1.
Yer ekvatorining uzunligi 40000 km ga teng. Reaktiv raketa 3200 km/h tezlik bilan harakatlansa, ekvatorni qancha vaqtda (h) aylanib chiqadi?
2.
Jism 3 m/s2^2 tezlanish bilan harakatlanmoqda. Uning 4 s dan keyingi o'rtacha tezligi 16 m/s ga teng. Jismning boshlang'ich tezligini (m/s) toping.
3.
Kuchning tezlanishga nisbati nimani ifodalaydi?
4.
Jism qiya tekislikda harakatsiz turibdi. Jism va sirt orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti μ=3\mu = \sqrt{3} ga teng. Jismga ta'sir etuvchi ishqalanish kuchini (N) aniqlang.
Savol
5.
Gorizontga burchak ostida otilgan jismning maksimal potensial energiyasi to'la energiyaning 75 % ini tashkil qiladi. Jismning uloqtirish burchagini aniqlang.
6.
Radiuslari 6 cm va 4 cm bo'lgan sharlarning massalari mos ravishda 40 kg va 24 kg ga teng. Ular o'zaro 14 cm uzunlikdagi sterjen orqali bog'langan. Sistemaning massa markazi 6 cm radiusli sharning massa markazidan qanday masofada (cm) turibdi?
7.
Sig'imi 280 m3^3 bo'lgan hovuzda 9 ta nasos o'rnatilgan. Bitta nasos 15 minutda 6 t suvni tortib chiqaradi. 9 ta nasos 1 soat davomida ishlaganda hovuzda qancha suv (t) qoladi?
8.
Chizmada berilgan ma'lumotlardan foydalanib jismning suyuqlikka botgan qismining hajmini (dm3^3) toping. Jismning to'la hajmi 48 dm3^3, zichligi 1250 kg/m3^3 ga teng.
Savol
9.
Hajmi 6 cm3^3 bo'lgan jism suvli idish tubida yotibdi. Unga gorizontal yo'nalishda 44\sqrt{44} m/s2^2 tezlanish berildi. Jismga ta'sir qilayotgan arximed kuchini (mN) aniqlang.
10.
Garmonik tebranayotgan jismning to'lqin uzunligi 0,8 m ga teng. To'lqinning birinchi va to'rtinchi do'ngliklari orasidagi masofani (m) toping.
11.
Tebranma harakat qilayotgan jismning siljish tenglamasi x=2cos(2,5πt)x = 2\cos(2,5\pi t) [cm] ko'rinishga ega. Jismning maksimal tezlanishini (m/s2^2) aniqlang. π210\pi^2 \approx 10.
12.
2 mol C3H8C_3H_8 ning massasini (g) aniqlang.
13.
Yupiter atmosferasi asosan geliy gazidan iborat. Uning bosimi 100 kPa, zichligi esa 1,3 kg/m3^3 ga teng. Uning temperaturasini (K) aniqlang.
14.
Xona o'lchamlari 3 m ×\times 4 m ×\times 5 m ga teng. Xonaning nisbiy namligi 50 % ga teng. Xona harorati 20 ^\circC ga teng. Xonadagi suv bug'ining massasini (g) aniqlang. 20 ^\circC da to'yingan bug'ning zichligi 17,2 g/m3^3 ga teng.
15.
Yung moduli 200 GPa bo'lgan qattiq jismning mexanik kuchlanishi 120 MPa ga teng. Nisbiy uzayishni (%) aniqlang.
16.
Modda miqdori 5 mol bo'lgan bir atomli gaz p=kVp = kV qonuniyat bilan kengaymoqda. Agar temperatura 40 K ga ortgan bo'lsa, gaz olgan issiqlik miqdorini (J) aniqlang. kk — o'zgarmas son.
17.
Bir jinsli elektr maydonning ikki nuqtasi orasidagi maydon kuchlanganligi 120 V/m ga, nuqtalar orasidagi masofa 5 cm ga teng. Nuqtalar orasidagi potensiallar farqini (V) aniqlang.
18.
Zaryadi qq bo'lgan sharning radiusi RR ga teng. Uning sirt energiyasini hisoblang.
19.
Sirt energiyasi 8,1 mJ bo'lgan sharning radiusi 5 cm ga teng. Uning sirt zichligini (μ\muC/m2^2) aniqlang. π210\pi^2 \approx 10.
20.
O'tkazgich simdagi tok kuchi I=5tI = 5t [A] qonuniyat bo'yicha o'zgarayotgan bo'lsa, 4 s da undan qancha zaryad (C) oqib o'tadi?
21.
Reostat surgichi pastga surilganda ideal ampermetrning ko'rsatkichi qanday o'zgaradi?
Savol
22.
Grafikda metall o'tkazgich qarshiligining temperaturaga bog'lanishi tasvirlangan. Qarshilikning termik koeffitsiyentini (K1^{-1}) toping.
Savol
23.
Fazoning bir nuqtasida janubga tomon 0,3 T, g'arbga 0,9 T va sharqqa 0,5 T magnit induksiya hosil bo'lmoqda. Shu nuqtadagi natijaviy induksiyani (T) aniqlang.
24.
O'zgarmas tok manbaiga ideal induktiv g'altak ulangan. Bunda 4L1=3L24L_1 = 3L_2 ga teng. Birinchi g'altakdagi magnit oqim 72 mWb ga teng bo'lsa, ikkinchi g'altakdagi magnit oqimni (mWb) toping. G'altaklarning aktiv qarshiligini inobatga olmang.
Savol
25.
Induktiv g'altak orqali I=15I = 15 A tok o'tmoqda. G'altakning magnit oqimi ϕ=6\phi = 6 Wb ga teng. G'altakda hosil bo'lgan magnit maydon energiyasini (J) aniqlang.
26.
Sig'imi CC bo'lgan kondensator dastlab q0q_0 zaryadgacha zaryadlandi va manbadan uzilib induktiv g'altakka ulandi. Natijada tebranish konturi hosil bo'ldi. Kondensatordagi zaryad 2q0/32q_0/3 bo'lgan paytda g'altakdagi magnit maydon energiyasini toping.
27.
Fokus masofasi 20 cm bo'lgan linzada buyumning 4/3 marta kattalashgan mavhum tasviri hosil bo'ldi. Buyum bilan tasvir orasidagi masofani (cm) aniqlang.
28.
Lupaning optimal kattalashtirishi 6 ga teng bo'lsa, uning fokus masofasini (cm) toping.
29.
Ikki zarracha bir xil yo'nalishda c/2c/2 va 2c/52c/5 tezlikda harakatlanmoqda. Ularning nisbiy tezligini aniqlang. cc — yorug'likning vakuumdagi tezligi.
30.
Metall uchun qizil chegarasi λ\lambda ga teng. Metall sirtiga to'lqin uzunligi 3λ/53\lambda/5 fotonlar oqimi tushmoqda. Sirtdan chiqayotgan fotoelektronlarning maksimal kinetik energiyasini toping.
31.
Moddaning 2-statsionar orbitasidagi elektronining to'la energiya 8-8 eV bo'lsa, elektronning 5-sathdagi kinetik energiyani (eV) toping.
32.
Atom reaktorida neytronlarning ko'payish koeffitsiyenti 1,2 bo'lsa nima sodir bo'ladi?

Topshiriqlar (33-35) va javob variantlari (A-F) ni o'zaro moslashtiring.

33-35.
Ikkita teng radiusli sharchalarning energiyalari mos ravishda 6,4 mJ va 3,6 mJ ga teng. Ular ingichka sim bilan tutashtirildi.

Javob variantlari:

A)
1,4
B)
0,2
C)
4,9
D)
5
E)
0,1
F)
1,5
SavolABCDEF
33.
Ikkinchi sharchaning tekkizilgandan keyingi energiyasini (mJ) toping.
34.
Birinchi sharchaning energiyasi qanchaga (mJ) o'zgargan.
35.
Simdan qancha issiqlik miqdori (mJ) ajralgan?
36.
Massalari m=4m = 4 kg dan bo'lgan ikki brusok rasmda ko'rsatilgandek arqon yordamida mahkamlanib F=60F = 60 N kuch bilan tortib ketilmoqda. Brusoklar va sirt orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti μ=0,5\mu = 0,5 ga teng. Harakat davomida burchak o'zgarmaydi.
Savol
a) Arqonning taranglik kuchini (N) toping.
b) Jismlarning tezlanishini (m/s2^2) aniqlang.
37.
Massasi 0,5 kg bo'lgan jism yuqoriga tik uloqtirildi. Jism qayta tushguncha 3 s vaqt ketdi. Parvoz davomidagi havoning qarshiligi doimiy va 3 N ga teng bo'lgan.
a) Jismning boshlang'ich tezligini (m/s) toping.
b) Jismning maksimal ko'tarilish balandligini (m) toping.
38.
Massasi 500 g bo'lgan jism 4 m balandlikdan 10 m/s boshlang'ich tezlik bilan jism tik pastga uloqtirildi. U yerga urilish natijasida 9 J energiya issiqlikka aylandi.
a) Jismning birinchi urilishdan keyingi maksimal balandligini (m) aniqlang.
b) Jismning yerga birinchi va ikkinchi urilishlar orasidagi vaqt intervalini (s) aniqlang.
39.
70 m chuqurlikda suv pufakchasi bor. Uning yuzasi 0,8 cm2^2 ga teng. T=constT = \text{const}.
a) Pufakchaning suv sirti yaqinidgi to'la sirtini (cm2^2) aniqlang.
b) Pufakchaning energiyasi qanchaga (μ\muJ) ortgan?
40.
Detall 40 mol misdan yasalgan.
a) Detallning issiqlik sig'imini (J/K) aniqlang.
b) Temperatura 60 K ga ortganda olingan issiqlik moqdorini (kJ) toping.
41.
Massasi 20 mg bo'lgan 4 nC zaryadli zarracha zaryadi 6 nC bo'lgan qo'zg'almas zaryadga 60 cm/s tezlik bilan uzoq masofadan yaqinlashmoqda.
a) Zarrachalar orasidagi minimal masofani (cm) aniqlang.
b) Ular orasidagi maksimal Kulon kuchini (μ\muN) aniqlang.
42.
Elektr zanjirida qarshiliklari R1=10R_1 = 10 Ω\Omega, R2=15R_2 = 15 Ω\Omega va R3=20R_3 = 20 Ω\Omega ga teng bo'lgan rezistorlar shunday aralash ulanganki, natijada umumiy qarshilik 10 Ω\Omega ga teng bo'ldi. Zanjirdagi R3R_3 qarshilikdan oqayotgan tok 2 A ga teng.
a) R2R_2 qarshilikdagi tok kuchini (A) aniqlang.
b) R2R_2 qarshilikdan ajralayotgan quvvatni (W) aniqlang.
43.
Yorug'lik kuchi 500 cd bo'lgan lampa yerdan 5 m balandlikda osilgan. π3\pi \approx 3.
a) Lampaning to'la yorug'lik oqimini (lm) toping.
b) Lampa ostidagi yer sirtining yoritilganligini (lx) aniqlang.
44.
Fokus masofasi 45 cm bo'lgan linzada buyumning 3 marta kattalashgan to'g'ri tasviri hosil bo'ldi.
a) Linzadan tasvirgacha masofani (cm) aniqlang.
b) Buyum va tasvir orasidagi masofani (cm) aniqlang.
45.
Ikki xil izotopning yarim yemirilish davrlari mos ravishda TT va 2T2T ga teng. Ularning umumiy aktivligi AA ga teng. t=4Tt = 4T vaqt o'tgandan keyin umumiy aktivlik A/10A/10 ga teng bo'lib qoldi.
a) Birinchi izotopning boshlang'ich aktivligini toping.
b) t=4Tt = 4T vaqtdan keyin oxirgi atomlar sonining nisbatini aniqlang.