvchi xo‘jalik turi; ibtidoiy ziroatchilik bilan inson mezolit davrida shug‘ullana boshlagan
Plebeylar talabi bilan yaratilgan qonunlarning yozma majmuasi; 12 ta mis lavhaga o‘yib yozilib, forumga joylashtirilgan; xususiy mulkni daxlsiz deb e’lon qilgan, ammo plebeylar va patritsiylar tengsizligini qonunlashtirgan
Mezolit davrida inson yasashni o‘rgangan qurol
Milodiy 476-yildan (G‘arbiy Rim imperiyasi qulaganidan) boshlanadigan tarix davri
Qadimgi tosh davrining o‘rta bosqichi (mil. avv. 100–40-mingyillik); Teshiktosh g‘ori shu davr madaniyatining yodgorligi
Qadimgi Misr tarixidagi davr; bu davr fir’avnlari Janubiy Falastin yerlari va Nubiya shimolini Misrga qo‘shib olgan
Neolit davrida odam doimiy turarjoylar qura boshlab, shu turmush tarziga o‘tgan
Bronza davrida kashf etilgan; shu tariqa dastlabki aravalar paydo bo‘lgan
Forslar hukmdorining unvoni (shahanshoh Kir II)
Hindistonda ixtiro qilingan, hindlarning o‘zi «qo‘shinlarning to‘rt turi» deb ataydigan o‘yin
Doro I Persepol shahridan O‘rta Yer dengiziga qadar qurdirgan savdo yo‘li
Yangi podsholik davrida fir’avnlar uchun maqbaralar qurilgan vodiy
Xorazm hukmdorlarining qarorgohi – Tuproqqal’a (milodiy II–III asrlar)
Xizmatkorlar va qullar tabaqasi; Brahmaning tovonidan yaratilgan deb hisoblangan
Mil. avv. 4-mingyillikda Janubiy Mesopotamiyaga joylashib, manzilgoh va shaharlar barpo etgan xalq; bu yurtni Shumer deb atagan
Tabaqalardan birortasiga mansub bo‘lmaganlar, ya’ni «hazar qilinadiganlar»; kastalarga mansub odamlar bilan bir uyda yashay olmagan, uzoqdan ko‘rinadigan alohida kiyim kiyishi shart bo‘lgan
Uch ayrili nayza; gladiator to‘r bilan birga ishlatgan
Suv chiqaradigan moslama
Bir tomoni urib o‘tkirlangan qo‘pol tosh qurollar arxeologiya fanida chopperlar deb nomlangan
Temir asri boshlarida O‘rta Osiyo aholisi bo‘lingan guruhlardan biri
Ishlab chiqaruvchi xo‘jalik turi; ibtidoiy chorvachilik bilan inson mezolit davrida shug‘ullana boshlagan
Choy daraxti barglaridan tayyorlanadigan shifobaxsh ichimlik