1.
8962ab\overline{8962ab} ko'rinishidagi son 12 ga qoldiqsiz bo'linsa, aba \cdot b ning eng katta qiymatini toping.
2.
Hisoblang.

451063442584(213119):434:3132\frac{45\frac{10}{63} - 44\frac{25}{84}}{\left(2\frac{1}{3} - 1\frac{1}{9}\right) : 4 - \frac{3}{4}} : \frac{31}{32}
3.
Birinchi sonning 10%10\% iga ikkinchi sonning 16\frac{1}{6} qismi qo'shilgani, birinchi sonning yarmidan ikkinchi sonning yarmini ayirganimizga teng. Birinchi sonning ikkinchi songa nisbatini toping.
4.
O'quvchi ikkita kitobni 205000 so'mga sotib oldi. Agar birinchi kitob narxi 15%15\% ga kamaytirilsa va ikkinchi kitob narxi 20%20\% ga oshirilsa, u holda kitoblarning yangi narxlari o'zaro teng bo'ladi. Birinchi kitobning narxi ikkinchi kitob narxidan necha so'mga qimmat ekanini aniqlang.
5.
Hisoblang.

(12)3+(13)4++(199)100(-1^2)^3 + (-1^3)^4 + \ldots + (-1^{99})^{100}
6.
Sonlarni kamayish tartibida joylashtiring.

a=8+3,b=6+2,c=23+2a = \sqrt{8} + \sqrt{3},\quad b = \sqrt{6} + 2,\quad c = 2\sqrt{3} + \sqrt{2}
7.
Hisoblang.

26+1533+261533\sqrt[3]{26 + 15\sqrt{3}} + \sqrt[3]{26 - 15\sqrt{3}}
8.
nn ta hadli arifmetik progressiyaning nn ta hadi o'rta arifmetigi 2n2n ga teng bo'lsa, arifmetik progressiyaning o'ninchi hadini toping.
9.
Geometrik progressiyada b1+b2+b3=70b_1 + b_2 + b_3 = 70 va b1b2b3=8000b_1 \cdot b_2 \cdot b_3 = 8000 bo'lsa, dastlabki beshta hadi yig'indisini toping.
10.
Ifodani soddalashtiring.

x+2y4x2y2xy3+2xy23x2y\frac{x + 2y - \frac{4x^2 - y^2}{x}}{y^3 + 2xy^2 - 3x^2y}
11.
Agar x>0x > 0 bo'lsa, ifodani soddalashtiring.

12(x222x)2+112x(x2+2)\frac{\sqrt{\frac{1}{2}\left(\frac{x^2 - 2}{2x}\right)^2 + 1}}{\frac{1}{2x}(x^2 + 2)}
12.
Agar sinα=45\sin\alpha = -\frac{4}{5} (3π2<α<2π)\left(\frac{3\pi}{2} < \alpha < 2\pi\right) bo'lsa, cosα\cos\alpha ni toping.
13.
Tenglama [π2;π]\left[-\frac{\pi}{2}; \pi\right] oraliqda nechta yechimga ega?

3sin2x+sin22x=32123cos2x\sqrt{3}\sin^2 x + \sin^2 2x = \frac{\sqrt{3}}{2} - \frac{1}{2} - \sqrt{3}\cos 2x
14.
Tengsizlikni nechta butun son qanoatlantiradi?

(12)x2+3x2x8>0\left(\frac{1}{2}\right)^{x^2 + 3x} - \frac{2^{-x}}{8} > 0
15.
Tengsizlikni nechta butun son qanoatlantiradi?

log0,5log2logx19>0\log_{0{,}5}\log_2\log_{x-1} 9 > 0
16.
Tenglama nechta haqiqiy ildizga ega?

4(x+6)(x1)5(x+2)(x+3)=14\frac{4}{(x + 6)(x - 1)} - \frac{5}{(x + 2)(x + 3)} = \frac{1}{4}
17.
Tenglama nechta haqiqiy ildizga ega?

(x6)4+(x8)4=16(x - 6)^4 + (x - 8)^4 = 16
18.
Tengsizlikni nechta butun son qanoatlantiradi?

x21x2+1+x22x+10\frac{x^2 - 1}{x^2 + 1} + x^2 - 2x + 1 \le 0
19.
Nechta natural son tengsizlikning yechimi bo'la olmaydi?

x(x3)2>0x(x - 3)^2 > 0
20.
Agar f(x)=lnx+ln3f(x) = \ln x + \ln 3 va g(x)=2exg(x) = 2e^x bo'lsa, g(f(3))g(f(3)) ni hisoblang.
21.
Aniq integralni hisoblang.

11x4x2+1dx\int_{-1}^{1} \frac{x^4}{x^2 + 1}\,dx
22.
y=1x2+4y = \frac{1}{x^2 + 4} funksiyaga grafigiga o'tkazilgan urinmasi absissa o'qiga parallel bo'ladi. Urinish nuqtasining koordinatalari yig'indisini toping.
23.
Aylanaga kvadrat ichki chizilgan, aylana radiusi 6\sqrt{6} ga teng bo'lsa, kvadratning yuzini toping.
Savol
24.
f(x,y,z)=x2+1x21+2y212y2+1+4z214z2+1f(x, y, z) = \frac{x^2 + 1}{x^2 - 1} + \frac{2y^2 - 1}{2y^2 + 1} + \frac{4z^2 - 1}{4z^2 + 1}, a>1|a| > 1, 1<b1-1 < b \le 1 va 1c<1-1 \le c < 1 funksiya berilgan. Funksiyaning x=a21a1x = \frac{\sqrt{a^2 - 1}}{a - 1}, y=1b2+2by = \sqrt{\frac{1 - b}{2 + 2b}}, z=1c22(c1)z = \frac{\sqrt{1 - c^2}}{2(c - 1)} bo'lgandagi qiymatini toping.
25.
Uchburchakning eng katta tomoni 8 ga, yon tomonlari esa (3x4)(3x - 4) va (2x+1)(2x + 1) ga teng. Agar uchburchakning tomonlari butun sonlardan iborat bo'lsa, uchburchak perimetrini toping.
Savol
26.
Rasmdagi ma'lumotlar asosida α\alpha burchakni toping.
Savol
27.
ABCDABCD teng yonli trapetsiyada KLKL o'rta chiziq o'tkazilgan. Trapetsiyaning CC uchidan ADAD katta asosiga CHCH balandlik tushirildi. CHCH balandlik KLKL o'rta chiziqni OO nuqtada kesib o'tadi. Agar KL=48KL = 48 va KO:OL=5:1KO : OL = 5 : 1 bo'lsa, ADAD katta asosni toping.
Savol
28.
Qavariq nn burchakning diagonallari soni 25 dan kichik emas va 30 dan katta emas. nn ning qiymatini toping.
29.
Uchlari A(1;1;1)A(1; -1; -1), B(2;2;1)B(2; 2; 1) va C(3;3;3)C(3; 3; 3) nuqtalarda bo'lgan ABCABC uchburchak berilgan. ABCABC uchburchakda ACAC asosga BDBD mediana tushirilgan. cosBDC\cos\angle BDC ni toping.
30.
α\alpha tekislikdan tashqarida joylashgan AA nuqtadan ushbu tekislikka ABAB va ACAC og'malar hamda AHAH perpendikulyar tushirilgan. Bu yerda HH — perpendikulyarning asos nuqtasi bo'lib, BB, CC va HH nuqtalar α\alpha tekislikda yotadi. Agar AH=4AH = 4, ABH=45\angle ABH = 45^\circ, ACH=60\angle ACH = 60^\circ, BHC=60\angle BHC = 60^\circ bo'lsa, AHBCAHBC piramidaning hajmini toping.
31.
AA to'plamga 1 element qo'shilgandagi qism to'plamlar soni va AA to'plamning 1 ta element olingandagi qism to'plamlar sonidan 12 ga ko'p bo'lsa, AA to'plamning qism to'plamlar soni nechta?
32.
1000 gacha bo'lgan natural sonlar ichida 11 ga qoldiqsiz bo'linadigan va 2 ga ham 3 ga ham qoldiqsiz bo'linmaydigan sonlar nechta?

Topshiriqlar (33-35) va javob variantlari (A-F) ni o'zaro moslashtiring.

33-35.
Asosining radiusi 6 cm bo'lgan silindrga konus ichki chizilgan, konusga esa shar ichki chizilgan. Konusning asosi va uchi silindr asoslari markazlarida yotadi. Agar konus yon sirti 60π cm260\pi\ cm^2 ga teng bo'lsa,

Javob variantlari:

A)
36π36\pi
B)
96π96\pi
C)
180π180\pi
D)
72π72\pi
E)
192π192\pi
F)
144π144\pi
SavolABCDEF
33.
Silindr va konus to'la sirtlarining ayirmasini toping.
34.
Silindr va konus hajmlari ayirmasini toping.
35.
Shar hajmini toping.
36.
Tenglamani yeching.

x+2x+2=(x+3)x4\sqrt{x} + 2x + 2 = (x + 3)\sqrt[4]{x}
a) Tenglama nechta haqiqiy ildizga ega?
b) Tenglamaning haqiqiy ildizlari yig'indisini toping.
37.
Tenglamani yeching.

sin3x(1+ctgx)+cos3x(1+tgx)=2sinxcosx\sin^3 x\,(1 + \operatorname{ctg}x) + \cos^3 x\,(1 + \operatorname{tg}x) = 2\sqrt{\sin x \cos x}
a) Tenglamaning eng kichik musbat yechimini toping.
b) Tenglama [5π2;5π2]\left[-\frac{5\pi}{2}; \frac{5\pi}{2}\right] oraliqdagi nechta yechimga ega?
38.
f(x)=4x24x4+1f(x) = \frac{4x^2}{4x^4 + 1} funksiya berilgan.
a) Funksiyaning eng katta qiymatini toping.
b) Funksiyaning qiymatlar sohasiga nechta butun son tegishli?
39.
f(x)=arctg2x1013f(x) = \operatorname{arctg}2^{x - 1013} funksiya berilgan.
a) f(0)+f(1)++f(2026)f(0) + f(1) + \ldots + f(2026) ni toping.
b) f(1013)f'(1013) ni toping.
40.
Rasmda f(x)=2xf(x) = \frac{2}{x}, y1=0y_1 = 0, y2=2y_2 = 2, x1=0x_1 = 0 va x2=2x_2 = 2 funksiya grafiklari tasvirlangan.
Savol
a) Bo'yalgan soha yuzini toping.
b) Bo'yalgan sohani OXOX o'qi atrofida 360360^\circ ga aylantirishdan hosil bo'lgan jism hajmini toping. (π3\pi \approx 3 deb oling.)
41.
ABCABC uchburchakning ACAC asosidan DD nuqta tanlab olinib BB uchi bilan tutashtirildi. ABDABD va BDCBDC uchburchaklarga mos ravishda O1O_1 va O2O_2 markazli aylanalar ichki chizilgan. Agar AB=10AB = 10, BC=14BC = 14, AD=10AD = 10 va DC=6DC = 6 bo'lsa,
Savol
a) BDBD kesma uzunligini toping.
b) O1O2DO_1O_2D uchburchak yuzini toping.
42.
ABCDABCD qavariq to'rtburchakning ABAB, BCBC va CDCD tomonlaridan mos ravishda EE, FF, GG nuqtalar olindi. Bunda AE:EB=CF:FB=CG:GD=3:4AE : EB = CF : FB = CG : GD = 3 : 4, EF=8EF = 8, FG=6FG = 6 va EFFGEF \perp FG bo'lsa,
Savol
a) EFGEFG uchburchak yuzini toping.
b) ABCDABCD to'rtburchak yuzini toping.
43.
Asosi tomonlari 3 va 5 ga teng bo'lgan ABCDABCD trapetsiyaga markazlari O1O_1 va O2O_2 bo'lgan aylanalar ichki va tashqi chizilgan. O1O_1 markazli aylana ABAB va CDCD yon tomonlarga EE va FF nuqtalarda urinadi.
Savol
a) BCFO1EBCFO_1E beshburchak yuzini toping.
b) AEO1FDO2AEO_1FDO_2 oltiburchak yuzini toping.
44.
Barcha yon qirralari teng bo'lgan piramida sharga ichki chizilgan. Piramidaning asosi teng yonli trapetsiyadan iborat. Trapetsiyaning yon tomonlari 3 ga, asoslari esa 5 va 8 ga teng. Piramida yon qirrasi 1433\frac{14\sqrt{3}}{3} ga teng bo'lsa,
a) Piramida balandligini toping.
b) Shar radiusini toping.
45.
Rasmda ABAB qiyalik orqali jism CC nuqtaga qarab tortilmoqda. ABAB qiyalikda 9 km/soat, BCBC tekislikda esa 15 km/soat tezlik bilan tortilmoqda. Bunda AC=50AC = 50 m, DC=30DC = 30 m va BAD=α\angle BAD = \alpha. AA nuqtadagi jism eng qisqa vaqt ichida CC nuqtaga tortib borildi.
Savol
a) cosα\cos\alpha ni toping.
b) Eng kam vaqtni toping (soat).